Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NEOLOGISMS IN THE UZBEK LANGUAGE AND THEIR TRENDS OF EMERGENCE IN THE CORPUS
Shaxzoda NORMAMATOVA
Образовательные инновации и интеграция · 2025
Аннотация
This article analyzes the emergence of neologisms in modern written Uzbek, their lexical and semantic characteristics, and their frequency of usage based on corpus linguistics. Keywords: individual neologism, general language neologism, lexeme, slang, jargon, borrowed word. НЕОЛОГИЗМЫ В УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ И ТЕНДЕЦИИ ИХ ПОЯВЛЕНИЕ В КОРПУСЕ Аннотация: В данной статье анализируется появление неологизмов в современном письменном узбекском языке, их лексико-семантические особенности и частота употребления на основе корпусной лингвистики. Ключевые слова: индивидуальный неологизм, неологизм общего языка, лексема, сленг, жаргон, заимствованное слово. O‘ZBEK TILIDAGI NEOLOGIZMLAR VA ULARNING KORPUSDAGI PAYDO BO‘LISH TENDENSIYALARI Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi neologizmlarning zamonaviy yozma nutqda paydo bo‘lishi, ularning leksik-semantik xususiyatlari va qo‘llanish chastotasi korpus lingvistikasi asosida tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: individual neologizm, umumiy til neologizmi, leksema, sleng, jargon, o‘zlashma so‘z. Kirish. Globalizatsiya, ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi sharoitida neologizmlar til taraqqiyotining ajralmas qismi sifatida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Yangi tushuncha, hodisa va ixtirolar uchun mos atamalar yaratish zarurati nafaqat lingvistik, balki ijtimoiy-madaniy ehtiyojdan ham kelib chiqmoqda. https://scientific-jl.com 1 0 9 47-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Ayniqsa, ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqalayotgan neologizmlar zamonaviy til hodisasi sifatida jamiyat tilshunoslik tafakkurining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, neologizmlarning faol qo‘llanilishi orqali tilning ekspressivlik darajasi ortib, uning zamonaviy ehtiyojlarga moslashuvchanligi namoyon bo‘lmoqda. So‘nggi yillarda o‘zbek tiliga chet tillardan, xususan ingliz, rus, hatto turk tilidan ko‘plab yangi so‘zlar kirib kelmoqda. Bu jarayon, ayniqsa, globalizatsiya, texnologik taraqqiyot va xalqaro madaniy axborot oqimi kuchaygan sharoitda yanada tezlashmoqda. Yangi kirib kelgan so‘zlar, odatda, texnologiya, axborot- kommunikatsiya, iqtisodiyot, biznes, siyosat, sog‘liqni saqlash, ta’lim va madaniyat sohalarida faol qo‘llanmoqda. Masalan, “bloger”, “kontent”, “onlayn”, “skanerlash”, “trening”, “webinar”, “reels” kabi so‘zlar ilgari o‘zbek tilida mavjud bo‘lmagan, biroq hozirgi kunda ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, ta’lim muassasalari va hatto rasmiy nutqda ham tez-tez uchraydigan leksik birliklarga aylangan. Neologizmlarning bunday ko‘payishi tilning tabiiy taraqqiyot jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, ular tilning leksik tarkibini boyitadi, zamonaviy tushuncha va hodisalarni ifodalashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bu holat o‘zbek tili sofligini saqlash, milliy leksik fondni asrash masalalarini ham dolzarb qilib qo‘ymoqda. Ayrim hollarda yangi so‘zlar o‘zbek tilining fonetik, morfologik va sintaktik tizimiga to‘liq moslashmagan bo‘lishi mumkin, bu esa ularning ommalashuv darajasiga va barqarorlik holatiga ta’sir qiladi. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Tilshunoslik nuqtai nazaridan olib qaraganda, bu kabi neologizmlarning tilga kirib kelish jarayoni va ularning ishlatilish tendensiyalarini chuqur o‘rganish muhim ilmiy vazifadir. Korpus lingvistikasi esa bunday tahlil uchun zamonaviy, ishonchli va keng qamrovli usul hisoblanadi. Matn korpuslari orqali yangi so‘zlarning qayerda, qachon, qanday kontekstda paydo bo‘layotgani, qanchalik tez-tez ishlatilayotgani va ularning semantik xususiyatlarini aniqlash mumkin. Tilda hosil bo‘lgan yangi so‘zlar neologizmlar (grekcha neos — yangi, logos — so‘z) deyiladi [1.86]. Lug‘at tarkibi neologizmlar hisobiga boyib boradi. Neologizmlar quyidagi xususiyatlari bilan lug‘at tarkibida ajralib turadi: 1) yangi tushuncha, narsa yoki hodisaning nomini ataydi; 2) avval mavjud bo‘lgan narsa yoki hodisaning belgilarini farqlaydi; 3) tildagi vositalarni tejaydi; 4) fikmi aniqroq ifodalash uchun xizmat qiladi. O‘zbek tilshunosligi sohasida taniqli olim, til nazariyasi va grammatikasi bo‘yicha mutaxassis Shavkat Rahmatullayev o‘zining “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” asarida neologizmning ikki xil talabga (ehtiyojga) ko‘ra paydo bo‘lishi haqida so‘z yuritadi: https://scientific-jl.com 1 1 0 47-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi 1. Yangi voqelikning yangi nomi sifatida. Bunda neologizm o‘zi anglatayotgan voqelikning yagona nomi bo‘ladi, nominativ vazifani o‘taydi: konfliktsizlik (adabiyotshunoslik termini), kosmodrom- (har ikki leksema yangilik bo‘yog‘ini tezda yo‘qotdi), mahkamachilik- kabi. 2. Nomlangan voqelikning yangi nomi bo‘ladi. Haqiqiy neologizm asli shu. Bunda o‘zigacha nomlangan voqelikni yangidan nomlaydi, natijada sinonimiya tug‘iladi. Masalan, fotokartochka- leksemasi avval neologizm sifatida suvrat- leksemasi bilan sinonimik munosabat hosil etdi. Natijada suv-rat- va rasm- leksemalarining leksik ma’nolarida
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the emergence of neologisms in modern written Uzbek, their lexical and semantic characteristics, and their frequency of usage based on corpus linguistics.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the emergence of neologisms in modern written Uzbek, their lexical and semantic characteristics, and their frequency of usage based on corpus linguistics. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- individual neologism, general language neologism, lexeme, slang, jargon, Keywords: individual neologism, borrowed word.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025