Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TILSHUNOSLIKDA PESHLAVHA, REKLAMA VA TIJORIY YOZUVLARNING TADQIQ ETILISHI
YOZUVLARNING TADQIQ ETILISHI · ТЕКСТОВ В ЛИНГВИСТИКЕ
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
In modern society, various forms of text and speech have become an integral part of human life. In particular, prefaces, advertising and commercial writings are widely used in the media, trade and marketing. These writings serve not only as an informational but also as a means of influence. Therefore, their linguistic study is an urgent and important issue in linguistics. This article discusses the linguistic aspects of prefaces, advertising and commercial writings, their language and stylistic features, communicative functions, and research methods in this area. Keywords: analytical methods, advertising text, preface, advertising linguistics, communicative functions of language, semantic functions, psycholinguistics, linguocultural. Kirish. Bugungi kunda yurtimizda tilimizga boʻlgan eʻtibor tobora kuchayib bormoqda. Shu oʻrinda peshlavha, reklama va tijoriy yozuvlar matnlarini takomillashtirish boʻyicha ham koʻplab chora-tadbirlar amalga oshirilyapti. Ularning matnlarini sifatli tarzda yaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu boisdan hozirda bu sohani oʻrganish va yanada takomillashtirish borasida koʻplab izlanishlar amalga oshirilyapti. Jahon va oʻzbek olimlarining bu sohadagi ilmiy ishlari tahlil qilinib, bunday matnlarning kommunikativ, uslubiy va madaniy jihatlarlarini oʻrganilmoqda. Peshlavha, reklama va tijoriy yozuvlarni lingvistik oʻrganishda quyidagi metodlar qoʻllaniladi: Korpus tahlili: Katta hajmdagi matnlar toʻplamini tahlil qilish orqali til xususiyatlarini aniqlash. Diskurs tahlili: Matnlar va ularning kontekstual vazifalarini oʻrganish. Pragmatik tahlil: Matnda maʻno va taʻsir jihatlarini aniqlash. Semantik tahlil: Soʻz va iboralar maʻnolarini tahlil qilish. Stilistik tahlil: Til va uslub vositalarining oʻrganilishi. Adabiyotlar tahlili. Avvalo, tilshunoslikning bu sohasida jahon miqyosidagi ilmiy tadqiqotlarga nazar tashlasak, koʻplab mashhur olimlarning ilmiy ishlarini koʻrishimiz mumkin. Peshlavha va reklamani qamrab olgan koʻplab tadqiqotlar ingliz, fransuz, nemis va rus tillarida yozilgan. Jumladan, bu sohada katta iz qoldirgan olimlar – Roman Jakobson, Roland Barthes. U.D.Skott, V.Moede, K.V.Shulte, K.Marbe, E.Stern, V.Blumenfeld, J.B.Uotson, N.Myunsterberg, S.V.Xartyungen va boshqalar bu borada salmoqli ilmiy izlanishlar olib bordilar. Ingliz olimlari Den Sperber va Deydr Vilson oʻzlarining ― “Relevance: Communication and Cognition” asarlarida reklama matnlarining qanday qilib isteʻmolchilarning diqqatini jalb qilishi va ularning qaror qabul qilish jarayonlariga taʻsir qilishi mumkinligini oʻrganishgan. Dunyo tilshunosligida A.Repyevning ― “Reklama tili” nomli asariga reklama tili batafsil tahlil qilingan ishlardan biri sifatida qaraladi.[1] Roman Jakobson — tilning kommunikativ funksiyalarini aniqlashda muhim rol oʻynagan. U reklama va https://scientific-jl.com 1 0 7 47-son_4-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi peshlavhalarning ritorik va semantik funksiyalarini oʻrganishga asos solgan. Reklama matnlarining insonlarga taʻsir qilish kuchini oʻrgangan. Roland Barthes — reklama matnlarini semiotik tahlil qilgan. U reklamaning ijtimoiy va madaniy kodlar orqali qanday maʻno yaratishini koʻrsatgan. Turkcha reklama matnlarining semiotik asoslarini tadqiq qilgan E.Tuncher esa bir qarashda tushunilishi oson boʻlgan reklama matnlaridagi yashirin ishoralarni (matn orqali nima ifodalangan, mualliflar nimani ifodalashni maqsad qilishgan) aniqlash muhim ekanligini taʻkidlaydi. Reklama matnlarini modellashtirish masalasini ingliz, turk va rus tillari misolida tadqiq qilgan F.Galixanova reklamalarning amaliy samaradorligi muammosi, unda lingvistik, psixolingvistik oʻziga xosliklari ochib berilishini muhim sanagan. [2] Oʻzbekistonda bu sohada ilmiy ishlar koʻproq XX asr oxiri va XXI asr boshlaridan boshlab rivojlangan. Oʻzbek tilida reklama matnlarining til va uslub xususiyatlari boʻyicha maqolalar, dissertatsiyalar chop etilgan. Oʻzbek tilining soʻz boyligi va sintaktik qurilishining reklama va tijoriy yozuvlarda qanday qoʻllanilishi haqida ilmiy maqolalar yozilgan. Xususan, N.Chiniqulоv «Pеshlаvhаlаrning lisоniy xususiyаtlаri» nоmli mоnоgrаfiyаsidа reklama va peshlavhalarning farqlari, ularning lisoniy xususiyatlari haqida maʻlumotlar berib oʻtadi. B.X.Аbdullаyеv «Oʻzbеk rеklаmа lingvistikаsi: nаzаriyа vа аmаliyоt» nоmidagi ilmiy ishida yurtimizdagi ijtimоy rеklаmаlаr chuqur tahlil qilinadi. T.Еshbеkоvning «Jаmоаtchilik bilаn аlоqаlаr vа rеklаmа» oʻquv qoʻllаnmаsidа rеklаmа mаtnining uslubiyati haqida maʻlumotlar beriladi. А.Аbdusаidоvning «Oʻzbеk tilining ijtimоiy mоhiyаti» mоnоgrаfiyаsidа, «Rеklаmа tili аniq vа tiniq boʻlsin» va «Rеklаmа vа sаvоdxоnlik» kаbi mаqоlаlаridа rеklаmа mаtnlаrining muhim xususiyаtlаri haqida fikrlar bildiriladi. Z.Tоhirоv «Rеklаmаlаrining tili vа uslubiyаti nаzаriyаsi vа аmаliyоti» qoʻllanmasida ularga qoʻyiladigan talablar keltirib oʻtilgan. Sh.Yunusovaning «Oʻzbek tilidagi reklama matnlarining sintaktik xususiyatlari va ularning
Доказательный фрагмент
«In modern society, various forms of text and speech have become an integral part of human life.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn modern society, various forms of text and speech have become an integral part of human life. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- analytical methods, advertising text, preface, advertising linguistics, semantik funksiyalar, Kalit soʻzlar: tahlil usullari, psixolingvistika, reklama lingvistikasi, lingvоmаdаniy., reklama matni, tilning kommunikativ funksiyalari, peshlavha
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026