К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTAB O‘QUVCHILARI ORASIDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

G‘oybnazarova O‘g‘uloy Abdunazarovna

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada huquqiy ong huquqiy madaniyat tushunchasi, uni maktab o‘quvchilariga yoshlikdan tushuntirish va maktab o‘quvchlarida odatiy huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishning ahamiyati va maktab o‘quvchilariga dastlabki huquqiy tushunchalarni berish va bu orqali ularda jamiyat va davlatda o‘rnatilgan qonun-qoidalarni hurmat qilish ruhini shakllantirishning davlat taraqqiyotidagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Annotion: This article discusses the concept of legal awareness and legal culture, the importance of explaining it to schoolchildren from a young age, the formation of a common legal awareness and legal culture in schoolchildren, and the role of providing schoolchildren with basic legal concepts and thereby forming in them a spirit of respect for the laws and regulations established in society and the state in the development of the state. Huquqiy ong - ijtimoiy ong shakli; jamiyat aʼzolarining mavjud huquqiy munosabatlar va huquqni tushunishi, huquq-tartibot haqidagi tasavvurida oʻz aksini topadi. Huquqiy ong nafaqat amaldagi huquq, balki uning tarixi, shuningdek boshqa jamiyatlardagi voqeliklarni bilishni ham oʻz ichiga oladi. Alohida shaxs, guruh va jamiyatning Huquqiy ongi ajratib koʻrsatiladi. Huquqiy ong huquqiy mafkura va huquqiy psixologiyadan tashkil topgan. Huquqiy mafkura — har xil huquqiy hodisalar haqidagi nuqtai nazar, tushuncha, gʻoya va qarashlarning ilmiy umumlashtirilgan tizimidan iborat. Huquqiy ongning huquqiy mafkura qismida aksini topgan huquqiy hodisalar huquqqa bagʻishlangan maxsus nazariy izlanishlarda oʻz rivojini topib, ilmiy darajada anglab yetiladi. Bunday ilmiy asarlarning mazmuni odamlar maʼnaviy mulkiga aylanib, ularning ongiga aniq huquqiy bilimlarni, mulohazalarni, eʼtiqod va kayfiyatni olib kiradi. Huquqiy mafkura — shaxsning Huquqiy ongini ilmiy asosda shakllantira borib, huquqqa, odamning huquqqa boʻlgan munosabatiga hal qiluvchi taʼsir qiladi. Huquqiy psixologiya — huquqiy hodisalarni hissiyot bilan anglashdir. Odam ijtimoiy hodisalarni, jumladan, huquqiy munosabatlarni nafaqat aql bilan, balki sezgi bilan ham tushunib yetadi. Huquqiy ong darajasi jamiyat aʼzolarining huquqiy maʼlumotlariga ham bogʻliqdir. Shunga koʻra, fuqarolarning huquqiy madaniyat darajasini koʻtarishga koʻmak beradigan huquqiy ax-borot tizimini tashkil qilishning ahamiyati katta. Huquqiy https://scientific-jl.com 2 2 9 47-son_4-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi madaniyatning darajasiga qarab, Huquqiy ong 3 turga ajratiladi: oddiy, ilmiy va kasbiy. Oddiy Huquqiy ong, odatda, oʻz-oʻzidan vujudga keladi va odamning shaxsiy tajribasi, huquqiy hodisalar bilan bogʻliq boʻlgan hayotiy vaziyatlar haqidagi tushunchasi bilan belgilanadi. Bunga odamning ishga joylashuvidagi yoki oliy oʻquv yurtiga kirish qoidalari yo boʻlmasa yoʻl qoidasini buzganligi uchun javobgarligi haqidagi bilimlar misol boʻla oladi. Huquqiy ong borliq haqidagi oddiy tushunchalar chegarasida qolib ketmaydi, doimo rivojlana borib, nazariy, ilmiy tushunchaga aylanadi. Ilmiy Huquqiy ong ijtimoiy huquqiy haqiqatni u yo bu darajada toʻgʻri aks ettiruvchi bilimlar tizimini oʻz ichiga oladi. Kasbiy Huquqiy ong esa yuridik oliy oʻquv yurtlarida oʻqish natijasida shakllanadi, soʻngra, huquqiy amaliyot jarayonida sayqallanadi. Huquqiy fanlar vakillari, huquqshunos amaliyotchilar uning subʼyektlari hisoblanadi. Huquqiy ong jamiyat hayotining ijtimoiysiyosiy sharoitlari, uning madaniy HUQUQIY, demokratik yoki avtoritar anʼanalari bilan belgilanadi. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Yurtimizda so‘nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2019 yildagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” Farmonida “yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab oʻrgatish;” asosiy vazifa qilib belgilab berilgan bo’lib, ushbu me’yoriy hujjat huquqiy demokratik davlat hamda fuqarolik jamiyatni qurishni o’z maqsadi qilib olgan jamiyatimiz uchun huquqiy tarbiyaning asosini belgilab beruvchi asosiy tamoyil bo’lib xizmat qiladi. Darhaqiqat har qanday jamiyatda yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi doimo dolzarb muammo sifatida e’tirof etiladi. Uning ikkinchi muhim jihati esa yoshlarning ijtimoiy- huquqiy ongini shakillantirishda huquqiy tarbiyaning rolidir. O’zbekiston Respublikasining uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas va eng asosiy bo’g’ini boshlang’ich ta’lim ekanligini e’tiborga olgan holda aynan huquqiy tarbiyani rivojlantirishga shu bosqichda alohida ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir. Boshlang’ich ta’limda o’quvch

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada huquqiy ong huquqiy madaniyat tushunchasi, uni maktab o‘quvchilariga yoshlikdan tushuntirish va maktab o‘quvchlarida odatiy huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishning ahamiyati va maktab o‘qu…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada huquqiy ong huquqiy madaniyat tushunchasi, uni maktab o‘quvchilariga yoshlikdan tushuntirish va maktab o‘quvchlarida odatiy huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishning ahamiyati va maktab o‘qu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
huquqiy ong, ong huquqiy, huquqiy madaniyatni, huquqiy mafkura, huquqiy hodisalar, jamiyatda huquqiy, huquqiy madaniyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники