Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ARUZGA XOS FONETIK HODISALARNING BAYTLARDA QOʻLLASH ( AZL VA VASL HODISALARI MISOLIDA)
Kuvatova Nafisa Zayerjonovna
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada mumtoz adabiyotimizda keng qoʻllanadigan aruz vaznida uchraydigan fonetik hodisalarning baytlar tarkibida aks etish mustaqil yondashuv asosida bayon etilgan. Kalit so‘zlar: mumtoz adabiyot, aruz ilmi, fonetik hodisalar, azl, chetlatish, choʻziq hijo, qisqa hijo, vasl, qator undosh. Mumtoz adabiyotimizda qoʻllanadigan aruz vaznida aruzni oʻrganish uchun nihoyatda ahamiyatli boʻlgan ayrim masalalar bor. Ulardan biri aruzga xos fonetik hodisalar yoki tovush oʻzgarishlari deb ataladi. Bu hodisalarni oʻrganmay, mashqlarda mustahkamlamay turib aruz vazni goʻzalliklaridan bahramand boʻlishning imkoni yoʻq. Birgina hodisani payqamay qolib bayt vaznini chiqarolmay xunob boʻlish hech gap emas. Ushbu mavzu doirasida turkiy aruz uchun muhim boʻlgan fonetik hodisalarni koʻrib oʻtamiz. Azl – arabcha soʻzdan olingan boʻlib, “chetlatish” ma’nosini anglatadi. Aruzda atama sifatida adabiy tilda choʻziq oʻqiluvchi unlilarning she’riy asarlarda vazn talabiga koʻra qisqa unli tarzida oʻqilishini ifodalaydi. Masalan, Navoiyning Navoiy, istama eldin junun ilojinkim, Bu telbalik aro yoʻq ul paridin oʻzga kishing. baytida aro soʻzi tarkibidagi “o” unlisi adabiy tilda choʻziq talaffuz qilinadi. Ammo vazn talabi bilan baytda uni qisqa talaffuz qilamiz. Chunki bayt vazni shuni talab etadi. Bu kabi holatlar, ayniqsa, oʻynoqi vaznlarga tushadigan baytlarda uchraydi. Bunga Lutfiy, Gadoiy ijodidan misollar keltirish mumkin: Gar husnunga koʻnglim nigoron boʻldi, ne boʻldi? Oshufta-yu rasvoyi jahon boʻldi, ne boʻldi? Baytdagi nigoron soʻzining ikkinchi boʻgʻinidagi “o” unlisi adabiy tilda choʻzib aytilsa-da, baytda vazn talabiga koʻra qisqa talaffuz etiladi. Bu nigoron soʻzining bu hijosi doimo qisqa talaffuz etiladi, degani emas.Fonetik hodisalar faqatgina ma’lum baytlar tahlili jarayonida yuzaga kelib,faqat shu bayt uchun xos boʻladi. Nigoron soʻzining mazkur hijosi 100dan 99, 9 % choʻziq talaffuz etiladi va choʻziq hijo boʻlib keladi. Vasl – arabcha, ulanish, birikish, yetishish ma’nolarini beradi. Atama sifatida aruz tizimi asosida yaratilgan she’riy asarlarni ifodali oʻqish jarayonida vazn talabi https://scientific-jl.com 1 2 3 47-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi bilan ayrim yopiq hijolar oxiridagi undoshni undan keyingi unli bilan boshlangan hijoga qoʻshib talaffuz etish hodisasi. Baytda vasl hodisasi inobatga olinmasa, ohang va vaznga jiddiy putur yetadi. Fonetik hodisalar ichida eng koʻp qoʻllaniladigani vasl hodisasi hisoblanadi. Zulfin ochqonda zanax chohiga tushgay ming ko‘ngul, Qo‘ymasa ul choh uza ruxsori sham’in yorutub. bayti vaznga mos, ifodali oʻqilishi uchun “zulfin” soʻzining “fin” hijosi oxiridagi “n” undoshini undan keyin turgan “ochqonda” soʻzidagi “och” hijosiga ulab, “noch” tarzida talaffuz etish lozim. Aks holda, qisqa hijo oʻrnida turgan “fin” hijosi choʻziq hijo hosil qiladi. Bu esa vaznning buzulishiga olib keladi. Vasl hodisasini misra oʻrtasida kelgan qoʻsh undoshli hijolarda uchrashini ham koʻplab kuzatish mumkin. Masalan, Navoiyning Hajr aro sargashtamen andoqki, to tutqum qaror Ish siqilmoqdur, bori olam boshimga aylanib. baytida vazn va ohang talabi bilan “hajr” soʻzining oxiridagi “r” undoshini undan keyin turgan “aro” soʻzidagi “a” hijosiga ulab, “ra” tarzida talaffuz etiladi. Aks holda, choʻziq hijo oʻrnida turgan “hajr” hijosi oʻta choʻziq hijo hosil qiladi, misra oʻrtasida kelganligi uchun uni ikki hijoga teng deb hisoblashga toʻgʻri keladi. Bu esa bayt vaznining buzulishiga sabab boʻladi. Vasli ho – vaslning bir ko`rinishi bo`lib, aruz tizimida yaratilgan she`riy misralardagi ayrim yopiq hijolarning oxirgi undoshini vazn taqozosi bilan o`zidan keying turgan va “h” undoshi bilan boshlanuvchi hijoga qo`shib o`qish hodisasi. Bu hodisa yuz berganda “h” undoshi tushib qoladi, masalan: Bo`ldi taajjub qiziq hangomalar, Arz etayin emdi yozib nomalar. baytidagi “qiziq” so`zi oxiridagi “q” undoshi o`zidan keying “han” hijosiga qo`shib talaffuz etiladi. Bu jarayonda “han” dagi “h” tushib qoladiva “q” “g`” ga aylanib “g`an” (qizi-g`angomalar) tarzida talaffuz etiladi. Yoki, Mashrab qalamiga mansub Ko`zima ko`rinur mani dilbarim har qayonada, Ishqini yor ayladim o`zuma bu zamonada. baytida ham vasli honi uchratishimiz mumkin. “dilbarim” so`zi oxiridagi“m” undoshi o`zidan keying “har” hijosiga qo`shib talaffuz etiladi. Bujarayonda “har” dagi “h” tushib qoladi va hijo “mam” tarzidatalaffuzetiladi.Ushbu vasli ho hodisasi kamdan kam uchrasa-da, o`zbekshe`riyatidamavjud. Xususan, xalq og`zaki ijodi ta`sirida yaratilgan “turkona” deb ataluvchi sodda uslubda ijod qiluvchi shoirlar she`rlarida uchraydi. Alisher Navoiy: https://scientific-jl.com 1 2 4 47-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Sovug‘ ohimdin yorug‘liq oz, vale ko‘p tiyralik, Qishda ul yanglig‘ki, tun bo‘lg‘ay uzun, kun qisqorib. Baytda “sovugʻ” so’zidagi birinchi va ikkinchi hijolar ham cho’ziq hijo sanaladi, ammo ikkinchi misradagi “qishda” so’zining ikkinc
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada mumtoz adabiyotimizda keng qoʻllanadigan aruz vaznida uchraydigan fonetik hodisalarning baytlar tarkibida aks etish mustaqil yondashuv asosida bayon etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada mumtoz adabiyotimizda keng qoʻllanadigan aruz vaznida uchraydigan fonetik hodisalarning baytlar tarkibida aks etish mustaqil yondashuv asosida bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qisqa hijo, vasl, qator undosh, Kalit so‘zlar: mumtoz adabiyot, choʻziq hijo, chetlatish, fonetik hodisalar, aruz ilmi, azl
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025