Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING AQLIY SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDA MENTAL ARIFMETIKANING O'RNI
Ashurova Sojida Abduamad qizi
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
In this article, the mental process of children's free thinking It is discussed how important arithmetic is and how rapidly this field is developing on a global scale, and it is emphasized that mental arithmetic is the main factor in bringing out the unique abilities of children. Kalit so'zlar: mental arifmetika, abakus, kreativlik, integratsiya, metod, iste'dod, erkin fikrlash Kirish. Jadallik bilan rivojlanyotgan hozirgi zamonda ilm-fan asosiy soha bo'lib ulgurdi. Fan-texnika yangiliklaridan xabardor bo'lgan holda ta'limning mental arifmetika sohasiga o'z e'tiborimizni qaratamiz. Bugungi globallashuv davrida yoshlarning teran fikrlashi, o'z qobiliyatini namoyish etishiga alohida e'tibor berilmoqda. Bilamizki, jamiyatda o'z qarashlarini ifodalashi uchun har bir inson shaxsiy fikri, tasavvuriga ega bo'lishi lozim. Bizga esa aynan dunyoqarashini erkin ifoda etoladigan, o'z g'oyalari bilan taraqqiyotga munosib hissa qo'sholadigan yoshlar https://scientific-jl.com 2 5 7 47-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi kerak. Bu kabi fazilatlarni shakllantirish uchun biz yoshlarimizning ta'lim-tarbiyasiga alohida e'tibor qaratishimiz shart. Zero, 1-Prezidentimiz aytganlaridek "Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e'tibor berilmasa, kelajak boy beriladi ." [1] Bolalarning vaqtini to'g'ri taqsimlash jarayonida turli xil innovatsion texnologiyalardan foydalanish ularda ijobiy qobiliyatlarning yuzaga chiqishiga xizmat qiladi. Ana shunday hislatlarni shakllantirish uchun aqliy rivojlanish sohasi bo'lmish mental arifmetikadan foydalanish yaxshi samara beradi.Uning rivojlaninsh tarixi haqida manbalarda "Yurtimizga mental arifmetika 2016-yildan boshlab kirib keldi va birinchi musobaqada 200 nafar bola ishtirok etgan. Ushbu zamonaviy dasturning asoschisi turk o'qituvchisi Halit Shindr hisoblanadi. ALOHA( Abakus learning of higher arithmetic) mental arifmetika- bu yuqori sifatli dastur bo'lib matematik amalni miyada kalkulyatordan ham tezroq hisoblashni o'rgatadi. Mental arifmetikani o'rganishning asosiy vositasi bu abakus bo'lib, uni xitoyliklar - suanpan, yaponiyaliklar-soraban hamda rossiyaliklar cho't deyishadi. "Abakus" yunoncha- hisob taxtasi degan ma'noni anglatadi. XVI asrning oxiri XVII asrning boshlarida Bobilda ixtiro qilingan va keyinchalik Xitoyga kirib kelgan"-deyiladi.[2] Ma'lum vaqt o'tgach abakus jamiyatda o'z o'rnini yo'qotdi, hozirgi kunda mental arifmetika rivojlangan mamlakatlarda u asosiy ish quroli bo'lib xizmat qilmoqda. Mental arifmetika sohasini yanada takomillashtirish, barcha davlatlarga tatbiq etish jamiyat rivojlanishidagi asosiy omil hisoblanadi. A. Qisim. Kompyuter texnologiyalari rivojlangan davrda inson aqliy salohiyati kompyuterdan ham ildamlab ketdi. Buni biz aynan hozirgi davrda tez sur'atlar bilan rivojlanyotgan mental arifmetikasi misolida ko'rishimiz mumkin. Inson o'zi yaratgan vositaga bosh egmasligi, balki uni boshqara olish salohiyatiga ega ekanligini isbotladi. Bu borada personal kompyuterlar bilan tenglasha oladigan iqtidorli yoshlarimiz talayginani tashkil etadi. "Mental arifmetika fan sifatida hozirgi kunda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatida targ'ib qilinmoqda. Ushbu sohaning Vatani Yaponiya hisoblanadi, lekin undan ancha vaqt oldin bu metodika Xitoyda paydo bo'lgan. Keng miqyosda ,asosan, Yaponiyada rivojlangan. Hozirgi kunda Osiyo mamlakatlari:Koreya, Yaponiya va Xitoyda mazkur soha alohida fan sifatida maktab dasturlaridan o'rin olgan, ya'ni majburiy fanlar qatoriga mental arifmetika ham kiritilgan."[3] Keyinchalik bu soha rivojlangan mamlakatlarning davlat dasturiga aylandi. O'zbekiston ham ushbu faoliyat bilan shug'ullanib kelmoqda. Mental arifmetikasi qisqa hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan birga murakkab masalalarni ham soniyalarda yechish imkonini beradi. Bu metoddan foydalanib bolalar murakkab misollarni ham qiyinchiliklarsiz bajarish imkoniyatiga ega bo'lishdi . Buni quyidagi misolda ko'rishimiz mumkin https://scientific-jl.com 2 5 8 47-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Shu ko'rinishda berilgan misollarni farzandingiz hech qiynalmasdan , soniyalarda bajarishi siz uchun qanchalik qiziqarli? Bu jarayonda siz sonlarni ketma-ketlikda aytib borasiz farzandingiz esa mental arifmetikadan foydalanib ushbu javobni kalkulyatordan ham tez hisoblaydi. Mana shunday xorijiy texnologiyalardan foydalanish ta'lim tizimida ko'plab muvaffaqiyatga erishishimizga yordam beradi. Agar mental arifmetikadan foydalanmasdan 52+64-47+89-23 shu kabi misollarni bajarishsa, bu usul ko'pchilik o'quvchilarga qiyinchilik tug'diradi va vaqt unumi pasayadi. Shu bois ham ta'limda mental arifmetikadan foydalanish ko'plab mamlakatlarda targ'ib qilinmoqda. Mental arifmetika aynan o'quvchilarni o'ziga jalb eta oladigan aqliy faoliyat turidir. Qisqa muddatda o'zlashtiriladigaan hamda o'quvchilarni rag’batlantira oladigan faoliyat bo'lganligi uchun ham unga qiziqish yuqori. Muntazam shug'ullanish jarayonida b
Доказательный фрагмент
«In this article, the mental process of children's free thinking It is discussed how important arithmetic is and how rapidly this field is developing on a global scale, and it is emphasized that mental arithmetic is th…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the mental process of children's free thinking It is discussed how important arithmetic is and how rapidly this field is developing on a global scale, and it is emphasized that mental arithmetic is th… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mental arifmetika, abakus, kreativlik, integratsiya, metod, Kalit so'zlar: mental arifmetika, iste'dod, erkin fikrlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014