Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIK SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI.
RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI. · Negmatova Lochin Xayrullayevna
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada hozirgi zamon boshlang’ich sinf o’qituvchisi sifatlari, o’quvchilar egallashi kerak bo’lgan bilimlar haqida fikr yuritilgan. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida matematik savodxonlikni rivojlantirishning ahamiyati yoritilib, topshiriqlardan namunalar keltirilgan. Kalit so’zlar: Xalqaro tadqiqotlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, matematik savodxonlik, xorijiy tajribalar, Milliy o’quv dasturi, matematik topshiriqlar. Buyuk musiqashunos olim Chaykovskiy matematika haqida “Agar matematika go’zal bo’lmaganda edi, ehtimol matematikaning o’zi ham mavjud bo’lmasdi. Aks holda qanday kuch insoniyatning buyuk daholarini bu qiyin fanga torta olardi”degan fikrni aytgan. Hozirgi davrda Respublikamizda ta’limning barcha sohalari bilan bir qatorda umumiy o’rta ta’lim ham uzluksiz rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Shu jumladan, hukumatimiz tomonidan ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qator me’yoriy hujjatlar, qarorlarda maktablarda o’qitishni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarishda qator tadbirlar olib borilmoqda. Xususan, boshlang’ich ta’limda o’qitishga alohida e’tibor qaratilib, bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini zamon talablari asosida malakali, yetuk kadr qilib tayyorlash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Shuni hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev quyidagicha ta’kidlaydilar:“Maktab o’quv dasturlarini ilg’or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o’quv yuklamalari va fanlarni qayta ko’rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarur…”Darhaqiqat, hozirgi zamon umumiy o’rta ta’lim maktablari boshlang’ich sinf o’qituvchilari fan asoslari bilan qurollangan, dunyoqarashi keng, pedagogika, psixologiya va fanlarni o’qitish metodikasini chuqur o’zlashtirgan zamonaviy texnologiyalardan xabardor shaxs bo’lishi kerak. Ma’lumki, boshlang’ich ta’lim jarayoni juda murakkab jarayondir. Bu jarayonni hozirgi kunda davr talabi asosida tashkil etish, ya’ni uzluksiz ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan katta mas’uliyat, mashaqqat, bilim va salohiyat talab etadi. Hozirgi zamonaviy boshlang’ich sinf o’qituvchisi quyidagi sifatlarga ega bo’lishi kerak deb hisoblaymiz: ➢Bolani sevish ➢Keng dunyoviy bilimlarga ega bo’lishi https://scientific-jl.com 2 5 47-son_4-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi ➢Psixolog, haqiqiy pedagog ➢Fanlarni o’qitish metodikasi bilimdoni ➢Zamonaviy axborot texnologiyalar savodxoni ➢Chet tillaridan xabardor ➢Zamonaviy o’quv qurollari, ko’rgazma qurollar bilan qurollangan ➢Ta’limga oid yangiliklar, qarorlardan xabardor ➢Ta’limga oid xalqaro dasturlarni qo’llashga tayyor ➢Zamonaviy o’qitish talablaridan xabardor… O’quvchi barcha kasb egasini o’qituvchida ko’ra bilishi lozim. G’amxo’rligidashifokorni, donoligida- ustozni, tejamliligida- hisobchini, mehnatkashligida- dehqonni, saranjomlikda- harbiy xizmatchi, bilimlar poydevorini qurishda- quruvchini, yetuk bilimlarga yo’l izlashidada- ixtirochini, yaratuvchilikda- tikuvchini va hokazo. O’quvchi kelajakda qaysi sohani egallashi, qaysi kasbni egallashida boshlang’ich sinf o’qituvchisining roli katta. 1-4-sinflar- bu o’quvchi sifatida egallashi mumkin bo’lgan bilimlar poydevori bo’lishi bilan birga, butun hayoti davomida egallashi lozim bo’lgan bilimlarning 75%ini egallaydi. Bu davrda o’quvchi barcha dunyoviy va qisman diniy bilimlar haqida ham elementar bilimlarga ega bo’ladilar. Ilk maktab yoshidayoq o’quvchi o’rganuvchi sifatida barcha fanlarga sekin- asta kirib, ularni o’zlashtirib boradi. Xususan matematika fani asosida boshqa fanlar ham bola tasavvurida shakllana boradi. Matematikaga qiziqish bolada, avvalo, oilada shakllanadi. 3-4 yoshidayoq sanoqni, o’rinni, tartibni, o’lchovni farqlay boshlaydi. Qushlarning soni, uylarning joylashuv o’rni, aka-opalarning tartibi, “orqada-oldinda”, “katta-kichik” tushunchalarini ayta oladi. Bu bilimlarni rivojlantitrish, matematik savodxonlikni shakllantirish boshlang’ich sinf o’qituvchisining zimmasida bo’ladi.Matematik savodxonlik – bu shaxsning turli hayotiy vaziyatlar (kontekstlar) va masalalar ustida matematik mulohaza yuritish, berilgan muammoni matematika yordamida ifodalay olish, muammoni yechishda matematikani qo’llay olish va olingan natijalardan muammoning yechimini talqin qilish va baholashda foydalana olish qobiliyatidir. U hodisalarni tavsiflash, tushuntirish va oldindan aytib berish uchun tushunchalar, algoritmlar, dalillar va vositalarni o’z ichiga oladi. U insonlarga matematikaning olamdagi o’rnini tushunishga hamda yaratuvchan, qiziquvchan va o’zini o’zi tahlil qiladigan XXI asr fuqarolariga zarur bo’lgan asoslangan hukm va qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Matematik savodxonlik har bir kishiga matematika olamini tushunishga, uning inson hayotida tutgan o’rni va ahamiyatini anglashga, faol, mulohazali va ishning kozini biladigan (konstruktiv) shaxs uchun
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada hozirgi zamon boshlang’ich sinf o’qituvchisi sifatlari, o’quvchilar egallashi kerak bo’lgan bilimlar haqida fikr yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada hozirgi zamon boshlang’ich sinf o’qituvchisi sifatlari, o’quvchilar egallashi kerak bo’lgan bilimlar haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- matematik topshiriqlar., matematik savodxonlik, zamonaviy axborot texnologiyalari, xorijiy tajribalar, Milliy o’quv dasturi, Kalit so’zlar: Xalqaro tadqiqotlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024