Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NAVOIY VA SA’DIY: “MAHBUB UL-QULUB” VA “GULISTON”DAGI NASIHATLAR TAQQOSLANMASI
NASIHATLAR TAQQOSLANMASI · Mohizarbegim Ergasheva
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
This article provides a comparative analysis of the works of two major representatives of Eastern moral and didactic literature – Alisher Navoi and Sa'di Shirozi – «Mahbub ul-qulub» and «Guliston». The main attention is paid to the moral concepts, advice, views on society and man put forward in both works, as well as their methods of expression. The article analyzes how concepts such as patience, humility, arrogance, honesty, and friendship are covered, and reveals the general ideological closeness of Navoi and Sa'di, as well as their stylistic and formal differences. As a result of the research, the current significance of these two works in modern education, ethics, and culture is substantiated. Keywords: Alisher Navoi, Saadi Shirozi, Mahbub ul-Qulub, Gulistan, moral advice, exhortation, Eastern literature, comparative analysis, ethics, didactic literature, patience, humility, society, science, wisdom. Sharq adabiyotida axloqiy pand-nasihat janri alohida mavqega ega. Bu an’ananing yorqin namoyandalari Alisher Navoiy va Sa’diy Sheroziy bo‘lib, ularning “Mahbub ul-qulub” va “Guliston” asarlari asrlar osha insoniyat ma’naviyatiga xizmat qilib kelmoqda. Ikkala asarda ham insonning axloqiy pokligi, jamiyatdagi o‘rni, hayotga munosabati kabi fundamental tushunchalar keng yoritilgan. Ushbu ikki asar misolida Sharq tafakkurining axloqiy mezonlari va ulug‘ mutafakkirlarning inson tarbiyasiga bo‘lgan yondashuvi ochib beriladi. https://scientific-jl.com 1 1 9 47-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Alisher Navoiy (1441–1501) turkiy adabiyot tarixida ilk bor milliy tilda yuksak badiiy asarlar yaratgan ijodkordir. U o‘zining “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida turkiy tilning boy va ifodali tili ekanligini asoslab bergan va o‘z davrida fors tiliga teng raqib sifatida taqdim etgan. Navoiy tomonidan yaratilgan “Xamsa” dostonlari, “Lison ut-Tayr”, “Mahbub ul-qulub” kabi asarlar falsafa, tasavvuf va axloqiy g‘oyalarni badiiy yuksaklik bilan ifodalaydi. Ayniqsa, komil inson tarbiyasi, ma’rifat, ilm va odob kabi mavzular uning ijodining bosh g‘oyaviy yo‘nalishidir. Navoiy tilga, adabiyotga va jamiyatga xizmat qilish orqali butun bir millatning ruhiy-ma’naviy uyg‘onishiga turtki bergan. Uning g‘azal va ruboiylari bugungi kunda ham xalq orasida mashhur bo‘lib, xalq og‘zaki ijodiga singib ketgan. Sa’diy Sheroziy (1210–1291) fors tilida ijod qilgan buyuk adib, mutafakkir va axloqshunos sifatida tanilgan. Uning eng mashhur asarlari — “Guliston” va “Bo‘ston” — nafaqat adabiy, balki pedagogik va falsafiy asarlar sifatida ham yuqori baholanadi. Sa’diy asarlarida insonparvarlik, saxovat, donishmandlik, bag‘rikenglik kabi tamoyillar ustuvor o‘rin egallagan. Sa’diyning o‘ziga xos uslubi — o‘gitlar, ibratli hikoyatlar va chuqur hayotiy tajribaga tayanadi. Ayniqsa, uning “Odamiy farzandlar bir tan – bir jon kabidir” degan mashhur bayti bugungi global jamiyatga ham dolzarb bo‘lib, BMT binosida aks ettirilgani bejiz emas. Ikkala mutafakkir ijodida ham axloqiy va ma’naviy tarbiya, ilmga hurmat, komil inson g‘oyasi ustuvor mavzudir. Ularning asarlari tasavvufiy tafakkur bilan sug‘orilgan bo‘lib, ma’naviy yuksalishga undaydi. Har ikkisi ham adabiyotni faqat badiiy so‘z san’ati emas, balki insonni tarbiyalovchi vosita sifatida ko‘rgan. Navoiy turkiy tilni davlat va ilm tili darajasiga ko‘targan bo‘lsa, Sa’diy fors adabiyotini butun musulmon Sharqiga tanitgan. Navoiy nazmda turli shakllarni sinab ko‘rgan va keng ko‘lamli falsafiy-tasavvufiy obrazlar yaratgan bo‘lsa, Sa’diy nasr va nazm uyg‘unligidagi ibratomuz hikoyatlar orqali didaktik yondashuvni tanlagan. Sharq adabiyotining asosiy xususiyatlaridan biri bu — nasihatnavislik an’anasi, ya’ni adabiy asarlar orqali o‘quvchiga axloqiy, ma’naviy va tarbiyaviy g‘oyalarni yetkazishdir. Bu an’ana qadimdan shakllangan bo‘lib, islomiy tafakkur, tasavvuf falsafasi, xalq og‘zaki ijodi va madrasaviy ta’lim bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlangan. Nasihatnavislik badiiy adabiyotning faqat estetik emas, balki tarbiyaviy, didaktik maqsadga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Bu an’ananing ildizlari Qur’on oyatlari va Payg‘ambar hadislarida yotadi. Islom dini axloqiy poklik, halollik, sabr-toqat, rostgo‘ylik kabi fazilatlarni targ‘ib etgani uchun, musulmon adiblari o‘z asarlarida ushbu g‘oyalarni badiiy obrazlar orqali ifoda etishga intilganlar. Sharq mumtoz adabiyotida esa bu an’ana g‘azal, ruboiy, doston, hikoya va hatto nasriy asarlar ko‘rinishida namoyon bo‘lgan. Masalan, Sa’diy Sheroziyning “Guliston” va “Bo‘ston” asarlari — nasihatnavislik an’anasining yorqin namunalaridandir. Ushbu asarlar ibratli hikoyatlar https://scientific-jl.com 1 2 0 47-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi va chuqur falsafiy fikrlar orqali o‘quvchini insoniylik, adolat, donishmandlikka chorlaydi. Har bir hikoya hayotiy voqea bilan bog‘langan bo‘lib, axloqiy xulosa bilan yakunlanadi. Xuddi shunday, Alisher Navoiy ham o‘z asarlarida nasihatnavislik ruhini
Доказательный фрагмент
«This article provides a comparative analysis of the works of two major representatives of Eastern moral and didactic literature – Alisher Navoi and Sa'di Shirozi – «Mahbub ul-qulub» and «Guliston».»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides a comparative analysis of the works of two major representatives of Eastern moral and didactic literature – Alisher Navoi and Sa'di Shirozi – «Mahbub ul-qulub» and «Guliston». Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Alisher Navoi, Saadi Shirozi, Mahbub ul-Qulub, Gulistan, moral, tavoze, hikmat., Guliston, didaktik adabiyot, axloqshunoslik, qiyosiy tahlil, jamiyat, axloqiy nasihat, pand-nasihat, Kalit so‘zlar: Alisher Navoiy, Sa’diy Sheroziy, Sharq adabiyoti, ilm, sabr
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024