К содержанию
РецензированоUZ2026

HUDUDLARDA HARAKATLANISH UCHUN HAVFLI YO'L BO'LAKLARINI ANIQLASH VA TAVSIYALAR ISHLAB CHIQISH

Mirzayev Abduxannon Abdumannonovich · Olimjonov Xikmatilla Raxmatilla oʻgʻli

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi omillardan biri bo‘lgan harakatlanish uchun xavfli yo‘l uchastkalarini aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari keng yoritilgan. Tadqiqot davomida xavfli yo‘l bo‘laklarini aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy usullar – statistik tahlil, geoinformatsion tizimlar (GIS), sun’iy intellekt algoritmlari, video monitoring tizimlari va jamoatchilik fikrini hisobga olish yondashuvlari tahlil qilindi. Shuningdek, aniqlangan muammolar asosida yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish, axborot texnologiyalarini joriy etish, huquqiy mexanizmlarni mustahkamlash va fuqarolik jamiyati ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqildi. Maqola yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy yechimlar ishlab chiqishda foydali metodik asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: yo‘l harakati xavfsizligi, xavfli yo‘l uchastkasi, YTH, GIS, sun’iy intellekt, statistik tahlil, transport infratuzilmasi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, jadal qadamlar bilan bozor iqtisodiga o‘tib borishi, xususiy mulkchilik, kichik va o‘rta biznesning rivojlanishi fuqarolar moddiy boyliginingi o‘sishiga va naijada nafaqat shaxsiy yengil avtomobillarning, balki shu bilan birga, xususiy yuk avtomobillarini va kichik hajmli avtobuslar sonining ortib ketishiga olib keldi. O‘zbekiston Respublikasi jahonda o‘z avtomobil sanoatiga ega bo‘lgan 28 mamlakatdan biriga aylandi. Ma’lumki, mamlakatni avtomobillashtirish darajasining ortishi, uning iqtisodiy va mudofaa quvvatini mustahkamlash bilan bir vaqtda, ko‘pgina salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunday salbiy oqibatlarga avtomobillar sonining ortishi oqibatida avtomobil yo‘llarida harakat miqdorinng, transport oqimi zichligining va yo‘llarning yuklanganlik darajasining ortishi, yo‘llarda harakatlanish uchun haydovchiga qulaylikning yomonlashishi va oxiroqibatda yo‘l-transport hodisalari (YTH) miqdorining, ularda halok bo‘layotgan va har xil tan jarohatini olayotgan odamlar sonining ortishiga, harakat tezligining kamayib ketishiga va boshqa shunga o‘xshash ko‘pgina salbiy oqibatlarga (shovqin, havodagi chiqindi gazlar konsentratsiyasi) olib keladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda har yili 55 milliondan ortiq YTH sodir https://scientific-jl.com 3 1 4 47-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi etilyapti va ularda 1,4 milliondan ortiq odam halok bo‘lyapti, 10 milliondan ortiq odam esa har xil darajada tan jarohatlarini olyapti. Bulardan ko‘rinib turibdiki, avtomobillashtirish darajasining ortishi harakat xavfsizligi muammosining murakkablashishiga, ayniqsa, haydovchilarni tayyorlashga qo‘yilgan talablarning yanada yuqori bo‘lishiga olib kelar ekan. Zamonaviy jamiyatda transport tizimi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim tayanchi bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, avtomobil transporti aholining harakatlanish erkinligini ta’minlash, yuk tashish va ishlab chiqarish zanjirlarini birlashtirishda asosiy vositaga aylangan. Biroq, transport vositalarining soni ortib borayotgani, shaharlar zichligining oshishi, yo‘l infratuzilmasining ayrim hollarda me’yoriy talab va xavfsizlik standartlariga mos kelmasligi transport harakati xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan e’lon qilingan hisobotlarda har yili dunyo bo‘yicha o‘rtacha 1,35 million inson yo‘l-transport hodisalari (YTH) oqibatida halok bo‘lishi qayd etiladi. Bu — har 24 soniyada bir kishi YTH qurboniga aylanishini anglatadi. Bundan tashqari, har yili 50 milliondan ortiq inson turli darajadagi tan jarohatlari oladi. Bunday fojialarning asosiy sabablari sifatida inson omili, yo‘l sharoitining yomonligi, transport vositalarining texnik holati va belgilangan tezlik rejimlariga amal qilinmaslik kabi omillar ko‘rsatiladi. Ko‘plab mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, YTHlar har doim ham tasodifiy sodir bo‘lmaydi. Aksincha, ular odatda bir joyda, bir xil holatlarda, takror-takror ro‘y beradi. Bu esa bizga ayrim yo‘l uchastkalarining "xavfli bo‘lak" sifatida shakllanganini ko‘rsatadi. Statistik ma’lumotlar tahliliga ko‘ra, ayrim shahar yo‘llarining atigi 10-15 foizi barcha YTHlarning 60-70 foiziga sabab bo‘ladi. Demak, harakatlanish uchun xavfli yo‘l bo‘laklarini aniqlash va ular bo‘yicha kompleks tavsiyalar ishlab chiqish yo‘l harakati xavfsizligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasida ham oxirgi yillarda transport vositalarining soni keskin oshdi. 2023 yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatda avtomobil transporti soni 4,5 milliondan oshdi, bu esa harakat zichligini bir necha barobarga orttirdi. Aholi zich yashaydigan shaharlarda — xususan, Toshkent, Samarqand, Andijon, Farg‘ona kabi hududlarda YTHlar soni yil sayin ko‘paymoqda. Shuningdek, harakat xavfsizligini monitoring qilish tizimining yetarlicha rivojlanmaganligi, sun’iy intellekt asosidagi real vaqtd

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi omillardan biri bo‘lgan harakatlanish uchun xavfli yo‘l uchastkalarini aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari keng yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi omillardan biri bo‘lgan harakatlanish uchun xavfli yo‘l uchastkalarini aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari keng yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
statistik tahlil, transport infratuzilmasi., YTH, Kalit so‘zlar: yo‘l harakati xavfsizligi, xavfli yo‘l uchastkasi, sun’iy intellekt, GIS
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники