Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUFTI MENKNING MOTIVATIONAL MOMENTS KITOBIDA UCHRAGAN LEKSIK-SEMANTIK TRANSFORMATSIYALAR YUZASIDAN TAHLIL
UCHRAGAN LEKSIK-SEMANTIK TRANSFORMATSIYALAR · YUZASIDAN TAHLIL · Karimov Suhrob Abdurahmonovich
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Ushbu maqola yozuvchi Mufti Menk qalamiga mansub Motivational Moments kitobining tarjima jarayonida yuzaga kelgan Tarjimonlikning leksik-semantik turlarini aniqlashni o’z ichiga oladi. Kalit so’zlar: leksik-semantik transformatsiya, kontekst, umumlashtirish, mantiqiy aloqa, antonimik tarjima. Tarjima qilish-bu biz o’ylagandek bir so’zni o’zinigina hech qanday qonun- qoidalarsiz boshqa tilga ko’chirish degani emas albatta.Tarjimaning ham tabir joyiz bo’lsa o’ziga xos tosh-u tarozisi bor.Quyida biz shularga yuqoridagi asar bo’yicha maqola mavzusidan ma’lum bo’lgan tarjima turlari doirasida tanishgan bo’lamiz Dastavval leksik-semantik transformatsiyalarning turlariga to’xtalamiz.Ushbu transformatsiyalar 5 xil hisoblanadi. 1.Kontekst 2.Umumlashtirish 3.Mantiqiy aloqa 4.Antonomik tarjima 5.Kompensatsiya Birinchi turdagi transformatsiyamiz ya’ni so’zlarning ma’nosini kontekst orqali aniqlash bu-keng ma’noli hamda ma’nosini aniqlash qiyin bo’lgan so’zlarni tarjima qilishda qo’llaniladi.Yana ham aniqroq qilsak bu tur transormatsiya asliyat so’zga aniqlik kiritish yoki uni konkretlashtirish demakdir.Quyida ushbu tur asarimizning ham bir necha o’rinlarda kelganligiga guvoh bo’lamiz.Masalan asarimizda mavjud ushbu jumlaga e’tiboringizni qarating u yerda aytilishicha When you control your anger, you earn His pleasure agar shu yerda biz to’g’ridan-to’g’ri tarjima qilsak quyidagicha tarjima hosil bo’ladi, g’azabingizni jilovlay olsangiz u kishi(erkak)ning rahmati va huzur-xalovatiga erishasiz. Ko’rdingizmi to’g’ridan-to’g’ri tarjima doim ham biz o’ylagan natijaga olib kelmaydi.Tarjimamiz g’aliz va mujmal bo’lmasligi uchun yuqorida ta’kidlangan transformatsiya usulidan foydalanish qo’l keladi.Bundan kelib chiqadiki biz Ingliz yoki har qanday tildan tarjima amalga oshirayotganda avval shu tilda bizga nima deyilayotganining standart shaklini o’z tilimizdagi shaklini topib olmog’ imiz lozim ekan.Umuman oladigan bo’lsak hech bir kitobni asliy tilidan tarjima tilga leksik-semantik transformatsiyalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. https://scientific-jl.com 2 3 3 47-son_4-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Tarjimaning aynan bu turi bo’yicha qator mutaxassislar tomonidan bir qator fikr- mulohazalar mavjud.Masalan shu kabi tushunchalardan biri L.S.Barxudarov tomonidan ilgari surilgan.U yerda aytilishicha transformatsiyani biri ikkinchisining asosida kelib chiqqan til yoki nutq birliklarining o’zaro munosabati deb ataydi. Tarjimadagi transformatsiyaga esa tarjimada ekvivalentlik hamda adekvatlikni ta’minlash uchun ishlatiladigan tillararo turli xil almashinishlarga aytiladi deb ta’kidlagan.avval ta’kidlanganidek Motivational Moments kitobida ham bu tur transformatsiyalar bisyor.Masalan ushbu kitob tarjima jarayonida mana budo not worry about the noise and insults people make as you are trying to get closer to the Almighty.Focus and be patient.He will guide you kabi jumlalarga duch kelamiz.Shu yerda bu jumlalarning leksik-semantik tarjimasiga etiborimizni qaratsak.Demak bu yerda tarjima quyidagicha bo’ladi Robbingizga yanada yaqinroq bo’lishga intilayotgan bir vaqtda,atrofdagilar(insonlar)tomonidan bo’ladigan asossiz va bir pulga qimmat tazyiq va tahqirlarga chalg’imang.Diqqatli hamda sabr-toqatli bo’ling.Alloh yo’lingizni ochib qo’yadi.Ushbu tarjima jarayonida biz transormatsiyaning bevosita birinchi turi hisoblangan konkretlashtirish shu bilan birga kontekstlardan topish vositasida tarjima qilamiz.Sababi bu yerda kelgan the noiseso’zining lug’aviy ma’nosiga e’tibor qilsak o’zbek tiliga shovqin ko’rinishida tarjiam qilinadi. Endi transformatsiyaning ikkinchi turi bo’lmish tarjimani umumlashtirish orqali amalga oshirishni ko’rib chiqqan bo’lamiz. Umumlashtirish.Transformatsiyaning ikkinchi turi umumlashtirish nomi bilan ataladi.Tarjimada aksariyat hollarda umumlashtirish tarjimaning pragmatik xususiyatlariga ham bevosita bog’liqligini ko’rsatadi.Masalan,asliyat matnidagi atoqli otlar o’sha tilda so’zlovchilar uchun informativ ahamiyatga ega bo’lishi mumkin,lekin tarjimada bular hech qanday ahamiyatga ega bo’lmaydi.Xulosa o’rnida tarjima amaliyoti ,aksariyat hollarda asliyatda berilgan ma’noda tarjima ili normalarida ortiqcha hisoblangani bois ba’zi aniqliklar umumlashtiriladi.Ingliz tilida odamning bo’yi, og’irligi aniq raqamlarda berilishi qabul qilingan.O’zbek tilida bo’y balandligi novchabaland,daroz so’zlari,vazn esa og’ir,yengil kabi aniqlovchilar bilan beriladi. Tarjima qilayotgan asarimizda ham bu usul yordamida ham tarjima qilish ko’zga tashlanadi. Misol tariqasida mana bu birliklarni keltirishimiz mumkin, do not allow your trials to tear you down and make you bitter .Misol qilingan bu jumlalarni agar biz umumlashtirish qoidalariga amal qilmasdan tarjima qilsak kitobni o’quvchi inson bu yerda mantiqsizlik hamda g’alizlikka duch keladi. Uchinchi turdagi transformatsiya ikki hodisa o’rtasidagi mantiqiy aloqaga asoslanadi.Ulardan biri asliyat matnini atasa, ikkinchisi uning tarjima varianti d
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola yozuvchi Mufti Menk qalamiga mansub Motivational Moments kitobining tarjima jarayonida yuzaga kelgan Tarjimonlikning leksik-semantik turlarini aniqlashni o’z ichiga oladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola yozuvchi Mufti Menk qalamiga mansub Motivational Moments kitobining tarjima jarayonida yuzaga kelgan Tarjimonlikning leksik-semantik turlarini aniqlashni o’z ichiga oladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so’zlar: leksik-semantik transformatsiya, umumlashtirish, antonimik tarjima., kontekst, mantiqiy aloqa
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025