К содержанию
РецензированоUZ2026

ADABIYOT DARSLARINING YOZMA NUTQ RIVOJIDAGI O‘RNI

TDTU OF · Mirzakarimova Zamira Dadamatovna

Образовательные инновации и интеграция · 1 · 2026

Аннотация

Maqolada yozma nutqni rivojlantirishda adabiyot darslarining muhim ahamiyat kasb etishi masalasi haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: matn yozma nutq,til vositalari,badiiy asarlar, personaj, g‘oya, kompozitsiya,yozma izoh,sharh,grammatik me’yor,uslubiy me’yor. Yozma nutqning shakllanishi va rivojlanishida til o‘rganish bilan bir qatorda, adabiyot darslarining ham ahamiyati beqiyos darajada kengdir. Adabiyot — nafaqat estetik zavq manbai,balki til,fikr va tafakkur maktabidir.U o‘quvchining til vositalaridan ongli va samarali foydalanish,fikrini yozma ravishda aniq va ravon ifoda etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Adabiyot darslari o‘quvchiga badiiy asarlarni o‘qish, tahlil qilish, tahlil asosida o‘z fikrini shakllantirish,o‘qigan asar haqida mulohaza yuritish, personajlarga baho berish,muallif g‘oyasini tushunish va ifodalash imkonini beradi.Bu faoliyatlar bevosita yozma nutq malakasining rivojiga xizmat qiladi. O‘quvchi asarni o‘qibgina qolmaydi, balki quyidagi faoliyatlar orqali fikrini yozma tarzda bayon qilishga o‘rganadi: • asar bo‘yicha yozma izoh, sharh yozish; • personajga xat yozish; • tahliliy insho yoki kompozitsiya yozish; • matn asosida savol-javoblar tuzish; • asarning davomini yozish, qayta talqin qilish. Bu faoliyatlar o‘quvchini o‘z fikrini mustaqil ifodalashga til vositalaridan samarali foydalanishga,aniq va lo‘nda fikrlab yozishga,grammatik va uslubiy jihatdan to‘g‘ri matn tuzishga o‘rgatadi. Badiiy adabiyot matni — yozma nutqning eng mukammal, boy va go‘zal namunalaridan biri hisoblanadi.Adabiy asarlarda til vositalarining barcha imkoniyatlari mujassam: obrazlilik, ifodaviylik, emotsionallik, poetiklik, turg‘un birikmalar,metafora,metonimiya,sinonimiya va boshqalar.O‘quvchi bu elementlarni o‘rganibgina qolmay, ularni yozma nutqida qo‘llashga intiladi. Masalan,Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanini tahlil qilayotgan o‘quvchi til boyligini,uslubiy jilolarni,obrazli ifodalarni kuzatadi va o‘zining yozma izohlarida ushbu unsurlarni ongli ravishda tatbiq qilishga harakat qiladi. Shu tarzda uning til tuzilmasi,sintaktik madaniyati,matn qurish malakasi shakllanib boradi. https://scientific-jl.com 2 8 7 47-son_4-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Adabiyot darslarida yozma nutqni rivojlantirishga xizmat qiladigan mashq turlariga quyidagilar kiradi: • qayta hikoya qilish: asarning qismini yoki syujetini o‘z so‘zlari bilan yozish; • tahliliy insho:obraz,muallif pozitsiyasi,g‘oya haqida tahliliy mulohazalar; • ijaraviy yozuv:personaj nomidan yozilgan kundalik, xat yoki ichki monolog; • ko‘p variantli yakun: asarning boshqa yakunini yozib chiqish; •matn asosida insho:“Men qanday xulosa chiqardim?”,“Asardan o‘rgangan saboqlarim” kabi mavzularda. Bu mashqlar o‘quvchining yozma faoliyatini faollashtiradi,mustaqil fikrlashga undaydi,ijodiy tafakkurni shakllantirib boradi.Ayniqsa,adabiy personajlar bilan “suhbat”ga kirishish, ularning nomidan xat yozish yoki o‘z fikrini qog‘ozga tushirish orqali o‘quvchi o‘z shaxsiy nuqtayi nazarini batafsilroq mustahkamlashga harakat qiladi. Adabiyot darslarida yozma ishlanmalarni baholashda quyidagi mezonlar asos bo‘lib xizmat qiladi: • matn mazmunining dolzarbligi va fikrning aniq ifodalanishi; • strukturaviy yaxlitlik (kirish, asosiy qism, xulosa); • tahlil va munosabat bildirish darajasi; • til va uslubiy vositalardan foydalanish; • grammatik va imloviy xatolarning mavjud emasligi; Bu mezonlar asosida yozilgan yozma ishlar tahlil qilinadi va o‘quvchining yozma nutq ko‘nikmasi rivojlanib boradi. Adabiyot badiiy tafakkur manbayidir.Badiiy tafakkur deganda, insonning voqealarga obrazli,estetik va emotsional yondashuvi tushuniladi.Bu tafakkur shakli yozma nutqda ijodiy yondashuv,obrazli ifoda,muqoyasa,emotsional yondashuv tarzida namoyon bo‘lib boradi. Adabiyot darslarida o‘quvchining badiiy tafakkuri shakllanar ekan, u yozma nutqida chuqurroq fikrlay boshlaydi.1Masalan, biror personaj haqida yozgan insho, faqat faktlarga emas,balki his-tuyg‘u,baholash,muallif bilan ichki dialogga asoslangan bo‘ladi. Bu esa yozma nutqni yanada boyitib, shakllantirib boradi. Didaktik materiallar va texnologiyalar orqali ham yozma nutqni rivojlantirib borish maqsadga muvofiqdir. Zamonaviy adabiyot darslarida ko‘rsatilgan vositalar yozma nutqni rivojlantirishga xizmat qiladi: • klaster: mavzu doirasida asosiy tushunchalarni guruhlash orqali yozuv oldi tayyorgarlik; 1 Karimova Z.Yozma nutqni shakllantirishda matn ustida ishlashning ahamiyati.-Pedagogika va psixologiya jurnali, 2021, №3.-B.18-19. https://scientific-jl.com 2 8 8 47-son_4-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi • aqliy hujum: fikrlar oqimini yuzaga chiqarish,keyinchalik yozma matnga aylantirish; • g‘oya xaritasi: matn tuzilishini aniqlash, g‘oyalarni tartiblash; • rollar asosida yozish: personaj roli orqali yozma ijodiy ifoda; • interfaol uslublar: debat, “Press”,“Fishbone” kabi tahliliy usullar bilan fikr yozish. Bu metodlar o‘

Доказательный фрагмент

«Maqolada yozma nutqni rivojlantirishda adabiyot darslarining muhim ahamiyat kasb etishi masalasi haqida ma’lumotlar berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada yozma nutqni rivojlantirishda adabiyot darslarining muhim ahamiyat kasb etishi masalasi haqida ma’lumotlar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
uslubiy me’yor., personaj, Kalit so‘zlar: matn yozma nutq, badiiy asarlar, grammatik me’yor, til vositalari, kompozitsiya, sharh, g‘oya, yozma izoh
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники