К содержанию
РецензированоUZ2026

ADABIYOTDA ARUZ POETIKASINI OʻRGANISH

Kuvatova Nafisa Zayerjanovna

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada aruz vazni, uning adabiyotga kirib kelishi, aruz so’zining kelib chiqishi, aruzni bilishning ahamiyati tahlil qilinadi. Tahlil asosida aruz she`riy tizimi ham kvantitativ she`riy tizim hisoblanishi, unda o’lchov asosiy mezon ekanligi yoritiladi. Jahon xalqlari she’riyati taraqqiyotini kuzatganda ularda qo`llanilganshe’riy vaznlar quyidagi ikki she`riy tizim asosida yuzaga kelganliginiko`rish mumkin: 1.Kvantitativ she’riy tizimlar. 2.Kvalitativ she’riy tizimlar. Kvantitativ lotin tilidan olingan bo‘lib “quantitas” – miqdor degan ma`noni bildiradi. Bunday vaznlar manbalarda metrik (metr-o‘lchov)vaznlar nomi bilan ham yuritiladi. Kvantitativ she`riy tizimlar misradagi uzun va qisqa bo'g'inlarning tartibli almashinishiga va bu orqali talaffuzda erishiladigan satrlar va ohang mutanosibligiga asoslanadigan she`riy tizimlardir. Bu kabi she`riy tizimlar odatda unlilarning uzunligi vaqisqaligi semantik farqlanadigan tillarda qo'llaniladi. Masalan, qadimgi yunon, rim,sanskrit lirikasida kvantitativ she`riy tizimlar qo`llanilgan. Ayrim ma`lumotlarga ko`ra bu tizim fin va klassik xitoy lirikasiga ham xosdir. Shuningdek, arablar tomonidan iste`molga kiritilgan aruz she`riy tizimi ham kvantitativ she`riy tizim hisoblanadi. Kvantitativ she`riytizimlarningo`ziga xos xususiyatlaridan biri unda musiqiylikning yuqori bo`lishidir. Aruz vaznlar tizimi haqida dastlabki tushunchaga ega bo‘lishdan avval uni o`rganishning ahamiyati va zarurati haqida to`xtalsak. 1. Aruz qoidalarini bilish, murakkab vaznlarda yozilgan baytlarni taqte’ qila olish (ritmik bo‘laklarga ajrata olish) azaldan salohiyat, iqtidor,ta’bir joiz bo‘lsa, yuksak madaniyat belgisi sanalgan. 2. Aruzni, uning o‘ziga xos ohanglarini bilish, shu vaznda yozilgan asarlarning faqat mazmunidangina emas, ohang jozibasidan ham zavqlana olish, shu mazmunning shakl bilan mutanosibligini his qilishga yordam beradi. Bunday zavqni, odatda, so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi. 3. Aruz qonuniyatlarini puxta o‘rganish ijodkor badiiy mahoratini to‘laroq tasavvur qilish imkonini beradi. O‘zbek adabiyoti tarixida vazn imkoniyatlaridan mohirona foydalanadigan, yangi vaznlar ijod eta oladigan, an’anaviy vazn talablariga https://scientific-jl.com 1 2 6 47-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi to‘la rioya etadigan hamda an’anaviy vazn qoliplaridan ba’zan chetga chiqadigan shoirlar mavjud. Bu esa shoir badiiy mahorati mezonlaridan biridir. 4. Aruz mustahkam o‘lchovlarga ega bo‘lganligi uchun uning yordamida she’riy matnlardagi odatiy va tasodifiy xatolarni aniqlash imkoniyati mavjud. Masalan, Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror”dostonidan olingan mashhur bayt: Odami ersang demagil odami, Onikim yo‘q/ xalq g‘ami/din g‘ami. – VV – / – V V – / – V – Ikkinchi misraning uchinchi hijosi qisqa bo‘lganligi uchun “oniki” so‘ziga “m” tovushini qo‘shishning iloji yo‘q. Aks holda “mufta’ilun” rukni “fo’ilotun”ga aylanadi. Bu esa “Hayrat ul-abror” dostoni vazniga xilofdir. 5. Aruzni bilish she’riy janrlarni farqlash va to‘g‘ri tahlil qilishimkonini beradi. Zero, ruboiy, tuyuq, mustazod, noma(yoxudmuhabbatnoma), sayohatnoma kabi janrlar uchun vazn asosiy xususiyatga ega. Aruz she`riy tizimi dastlab arab adabiyotida, yana ham aniqrog`i, arab xalq og`zaki she`riyatida paydo bo`lgan. Arab xalifaligi davridaislomningboshqa o`lkalarga ham yoyilishi munosabati bilan fors-tojikadabiyoti, u orqali turkiy adabiyotga kirib kelgan. “Aruz” istilohining kelib chiqishi borasida turlicha qarashlar mavjud. 1. Alisher Navoiy “Mezon ul avzon” asarida bu atama vaznasoschisiXalil Ibn Ahmadning vatani bo‘lmish Arabiston yarimorolida jaylashganbir vodiyning nomi bilan bog`liqligi, u vodiydagi kishilarningasosiymashg‘uloti vaqtinchalik uy – chodir tikib sotishdan iborat ekanliginiaytadi. Shuningdek, arablar uyni “bayt” so‘zi bilan ifodalashlari sababliXalil Ibn Ahmad she’rning eng kichik qismini shu so‘z bilannomlagan.Aruz tizimidagi atamalarning ko‘pchiligi shu vodiy xalqiningurf- odatlari,ashyolari nomidan olingan. 2. Shuningdek, “aruz” so‘zi, uyning (chodirning) asosini tashkil etuvchi ustunlar (ruknlar)dan birining nomini ham ifodalar ekan. Vohid Tabriziyning fikriga ko‘ra, vaznning nomi aynan shu so‘zdan olingan. 3. Fors-tojik aruzshunosligining asoschilaridan biri bo‘lganShamsiddin Muhammad Qays Roziy o`zining “Al-Mu’jam” asarida“aruz”atamaning kelib chiqishi haqida mulohaza yuritar ekan, aruz she`riy nutq o`lchovi ekanligi, vaznli she`r vaznsizdan, to‘g‘risi noto‘g‘ridan farqlansin uchun she’rni unga arz qilishlari vajidan unga “aruz” nomi berilganini aytadi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, aruzni amaliy va nazariy o`rganishning eng birlamchi manbasi – bu aruzda yaratilgan she’riyatning o`zi. Shu sabab aruzni o`rganishga bel bog`lagan tolib ishni aruz tizimida yaratilgan she`riyatni ko`proq o`qish, ularning ichki ohangini nozik ilg`ab olishdan boshlashi lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOT 1. Алишер Навоий. МАТ. 20 томлик. 7-11-томлар (“Хамса”). –Тошкент: Фан, 1992-94. 117 h

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada aruz vazni, uning adabiyotga kirib kelishi, aruz so’zining kelib chiqishi, aruzni bilishning ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada aruz vazni, uning adabiyotga kirib kelishi, aruz so’zining kelib chiqishi, aruzni bilishning ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
she riy, kvantitativ she, riy tizimlar, aruz she, kelib chiqishi, riy tizimi, riy tizim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники