К содержанию
РецензированоUZ2026

INGLIZ TILINI O’RGANISHDA TINGLAB TUSHUNISH (LISTENING)NING AHAMIYATI VA UNI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI

Toshpo’latova Mubinaxon Maqsudjon qizi

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz tilini o’rganishda tinglab tushunish ko’nikmasining ahamiyati xususida so’z boradi. Kuchli tinglash ko’nikmalari hayotiy muloqotga tayyorgarlik kabi jihatlarga ijobiy ta’sir ko’rsatishi va uni rivojlantirish yo’llari ta’kidlanadi. Kalit so’zlar: ingliz tili, ko’nikma, tinglab tushunish, axborot, podkastlar, shadowing texnikasi. Annotation:This article discusses the importance of listening skills in learning English. It highlights how strong listening abilities can positively impact aspects such as preparing for real-life communication and emphasizes ways to develop this skill. Keywords: English language, skill, listening, information, podcasts, shadowing technique. Ingliz tilini o’rganishda tinglab tushunish (listening) muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ko’nikma faqatgina tilni tushunishga emas, balki tabiiy so’zlashuvga moslashishga ham yordam beradi. Chunki haqiqiy muloqotni asosan tinglash va tushunish orqali amalga oshirish mumkin. Tinglash orqali o’rganish talabalarni quyidagi jihatlar bo’yicha rivojlantiradi: 1.Real nutqni tushunish – aksentlar, talaffuz va tezlikka moslashish; 2.Suhbat kontekstini tushunish – mavzu va asosiy g’oyalarni ajratib olish; 3.So’z boyligini kengaytirish – yangi so’z va iboralarni tabiiy kontekstdan o’rganish. Tinglab tushunish qobiliyati, shuningdek, grammatik ko’nikmalarni yaxshilashda ham muhim rol o’ynaydi. Talabalar xorijiy til egalarini tinglaganlarida, ular real suhbatlarda keng qo’llaniladigan yangi so’z va iboralarni o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bundan tashqari, turli shevalarni tinglash, ularga o’rganilayotgan tilning xilma-xilligini yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi. Tinglab tushunish ko’nikmasining bir qancha muhim afzalliklarini keltirish mumkin: 1.Talaffuz va urg’uni yaxshilaydi: doimiy ravishda ingliz tilidagi nutqni tinglash orqali so’zlarning to’g’ri talaffuzini, urg’ularini va intonatsiyasini o’rganish mumkin. 2. Eshitilgan axborotni tez tahlil qilishni o’rgatadi: ushbu ko’nikma insonlarni tezroq fikrlash va ma’lumotni tez anglab olishga o’rgatadi. https://scientific-jl.com 3 0 2 47-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi 3.Tushunishni chuqurlashtiradi: o’qib til o’rganishdan ko’ra eshitish orqali o’rganish ham samaraliroq. Chunki eshitish (listening) davomida so’zlar ohang hamda mimika bilan birga keladi. Bu mazmunni chuqurroq tushunishga yordam beradi. Listeningni rivojlantirish uchun ko’plab samarali usullar mavjud: 1.Audiokitob va podkastlar: turli mavzudagi podcast va soddalashtirilgan audiokitoblar kundalik tinglash xususiyatini oshiradi: 2.Filmlar (subtir bilan yoki subtitrsiz): 3.YouTube darslari va suhbatlar. Bulardan tashqari listeningni rivojlantirishda Shadowing texnikasini qo’llash ham foydali. Bunda o’rganuvchilar audio yozuv bilan birga so’zlarni takrorlaydi. Masalan: ingliz tilida gapirayotgan insonning so’zlarini tinglab, xuddi shu ohang va talaffuz bilan qaytarishga harakat qilinadi. Bu usul ma’lumotlarni qayta ishlash uchun juda foydali hisoblanadi. Ingliz tili o’rganuvchilar bilimlarini tez va samaraliroq rivojlantirishi uchun listeningga e’tiborliroq bo’lishlari va yuqoridagi usullardan foydalanishlari lozim. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, tinglab tushunish ingliz tilini o’rganishda, uni his qilishda muhim rol o’ynaydi. U bilan muntazam shug’ullanish bilim ko’nikmalarni yanada oshiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Kulmamatov O. INGLIZ TILINI SAMARALI O ‘RGATISHDA TINGLAB TUSHUNISHNING MUHIM JIHATLARI //Nordic_Press. – 2024. – Т. 3. – №. 0003. 2. Umarxo'jayeva X. AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI (AKT) TA’LIM SOHASI TALABALARIDA INGLIZ TILINI OʻQITISHDA TINGLAB TUSHUNISH KOʻNIKMASINI RIVOJLANTIRISH USULLARI //Farg'ona davlat universiteti. – 2025. – №. 1. – С. 22-22. 3. Isakova, M (2024). Improving Four Language Skills Through Emerging Technologies: A Comprehensive Analysis, NORDIC_Press, 3(0003). 4. Brown, S. Teaching Listening/S. Brown. – Cambridge University Press, 2006. 5. Internet saytlari. https://scientific-jl.com 3 0 3 47-son_2-to’plam_Iyun -2025

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ingliz tilini o’rganishda tinglab tushunish ko’nikmasining ahamiyati xususida so’z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ingliz tilini o’rganishda tinglab tushunish ko’nikmasining ahamiyati xususida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
English language, skill, listening, information, podcasts, shadowing, tinglab tushunish, podkastlar, shadowing texnikasi., axborot, ko’nikma, Kalit so’zlar: ingliz tili
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники