К содержанию
РецензированоRU2026

MANTIQIY OPERATSIYALAR VA SHARTLI IFODALARDAN FOYDALANISH

Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich · Abduvahobova Ozoda Begali qizi

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

В данной теме рассматривается использование логических операций (and, or, not) и условных выражений (if, elif, else) в языке программирования Python. Объясняется, как с помощью этих конструкций управлять потоком выполнения программы и принимать решения на основе условий. Приводятся практические примеры обработки пользовательского ввода и реализации различных сценариев поведения программы. Ключевые слова: Python, логические операторы, and, or, not, if, elif, else, условные выражения, принятие решений, поток выполнения. Kirish. Zamonaviy dasturlash tillari, algoritmlar va mantiqiy muammolarni yechishda mantiqiy operatsiyalar va shartli ifodalar muhim o‘rin egallaydi. Ular kompyuterga qaror qabul qilish, turli holatlarni tekshirish, shartli natijalarni chiqarish imkonini beradi. Ushbu maqolada mantiqiy operatsiyalar va shartli ifodalarning mohiyati, turlari va ular yordamida masalalarni qanday yechish mumkinligi haqida https://scientific-jl.com 6 8 47-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi ma’lumot beriladi. Har qanday dasturiy ta’minot foydalanuvchining harakatlariga yoki tizim holatiga qarab turli yo‘nalishda ishlashi mumkin. Masalan, foydalanuvchi yoshini kiritganda, tizim “voyaga yetgan” yoki “voyaga yetmagan” deb chiqarishi kerak bo‘ladi. Bunday shartli qarorlarni dasturda amalga oshirish uchun mantiqiy operatsiyalar va shartli ifodalar ishlatiladi. Mantiqiy operatsiyalar — berilgan hadlari va natijasi mulohaza (fikr) dan iborat amallar. Berilgan hadlar soniga qarab mantiqiy amallar bir oʻrinli, ikki oʻrinli va h.k. deb yuritiladi. Bir oʻrinli mantiqiy amallar soni toʻrtta: berilgan fikrdan qatʼi nazar natijasi doim chin (aynan haqiqat) amal, natijasi doim yolgʻon (aynan yolgʻon) amal, natijasi berilgan fikr bilan mos tushadigan amal va nihoyat, berilgan fikr chin boʻlsa, natijasi yolgʻon, berilgan fikr yolgʻon boʻlsa, natijasi chin boʻladigan amal. Soʻnggi mantiqiy amal bir oʻrinli mantiqiy amallardan eng muhimi boʻlib, u inkor amal deyiladi. A fikrning inkori ~hA kabi belgilanib, "A emas" deb oʻqiladi. Mas, 1 Oy sayyora — "Oy sayyora emas", ( 2*2=4) — ikki karra ikki toʻrt emas. Ikkilik kodda yozilgan mashina soʻzlari ustida Mantiqiy amallar mos razryadlar boʻyicha bajarilib, i oʻrniga 1, l oʻrniga 0 olinadi, matn shakliga aylantiriladi va maʼlumot koʻrinishida chiqish qurilmasiga beriladi. Mantiq-informatsion mashina tez ishlashi, "xotira" hajmining kattaligi bilan oddiy hisoblash mashinalaridan farq qiladi. Mantiq- informatsion mashina ilmiy tadqiqot natijalarini ishlash, adabiyot topishni avtomatlashtirish, sanoat, qishloq xoʻjaligi va transportga oid statistik maʼlumotlarni, davolash muassasalarida bemorlarni kuzatishdan olingan natijalarni, meteorologik, seysmologik stansiyalardan, Yer sunʼiy yoʻldoshlaridan olingan maʼlumotni ishlash va tarjima ishlarida qoʻllaniladi. Protsessor tarkibidagi arifmetik-mantiqiy qurilmaning ishlash prinsipini tushunish uchun avval insonning mantiqiy fikrlash va xulosa chiqarish usullarini ko’rib chiqamiz. Insonlar kundalik hayotda o’zaro muloqot qilish uchun turli mulohazalardan foydalanishadi. Ma’lumki, mulohaza – narsa yoki hodisalarning xususiyatini anglatuvchi darak gapdir. Boshqacha aytganda, mulohaza – rost yoki yolg’onligi haqida so’z yuritish mumkin bo’lgan darak gap. Mulohazalar sodda va murakkab boʻlishi mumkin. Biror shart yoki usul bilan bogʻlanmagan hamda faqat bir holatni ifodalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi. Sodda mulohazalar ustida amallar bajarib, murakkab mulohazalarni hosil qilish mumkin. Odatda murakkab mulohazalar sodda mulohazalardan “ VA ”, “ YОKI ” kabi bogʻlovchilar, “ EMAS ” shaklidagi koʻmakchilar yordamida tuziladi. Mulohazalarni lotin alifbosi harflari bilan belgilash (masalan, A= “Bugun havo issiq”) qabul qilingan. Har bir mulohaza faqat ikkita: “rost” yoki “yolgʻon” mantiqiy qiymatga ega boʻlishi mumkin. Qulaylik uchun “rost” qiymatni 1 raqami bilan, “yolgʻon” qiymatni esa 0 raqami bilan belgilab olamiz. A va B sodda mulohazalar bir paytda rost boʻlgandagina rost boʻladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish https://scientific-jl.com 6 9 47-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi amali mantiqiy koʻpaytirish amali deb ataladi. Bu amalni konyunksiya (lotincha: conjunctio– bog’layman) deb ham atashadi. Mantiqiy koʻpaytirish amali ikki yoki undan ortiq sodda mulohazalarni “VA” bogʻlovchisi bilan bogʻlaydi hamda “A va B” , “A and B” , “A Λ B” , “A·B” kabi koʻrinishda yoziladi. Mantiqiy koʻpaytirishni ifodalaydigan quyidagi jadval rostlik jadvali deb ataladi: A va B mulohazalarning kamida bittasi rost boʻlganda rost boʻladigan yangi murakkab mulohazani hosil qilish amali mantiqiy qoʻshish amali deb ataladi. Bu amalni dizyunksiya (lotincha: disjunctio – ajrataman) deb ham atashadi Mantiqiy qoʻshish amali ikki yoki undan ortiq sodda mulohazalarni “YOKI” bogʻlovchisi bilan bogʻlaydi hamda va “A yoki B”, “A or B” , “A V B”, “A + B” kabi koʻrinishlar

Доказательный фрагмент

«В данной теме рассматривается использование логических операций (and, or, not) и условных выражений (if, elif, else) в языке программирования Python.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной теме рассматривается использование логических операций (and, or, not) и условных выражений (if, elif, else) в языке программирования Python. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Python, logical operators, and, not, elif, else, conditional, or, kod oqimi., if, shartli ifodalar, qaror qabul qilish, mantiqiy operatorlar, Kalit so‘zlar: Python
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники