Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MURAKKAB RELYEFLI MAYDONLARGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI
Erkinova M.L · Assistant Professor
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
This article provides information on local scientists who have conducted scientific research on the effective use of pasture and rangeland, as well as on the technology of tillage of areas with complex relief, and the main agrotechnical recommendations for sloping lands. In addition, NDWI and NDVI maps of the Tashkent region are presented. Keywords: complex terrain, agriculture, cultivation, land management, NDWI, NDVI Oziq-ovqatga bo‘lgan talab shiddat bilan oshayotgan xozirgi davrda qishloq xo‘jaligi maydonlariga murakkab relyefli maydonlarni qo‘shish evaziga kengaytirish hamda ushbu maydonlarda yer tuzish ishlari olib borish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Yurtimizda bu borada ishlar allaqachon boshlangan. Bunga misol qilib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 24-fevraldagi PQ–5006-son qarori qabul qilingan [1]. Ushbu qarorda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer tuzish ishlarini amalga oshirish, https://scientific-jl.com 3 0 0 47-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi bunday maydonlardan samarali va oqilona foydalanishga qaratilgan ishlar natijadorligini oshiradigan omillardan biri ekanligi keltirib o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4- martdagi “qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi tumanlarning 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan va loyihalashtirishdan oldin amalga oshiriladigan yer tuzish chizmalarini ishlab chiqish tartibi to‘g‘risida Nizom” tasdiqlangan [2]. Ushbu nizomdan kelib chiqqan holda Respublika bo‘yicha jami 164 ta qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi tumanlarning istiqbolga mo‘ljallangan yer tuzish chizmalarini ishlab chiqish vazifasi tegishli davlat idoralariga yuklatilgan R.A.Turayev [3], O.O‘.Davronov [4] va R.N.Sharopovlar [5] tomonidan lalmi va yaylov yerlari hududlarida qishloq xo‘jaligi ekinlari monitoringini olib borishda yerni masofadan zondlash ma’lumotlaridan foydalanish va turli yer tuzish loyiha qidiruv ishlarini olib borish uchun xalqaro koordinata WGS-84 tizimi orqali ma’muriy birliklar chegaralarini belgilash, shuningdek Gooogle Earth va SAS Planet dasturlari yordamida ma’lumotlar olish maqsadga muvofiq ekanligi ilmiy asoslab berilgan. R. Sharopovning olib borgan ilmiy izlanishlarida Qashqadaryo viloyati lalmi yerlarining so‘ngi 20 yildagi o‘zgarishlari statistik tahlil qilinib, hududning 3D o‘lchamli xaritasi tuzilgan (2.3.1-rasm). Undan tashqari sun’iy yoʻldosh ↔ «Yergeoportal» tizimi ↔ geodezik oʻlchash ↔ uchuvchisiz uchish qurilmalari mexanizmi asosida lalmi yerlar monitoringini yuritish mexanizimi asoslangan [5]. Qishloq xo‘jaligi maydonining 83% ini nishab yerlar tashkil etadi. Nishab yerlarga ishlov berish – bu togʻoldi, tepalik yoki boshqa qiyalik joylardagi yerlarni qishloq xoʻjaligiga yaroqli qilish yoki ularning unumdorligini oshirish uchun amalga oshiriladigan agrotexnik usullar majmuasidir. Nishab yerlarda ekinlar ekish, odatda, juda ehtiyotkorlikni talab qiladi, chunki qiyaliklar tuproqning tez yuvilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli, bu yerlarda tuproqni ushlab turish, eroziya xavfini kamaytirish va suvning samarali boshqarilishini ta’minlash uchun maxsus choralar ko‘riladi. Nishab yerlarga ishlov berishning asosiy maqsadlari - eroziyaning oldini olish, namlikni saqlash, yer unumdorligini oshirish, o‘simliklarni sog‘lom o‘stirish uchun qulay sharoit yaratish. Nishab yerlarga qilinadigan asosiy agrotexnik tavsiyalar: 1. Kontur bo‘ylab ishlov berish - bu usulda yerga ekin ekish va ishlov berish qiyalikning uzunligi bo‘yicha emas, balki kontur (tekis chiziq) bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu suv oqimini sekinlashtiradi, tuproqni ushlab turadi va eroziya xavfini kamaytiradi. 2. Terassalash (zinapoya usuli) - tepaliklarda zinapoyasimon shaklda yerni tekislab, har bir qavatda ekin ekiladi. Har bir terassaning o‘ziga xos balandligi va kengligi bo‘lib, ular tuproqning yuvilishini oldini oladi va ekinlarni samarali o‘stirish https://scientific-jl.com 3 0 1 47-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi imkonini beradi. Bu eng samarali usullardan biri bo‘lib, suv oqishini to‘xtatadi va unumdorlikni oshiradi. 3. Kross-harvest (qishloq xo‘jaligi rotatsiyasi) - nishab yerlarda o‘simliklar bir joyda uzluksiz ekilmasligi kerak. Kross-harvest (rotatsiya) usulidan foydalanish kerak, ya’ni har xil o‘simliklarni ketma-ket ekish. Bu tuproqning unumdorligini oshiradi, ekinlarning kasalliklarga qarshi chidamliligini oshiradi va eroziyaning oldini oladi. 4. Ko‘chatlar ekish va maysazor hosil qilish - yashil o‘simliklar tuproqni ushlab turadi. Daraxtlar, butalar yoki maysalar qisqa muddatda yaxshi o‘sadi, nishab joylarda eroziyaning oldini oladi hamda hayvonlar uchun yem-xashak manbai bo‘ladi. 5. Mulchalash (tuproqni yopish) - organik yoki noorganik materiallar yordamida tuproq usti qoplab qo‘yiladi. Mulch
Доказательный фрагмент
«This article provides information on local scientists who have conducted scientific research on the effective use of pasture and rangeland, as well as on the technology of tillage of areas with complex relief, and the…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information on local scientists who have conducted scientific research on the effective use of pasture and rangeland, as well as on the technology of tillage of areas with complex relief, and the… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- complex terrain, agriculture, cultivation, land management, NDWI, NDVI, Kalit so‘zlar: murakkab relyef, qishloq xo‘jaligi, yer tuzish, ishlov berish
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025