Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SON SOʻZ TURKUMINI OʻQITISH METODI
Kuvatova Nafisa Zayerjonovna
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
maqolada ona tili darslarida beriladigan bilim, malaka, koʻnikmalar , ona tili darslarining maqsad va vazifalari, son soʻz turkumining akademik litseylarda oʻqitish va olgan bilimlarni mustahkamlash usul va metodlari haqida fikr yuritiladi Kalit soʻzlar: soʻz turkumlari, morfologiya, son soʻz turkumi, otlashish , ijodiy-amaliy topshiriq, didaktik materiallar Necha mingyillik tarixga ega boy tillardan biri boʻlgan ona tilimiz millatimiz uchun milliy oʻzligimiz va bebaho qadriyatimizdir. Ona tilimizning davlatimiz va jamiyatimiz hayotidagi ta’siri, va dovrugʻini yanada yuksaltirish zarur. Akademik litseyda ona tili darslarining maqsadi oʻquvchi yoshlarning oʻgʻzaki va yozma nutqiy savodxonligini oshirish, ona tilimizning sofligini saqlagan holda nutq shakllantirish koʻnikmalarini hosil qilishdir. Shu narsa ma’lumki, ta’lim tizimidagi barcha fanlar, shu jumladan, ona tili darslarida ham didaktik materiallardan, koʻrgazmali vositalardan, turli xil qiziqarli o’yin va topshiriqlardan foydalanish yuqori natijalar beradi. Bu haqda bir qator mutaxassislar, xususan, K. Usmonova, A. Nisanbayeva, R. Ishmihamedov, kabi tilshunoslar oʻzlarining tadqiqotlarida, shu mavzudagi monografiyalarida fikr yuritganlar. Oʻquvchilar soʻz turkumlari, ularni guruhlarga boʻlish, mustaqil va yordamchi soʻz turkumlari va ularni farqlashni boshlangʻich sinflarda oʻrganishib, turkumlar haqidagi tushunchalari shakllanib boradi. Yuqori sinflarda oʻrganilayotgan tushunchalar uning mantiqiy davomidir. Akademik litseyda morfologiya boʻlimini oʻqitishning ilmiy va amaliy asoslari bor. Ilmiy tomoni shuki, Sintaksis boʻlimini oʻrganishda morfologiyada oʻrganilgan yordamchi soʻz turkumlari, kelishik , egalik , shaxs-son shakllari soʻz birikmasi va gapni shakllantirishda xizmat qiladi(1, 54) Amaliy tomoni esa nutqiy savodxonlikni oshiradi. Oʻqituvchi oʻquvchilarga soʻz turkumlari haqida ma’lumot beradi. Mavzu boʻyicha oʻrganilgan bilimlarni takrorlash uchun xattaxtaga turli turkumlarga mansub soʻ zlar yozadi. Xattaxtadagi soʻzlar https://scientific-jl.com 1 2 9 47-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Xushbichim, serjilo, badhazm, xushhavo, badbo’y, tom, tosh, goʻzal, kichik, saraton, bilimli, shunday, bu, oʻn birlar, uch-toʻrt, sakson, oq, oʻqidi, yozdi, ishladi, shoshildi, salomlashdi. 1- Topshiriq: “Pinbord” metodi asosida yozgan soʻzlarni qaysi soʻz turkumiga mansubligiga koʻra guruhlang 2- Topshiriq: Soʻzlarni ma’nolarini izohlang. 3- Topshiriq: Soʻz birikmalari hosil qiling. Shu tariqa soʻzlarni sharhlash va yozish orqali oʻquvchilarda: 1)tafakkur doirasi kengayadi; 2)yozma savodxonligi oshadi; 3)fikr ifodalash koʻnikmasi rivojlanadi; 4)nutqda soʻz qoʻllash malakasi shakllanadi; 5)soʻz turkumlari yuzasidan olingan bilimlari umumlashtiriladi. Mustaqil soʻz turkumlaridan biri son soʻz turkumi hisoblanadi. Quyi sinflarda sonning soʻrogʻi, ma’no turlari, gapdagi vazifasi, otlashishi haqidagi bilimlar oʻzlashtirilgan. Shu oʻrganilgan ma’lumotlar qaytadan ta’limiy mashqlar orqali tiklatilib, miqdor va tartib bildiruvchi soʻz turkumi haqida kengroq tushuncha beriladi. Dastur talabiga koʻ ra, mazkur soʻz turkumining lugʻaviy ma’nosi, ma’no turlari(sanoq, dona, jamlovchi, taqsim, chama, tartib sonlar) morfologik(otlashishi) va sintaktik(qaysi so’z turkumlari bilan birikishi, gapdagi vazifasi) xususiyatlari haqida bilim va koʻ nikmalar amaliy ishlar orqali oʻquvchilar ongiga singdiriladi. Bu mustaqil ishlarni bajarish orqali quyidagi xulosaga keladilar: “Nechta?” “Qancha?” “Nechanchi?” soʻroqlariga javob boʻlib, predmetning miqdorini, tartibini bildiruvchi soʻzlar son turkumiga kiradi(2, 101) Shundan soʻng “Son uslubiyati” mavzusi oʻrganiladi. Oʻquvchilar ikki tur(miqdor va tartib sonlar)ning bir-biridan farqli tomonlari mavjud ekanligini tushunib yetadilar. Miqdor sonning ma’no turlari oʻtilar ekan, sonlarni ifodalagan ma’nosiga koʻra guruhlashni oʻrganadilar va amaliy mashqlar, ta’limiy oʻyinlar yordamida mustahkamlaydi. Bu singari ijodiy-amaliy ishlar oʻquvchilarning savodxonligini oshirishish va lugʻat boyligini kengaytirish uchun xizmat qiladi. “Sonlarning otlashishi“ mavzusi orqali sonning otlashishi son tarkibiga egalik va kelishik shakllarining qoʻshilishi, ularning imlosi bilan tanishadilar. Ijodiy- amaliy topshiriqlardan foydalanish oʻrganilayotgan ob’yektning puxta oʻzlashtirilishini ta’minlaydi. Son soʻz turkumi haqidagi bilimlarni mustahkamlash, ularni uslubiyat bilan bogʻlab rivojlantirish uchun har xil mavzudagi matnlardan foydalansa boʻladi. https://scientific-jl.com 1 3 0 47-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Matn asosida quyidagi topshiriqlarni bajarish mumkin 1-Topshiriq: sonlarni topib, ma’nosiga koʻra ajrating 2-Topshiriq: otlashgan sonlarni toping 3-Topshiriq: fonetik qoida asosida yozilgan sonlarni ajrating va izohlab bering. 4-Topshiriq: sonlar qaysi soʻz turkumi bilan bogʻlangan va gapdagi sintaktik vazifasini toping. Ona tili mashgʻulotlarini a
Доказательный фрагмент
«maqolada ona tili darslarida beriladigan bilim, malaka, koʻnikmalar , ona tili darslarining maqsad va vazifalari, son soʻz turkumining akademik litseylarda oʻqitish va olgan bilimlarni mustahkamlash usul va metodlari…»
Образец извлечения
Демо-превьюmaqolada ona tili darslarida beriladigan bilim, malaka, koʻnikmalar , ona tili darslarining maqsad va vazifalari, son soʻz turkumining akademik litseylarda oʻqitish va olgan bilimlarni mustahkamlash usul va metodlari… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- otlashish, didaktik materiallar, Kalit soʻzlar: soʻz turkumlari, son soʻz turkumi, morfologiya, ijodiy-amaliy topshiriq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025