К содержанию
РецензированоUZ2026

TRANSPORT SOHASIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

TRANSPORT SOHASIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA · TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH · Yusupova Saodat Xolmurodovna

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada transport sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanishning zamonaviy yo‘nalishlari, ularning transport tizimining samaradorligi va xavfsizligini oshirishdagi o‘rni yoritilgan. Jumladan, GPS, mobil ilovalar, onlayn kuzatuv tizimlari va avtomatik boshqaruv texnologiyalarining yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlarida qo‘llanilishi misollar orqali tahlil qilinadi. AKT yordamida transport infratuzilmasini raqamlashtirish orqali xizmat sifatini oshirish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va logistika jarayonlarini optimallashtirish mumkinligi asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: Transport tizimi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, GPS, avtomatlashtirish, raqamli infratuzilma, logistika, xavfsizlik, onlayn monitoring. Hozirgi zamonda texnologiyalar juda tez rivojlanmoqda. Bu rivojlanish hayotimizning har bir sohasiga ta’sir qilmoqda, ayniqsa transport sohasiga. Transport — bu odamlar va yuklarni bir joydan ikkinchi joyga olib o‘tuvchi tizim. Bu sohani yanada samarali qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) muhim rol o‘ynaydi. Avvalgi yillarda avtobuslar, poyezdlar yoki yuk mashinalarini faqat jadval asosida boshqarishgan. Hozir esa zamonaviy AKT vositalari yordamida harakatdagi transport vositalarini onlayn kuzatish, ularning yo‘nalishini o‘zgartirish, hatto tirbandlikni oldindan bilish mumkin bo‘lib qoldi. Masalan, GPS texnologiyasi orqali avtobus yoki yuk mashinasining aynan qayerda harakatlanayotganini ko‘rish mumkin. Mobil ilovalar yordamida yo‘lovchilar avtobusning qachon kelishini oldindan bilib turishadi. Bu esa vaqtni tejaydi, yo‘lovchilarga qulaylik yaratadi. Yuk tashishda ham AKT juda katta yordam beradi. Kompaniyalar yuk mashinalarini kuzatib borishadi, qaysi yuk qayerda ekanligini bilishadi, yuk yetkazib berish jarayoni to‘liq nazorat qilinadi. Shuningdek, transportda xavfsizlikni ta’minlashda ham AKT vositalari qo‘l kelmoqda. Masalan, videokuzatuv kameralar, avtoyo‘llardagi radarlar, avtomatik tormoz tizimlari va boshqa uskunalar yo‘l harakati qoidalariga amal qilishga yordam beradi. https://scientific-jl.com 1 7 7 47-son_4-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Zamonaviy raqamli texnologiyalar transport tizimida axborot va kommunikatsiya resurslarini samarali boshqarish asosida innovatsion va aqlli modellarni shakllantirish imkonini bermoqda. Aqlli transport tizimi deganda nafaqat avtomobil haydovchilari, balki yo‘lovchilar, dispetcherlik xizmatlari va boshqa ishtirokchilar o‘rtasida uzviy hamkorlikni ta’minlaydigan kompleks boshqaruv tizimi tushuniladi. Bunday tizimlar transport harakatini muvofiqlashtirish, tezkor ma’lumot almashinuvini ta’minlash hamda xavfsizlik va samaradorlik darajasini oshirish kabi vazifalarni bajaradi. Bugungi kunda yirik shaharlarda transport vositalari sonining ortib borishi transport infratuzilmasiga bosimni kuchaytirib, xizmat ko‘rsatish sifati, harakat jadvalining barqarorligi, yo‘lovchilar uchun qulaylik va axborot bilan ta’minlanganlik kabi ko‘rsatkichlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, transport xarajatlarining oshishi va bu bilan bog‘liq ravishda tariflarning ko‘tarilishi jamoat transportiga bo‘lgan talabni kamaytiradi. Shu sababli, transport tizimini yanada samaraliroq qilish, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish dolzarb vazifa sifatida qaralmoqda. Xususan, jamoat transporti tizimini optimallashtirish va uning samaradorligini oshirish orqali yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash mumkin. Buning uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish muhim ahamiyatga ega. Masalan, real vaqt rejimida harakat jadvalini kuzatish, mobil ilovalar orqali yo‘nalishlar haqida aniq ma’lumot olish, to‘lov tizimlarini raqamlashtirish — bularning barchasi jamoat transportining ommabopligi va qulayligini oshiradi. Natijada, bunday texnologik yangiliklar nafaqat transport xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi, balki iqtisodiy samaradorlikni ham ta’minlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, transport sohasida ekologik xavfsizlik, energiya samaradorligi va foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondirish borasida yangi bosqichga chiqish imkonini beradi. Shunday qilib, aqlli transport tizimlarini rivojlantirish — shahar infratuzilmasining barqarorligini ta’minlaydigan eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, raqamli transformatsiya davrida transport va logistika tizimlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan uyg‘unlashtirish zarurati keskin ortib bormoqda. Ushbu jarayon xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va samaradorlikni ta'minlashda muhim rol o‘ynaydi. Raqamli texnologiyalar ushbu sohada bir qator strategik funksiyalarni bajaradi. Jumladan, yuk mashinalari, omborlar va temiryo‘l infratuzilmasiga o‘rnatilgan sensorlar orqali real vaqt rejimida monitoring tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa transport vositalarining harakatlanishini

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada transport sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanishning zamonaviy yo‘nalishlari, ularning transport tizimining samaradorligi va xavfsizligini oshirishdagi o‘rni yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada transport sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanishning zamonaviy yo‘nalishlari, ularning transport tizimining samaradorligi va xavfsizligini oshirishdagi o‘rni yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xavfsizlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Kalit so‘zlar: Transport tizimi, avtomatlashtirish, GPS, onlayn monitoring., logistika, raqamli infratuzilma
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники