Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QADIMGI INGLIZ TILI GRAMMATIKASINING TARIXI VA UMUMIY XUSUSIYATLARI.
Djurayeva Gulnoza Yuldashevna (University of Business and)
Образовательные инновации и интеграция · 235–256 · 2026
Аннотация
Mazkur ish Qadimgi ingliz tili (Old English, taxminan 450–1150-yillar) grammatikasining shakllanishi va rivojlanish tarixini tahlil qilishga bag'ishlangan. Unda anglosakson qabilalarining tili asosida vujudga kelgan qadimgi ingliz tilining morfologik, sintaktik va fonetik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, qadimgi ingliz tilida fe'l va otlarning turlanishi, kelishiklar tizimi, so'z tartibi, hamda artikllarning yo'qligi kabi grammatik belgilar tahlil etiladi. Tadqiqot davomida qadimgi ingliz tili grammatikasiga lotin, skandinaviya va kelt tillari orqali bo'lgan tashqi ta'sirlar ham o'rganiladi. Shuningdek, tilning keyingi bosqichlarga (o'rta va yangi ingliz tili) o'tishidagi grammatik o'zgarishlarga alohida e'tibor qaratiladi. Mazkur ish tilshunoslik yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar, ingliz tili tarixiga qiziquvchilar hamda til evolyutsiyasi bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar uchun foydali ilmiy manba bo'lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Qadimgi ingliz tili, grammatika, morfologiya, sintaksis, fonetika, til tarixi, anglosaksonlar, lotin tili, skandinaviya tillari. Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni o'rganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Statistikasiga qaraganda, dunyo bo’ylab 6 – 7 ming atrofida tillar mavjud. Keng ma’noda til atamasi ostida biror muloqot tizimining tayinli qoidalari majmuasi tushuniladi. Tillar vaqt o’tishi bilan o'zgaradi, ularning evolutsiyasini qadimgi tillar va ularning keyingi rivojlanish bosqichlari belgilarga ega bo’lganini aniqlovchi va ularni zamonaviy tillarga taqqoslovchi tarixiy tilshunoslik o’rganadi. Bugungi kunda jahonda eng keng tarqalgan tillardan biri jumladan, ingliz tilidir. Dastlabki tilning paydo bo'lishi masalasi insoniyatni qadimgi zamonlardan beri qiziqtirib keladi. Qadimgi davrlardan boshlab tilning kelib chiqishi haqida ko’plab nazariyalar, ta’limotlar paydo bo’ldi. Lekin bu nazariya va ta’limotlar tilning kelib chiqish masalasini hanuzgacha uzil kesil hal qilib bera olgani yo'q. Qadimgi ingliz tili davri, tadqiqotlarga ko'ra V asrdan XI asrning ikkinchi yarimigacha bo'lgan davr. Odatda, tillarnung paydo bo’lishi boshqa tillarning bo’linishi yoki qo’shilishi orqali sodir bo’ladi. Ingliz tili tarixda birinchi Anglo – Sakson ko’chmanchilari o’ziga xos dialektda gaplashganidan paydo bo’lgan. Ingliz tilining https://scientific-jl.com 1 0 0 47-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi boshlanishi 449 yilga borib taqaladi, o’zlarining kelt ittifoqchilariga yordam berish uchun ikki german qabila boshliqlari Hengist va Horsa tinmay urushayotgan qabiladoshlarini Britaniya oroliga olib kelishgan. Natijada V asrda Britaniyada yashagan german qabilalaridan birining dialekti bir yarim ming yildan ko’proq davr mobaynida dunyo bo’yicha 3 o''rinda gaplashiladigan asosiy tilga aylandi. Ushbu dialektlani zamonaviy ingliz tiliga aylantirgan o’zgarishlar haqida tarixiy ma’lumot uzoq voqealarga boy, lekin ingliz tilida so’zlashuvchilar uchun juda muhim. Hozirgi kunda dunyo bo'ylab 2 milliarddan ortiq odam ingliz tilda muloqot qiladi. Garchi u faqat xitoy, arab tillaridan keyingi uchinchi o’rinni egallashiga qaramasdan, eng ustun til bo’lib qolmoqda va u ikkinchi ona tili sifatida gapiradiganlar soni bo’yicha ham yetakchilik qilmoqda. Ingliz tili Hind-Yevropa tillar oilasiga mansub bo’lib, Hind – yevropa tillari flektiv tillardir. So’zlarning morfologik shakllarining fleksiya orqali yasalishinbu tillarning asosiy morfologik xususiyatidir. Bu tillarda har bir mustaqil so’zning dastlabki shakli ham negiz va qo’shimchalarga bo’linadi, natijada o’zak – negiz mustaqil hisoblanadi. Bu oila Yevrosiyoda mavjud bo’lgan, keyinchalik Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya va Afrikaning ayrim hududlarida tarqalgan yirik til oilalaridan biridir. Shu jumladan, ingliz tili Hind – Yevropa oilasining G’arbiy german tillar guruhining ingliz – friz kichik guruhiga mansub tildir. Ingliz tili Britaniya orollariga inglizlarning ajdodlari ko’chishi tufayli o’zaro bog’liq dialektlaridan paydo bo’lgan. Bu orolda mavjud bo’lgan yetti podshohlikka ko’ra, tilning bir qancha dialekt shaklida mavjudligi bilan tavsiflanadi. Grammatika atamasi yunoncha “grammatike yoki gramma” so’zidan olingan bo’lib “harf, yozish” degan ma’nolarni anglatadi. Grammatika tilshunoslikning tilning grammatik tuzilishini, ya’ni so’zlarning shaklga ega bo’lish qonuniyatlarini, shuningdek, so’z birikmalari va gaplarni tuzish qonuniyatlarini o’rganadigan bo’limidir. Grammatika dastlab qadimda Hindistonda, tilshunos olim Paninining “Grammatikaga oid” asarida, miloddan avvalgi 5 – 4 asrlarda, keyinroq Yunonistonda, Aristotel tomonidan miloddan avvalgi 2 – asrda qiziqarli soha sifatida o’rganilgan. Yunon Grammatik an’analari lotin tilini o’rganish jarayonida rivojlanib borgan. Hozirgi kunda grammatika ikki qismdan – morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiyada so’zning grammatik turkumlari, morfologik kategoriyalar va so’z shakllari, sintaksisda esa so’z shakllarini
Доказательный фрагмент
«Mazkur ish Qadimgi ingliz tili (Old English, taxminan 450–1150-yillar) grammatikasining shakllanishi va rivojlanish tarixini tahlil qilishga bag'ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur ish Qadimgi ingliz tili (Old English, taxminan 450–1150-yillar) grammatikasining shakllanishi va rivojlanish tarixini tahlil qilishga bag'ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar: Qadimgi ingliz tili, lotin tili, sintaksis, fonetika, grammatika, anglosaksonlar, til tarixi, skandinaviya tillari., morfologiya
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024