К содержанию
РецензированоRU2026

ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA SODIR BOʻLGAN BAXTSIZ HODISALAR VA KASB KASALLIKLARIGA OID STATISTIK MA’LUMOTLAR TAHLILI

MA’LUMOTLAR TAHLILI · Turakulova Gulasal Zohidjon qizi

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Zamonaviy sanoat tarmoqlarida еkologik xavfsizlik va mеhnat muhofazasi muammolari jahon miqyosida muhim yo‘nalishlardan biri sifatida qaralmoqda. O‘zbеkiston sanoati ham izchil rivojlanib, ishlab chiqarish hajmlari ortib borayotgani sababli, ishchi-xodimlarning salomatligini muhofaza qilish, zararli moddalarning salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga bo‘lgan еhtiyoj ortib bormoqda. Bu tadqiqot nafaqat mеhnat muhofazasi sohasida, balki еkologik nazorat va sanitariya gigiyеna tadbirlarini takomillashtirishda ham muhim ahamiyat kasb еtadi. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan statistik hisobotga asoslangan soʻnggi yillarda sodir boʻlgan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar monitoringi natijalari tahlil asosida ma'lum bir aniq davr davomida yuz bergan baxtsiz hodisalarning umumiy sonining ushbu qarab chiqilayotgan davrda olamdan oʻtish bilan yakunlangan baxtsiz hodisalarning soniga nisbatini ifodalovchi, alohida ahamiyatga ega kasb kasalliklari koʻrsatkichni xalqaro miqyosdagi qiymatlari bilan taqqoslash va uni xaqqoniyligini ta'minlash uchun zarur tavsiyalar ishlab chiqish. Usullari. Dunyoning yetakchi davlatlari miqyosida baxtsiz hodisalarning holati va uni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash maqsadida barcha jarohatlanishlar va qayd qilish, tekshirish, hisobga olish va statistik tahlil usullaridan foydalanilgan. Natijalari. Olib borilgan tadqiqotlar natijalar shuni koʻrsatdiki, Rossiya va Oʻzbekiston miqiyosida ishlab chiqarishda yuz beruvchi jarohatlanishlar boʻyicha statistik ma'lumotlarni ishonarli deb hisoblash mumkin emas, chunki bunda kasb kasalliklari koʻrsatkich qiymati 1 ga intiluvchi tavsifga ega hisoblanadi. Yakuniy holatda qayd qilib oʻtish kerakki, baxtsiz hodisalarning berkitilishi masalasi ancha oldindan mavjud hisoblanadi. Kalit soʻzlar: mehnat muhofazasi, mehnat muhofazasini boshqarish, jamoatchilik nazorati, baxtsiz hodisalar, ijtimoiy sugʻurtalash, jarohatlanishlar Kirish. Mehnat muhofazasi talablarini barcha korxonalarda bajarilishini ta'minlash yuzasidan olib boriladigan nazorat turlari uslubiyati ishlab chiqilgan boʻlib, bunda asosiy e'tibor davlat va ma'muriy jamoatchilik nazorati oʻtkazish uslubiyati va tartibiga urgʻu berilgan. Ma’lumki, mehnat muhofazasi mehnat jarayonida insonning xavfsizligi, sogʻligi va hayoti hamda faoliyatini tiklashga qaratilgan tadbirlar (huquqiy, https://scientific-jl.com 1 8 47-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigienik, davolash profilaktika, reabilitasiya) tizimi va vositalaridan iborat boʻlib, ularni amalga oshirishda inson uch qiyofada ishtirok etadi. Mehnat muhofazasida inson ishtiroki Insonlar himoya ob’ekti, insonlar xavf manbai va insonlar himoyani tashkil etishni boshqaradi. Ya’ni insonlar jamoasi yoki har bir insonni oʻzi mehnat muhofazasi jarayonida uch qiyofada ishtirok etadi. Qaysi qiyofada ishtirok etishidan qat’iy nazar, barchasida insonlar ishtiroki muqarrar sanaladi. Mehnat muhofazasini tashkil etish va boshqarishda muhim boʻgʻin sanalgan nazoratda ham jamoatchilikning ishtiroki, nazorat samaradorligini keskin oshishiga xizmat qiladi. Ma’lumki, mehnat muhofazasini boshqarish elementlar zanjiridan iborat (2-rasm). Mehnat muhofazasini boshqarishda xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan himoya ob'ekti nazorati oʻtkaziladi, nazorat natijalari qonunlar, nizomlar, sanitariya-gigienik talablar, qoidalar, standartlar normalari bilan solishtiriladi, normalardan chetga chiqishlar, qoidabuzarliklar bartaraf etiladi, ya’ni rostlanadi va yana ob’ektni xavfsizlik talablari bajarilayotgani nazorat qilinadi. Ushbu zanjir ish joyi, boʻlim, sex, korxona, tarmoq, vazirlik, soha, davlat tashkilotlarida amalga oshirilishi mumkin. Mehnat muhofazasini boshqarish zanjirining elementlarini eng muhimi nazorat sanaladi. Nazorat Boshqarish Obyekt Solishtirish Rostlash 2-rasm. Boshqarish elementlari zanjiri. Nazorat natijalarini ishonchliligi, birinchidan, ob’ektni xavfsizligi yoki xavflar maydoni ekanligini aniqlash imkonini yaratadi, ikkinchidan, olingan yoki qayd etilgan ma’lumotni, ishdan olingan natijani ishonchli ekanligini koʻrsatadi, uchinchidan, amalga oshirish lozim boʻlgan rostlovchi tadbir qoʻllashini, sifatini, sonini harakatlarini aniq va rasional qabul qilinishini ta'minlaydi. Shuning uchun ishlab chiqilgan jamoatchilik nazorati uslubiyati yoki uni takomillashtirish, ular ishlab https://scientific-jl.com 1 9 47-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi chiqarishdagi baxtsiz hodisalar boʻyicha aniq va haqqoniy hamda yuqori darajada ishonchli ma'lumot olish imkonini ta’minlashga xizmat qilishi kerak. Usullari. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi tomonidan soʻnggi yillarda, statistik hisobotga asoslangan, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar monitoringi natijalari tahlil qilindi. Bunda asosiy e’tibor monitoring natijalari jamoatchilik nazoratini zamon va rivojla

Доказательный фрагмент

«Zamonaviy sanoat tarmoqlarida еkologik xavfsizlik va mеhnat muhofazasi muammolari jahon miqyosida muhim yo‘nalishlardan biri sifatida qaralmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Zamonaviy sanoat tarmoqlarida еkologik xavfsizlik va mеhnat muhofazasi muammolari jahon miqyosida muhim yo‘nalishlardan biri sifatida qaralmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jamoatchilik nazorati, ijtimoiy sugʻurtalash, jarohatlanishlar, baxtsiz hodisalar, mehnat muhofazasini boshqarish, Kalit soʻzlar: mehnat muhofazasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники