Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
POLIMER STRUKTURALARIDA METALLOKOMPLEKSLAR OLISHNING QONUNIYATLARI VA SELLULOZA METALL- XELATLARINI SINTEZI
POLIMER STRUKTURALARIDA METALLOKOMPLEKSLAR · XELATLARINI SINTEZI · Ibragimova Maftuna Ibodulloyevna · doktoranti. Buxoro (tibbiyot institute tayanch) · Ибрагимовa Мафтунa Ибодуллоевнa (tibbiyot institute tayanch)
Образовательные инновации и интеграция · 2025
Аннотация
This article analyzes the basic patterns of metal complex compound formation in polymer structures and the chemical-physical basis of this process. Particularly, the properties of natural polymer - cellulose - forming chelate complexes with metal ions are studied in depth. Methods for the synthesis of metal chelates based on cellulose, the structure, stability of these complexes, and their practical significance in industry and ecology are considered. The study analyzed the mechanisms of interaction between various metal ions (for example, Cu2+, Fe3+, Zn2+, etc.) and cellulose, as well as the factors influencing these processes - pH, temperature, and the nature of the reaction medium. This scientific work serves as a theoretical and practical basis for the creation of new materials based on bio-based polymers and their functional complexes. Keywords: Polymer structure, metal complexes, cellulose, chelate compounds, patterns of complex formation, metal ions, bio-basic materials, environmentally friendly synthesis Kirish. Polimer asosli metallokomplekslar hozirgi vaqtda ekologik toza texnologiyalar, biomateriallar, dori-darmon tashuvchilari va katalizatorlar sifatida keng o‘rganilmoqda. Ayniqsa, tabiiy polimerlar – selluloza, xitozan, pektin kabi https://scientific-jl.com 8 47-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi biopolimerlarning metall ionlari bilan hosil qilgan komplekslari katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Bunday komplekslarning barqarorligi va xossalari, ayniqsa karboksil guruhlari orqali metal-ligand o‘zaro ta’sirlar bilan belgilanadi. Ushbu maqolada metall komplekslar sintezining asosiy usullari, ularning barqarorlik mezonlari hamda selluloza asosidagi metal-xelatlarning xossalari ko‘rib chiqiladi. Nazariy asos. Karboksil tutgan polimerlar (masalan, sitrus pektin, xitozan suksinat) va metall ionlari o‘rtasidagi komplekslanish reaksiyalari IR (infraqizil) spektrlarda kuzatiladigan Δν (COO) qiymati orqali tahlil qilinadi. Δν (COO) – bu karboksilat guruhining assimetrik va simmetrik cho‘zilish tebranishlari orasidagi chastota farqi bo‘lib, metall-ligand bog‘ining barqarorligini ifodalaydi. Masalan, EDTA bilan hosil qilingan komplekslarda Δν (COO) qiymatlari Fe³⁺ > Cr³⁺ > Cu²⁺ > Ni²⁺ > Co²⁺ > Mn²⁺ tartibida ortadi, bu ularning kompleks hosil qilish barqarorligiga mos keladi. Xuddi shunday tartiblar karboksil tutgan biopolimerlar bilan ham kuzatilgan: Sitrus pektin (SP): Cr³⁺ > Cu²⁺ > Co²⁺ > Mn²⁺ > Ni²⁺ Xitozan suksinat (CS): Cu²⁺ > Cr³⁺ ≈ Ni²⁺ ≈ Co²⁺ > Mn²⁺ Bu natijalar Δν (COO) qiymatlari asosida metallga nisbatan ligandning afinitetini aniqlash imkonini beradi. Tajriba usullari. Metallokomplekslarni olishning bir necha asosiy usullari mavjud: To‘g‘ridan-to‘g‘ri sintez – metall tuzi va ligand bir vaqtning o‘zida reaksiya qiladi. Masalan: CuSO₄ + 4NH₃ → [Cu(NH₃)₄]SO₄ Afzallik: soddalik va tezkorlik. Kamchiligi: mahsulotning tozaligini nazorat qilish qiyin. Ligand almashinuvi – mavjud kompleksdagi ligandni boshqa ligandga almashtirish. [Co(H₂O)₆]³⁺ + 6NH₃ → [Co(NH₃)₆]³⁺ + 6H₂O Afzallik: bosqichma-bosqich nazorat. Chelatlash usuli – polidentat ligandlar (masalan EDTA) orqali metall bilan barqaror kompleks hosil qilish. Ca²⁺ + EDTA⁴⁻ → [CaEDTA]²⁻ Qattiq fazada sintez – metall tuzi va ligand qattiq holatda aralashtirilib, isitiladi. Afzallik: ekologik tozaligi. Kamchiligi: reaksiya jarayonini boshqarish qiyin. Elektrokimyoviy usul – metall ionlar elektrod yuzasida chiqarilib, ligand bilan bog‘lanadi. Afzallik: yuqori darajada nazorat. Ion almashinuvi orqali sintez: Na₂[Fe(CN)₅NO] + Cu²⁺ → Cu[Fe(CN)₅NO] + 2Na⁺ https://scientific-jl.com 9 47-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Natijalar va tahlil. Tajribalarda karboksil guruhiga ega bo‘lgan polimerlar asosida turli o‘zgaruvchan valentli metall ionlari bilan komplekslar sintez qilindi. IR- spektrlar yordamida Δν (COO) qiymatlari aniqlanib, metall-ligand bog‘lanishining barqarorligi baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Δν (COO) qiymati oshgani sayin kompleksning barqarorligi ortadi. Shuningdek, turli biopolimerlarning har xil metall ionlariga nisbatan afiniteti mavjud. Bu esa selektiv adsorbentlar, katalizatorlar yoki dori tashuvchi moddalarning yaratilishida muhim ahamiyatga ega. Geterometall komplekslar (masalan, Cu/Pb asosidagi) esa maxsus sharoitda – anion yetishmovchiligini sun’iy yaratish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri sintez yo‘li bilan olingan. Bu yondashuv polynuklear komplekslar yaratishda keng imkoniyatlar beradi. XULOSA. Polimer asosli metallokomplekslar sintezining asosiy qonuniyatlari Δν (COO) qiymatlari orqali aniqlanadi. Bu qiymatlar metall-ligand o‘zaro ta’sirining kuchi va kompleksning barqarorligini ifodalaydi. Selluloza kabi biopolimerlar asosida metal-xelatlarning sintezi ekologik toza va barqaror materiallar yaratishda istiqbolli yo‘nalishdir. Geterometall komplekslar esa metallofermentlar faol markazlarini taqlid qilish imkoniyati bilan ilm-fan va texnikad
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the basic patterns of metal complex compound formation in polymer structures and the chemical-physical basis of this process.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the basic patterns of metal complex compound formation in polymer structures and the chemical-physical basis of this process. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Polymer structure, metal complexes, cellulose, chelate compounds, metall-ionlar, selluloza, Kalit so’zlar Polimer struktura, kompleks hosil bo‘lish qonuniyatlari, xelat birikmalar, ekologik toza sintez, metallokomplekslar, bioasosli materiallar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025