Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ARAB XALIFALIGI DAVRIDA MOVAROUNNAHRDA IJTIMOIY- IQTISODIY VA MADANIY HAYOT
Bektoshev G’iyosiddin Saxriddin o’g’li
Образовательные инновации и интеграция · 2025
Аннотация
В данной статье анализируется развитие культурной жизни в регионе Мавераннахр в период Арабского халифата. В частности, рассматриваются проникновение ислама и арабской культуры, достижения в https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 252 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 науке, литературе и архитектуре, деятельность медресе и библиотек, а также их интеграция с местными научными традициями. Кроме того, изучается научное наследие выдающихся ученых и мыслителей этого периода. На основе исторических источников и исследований в статье исследуется влияние политики халифата на культурное развитие Мавераннахра. Ключевые слова: Арабский халифат, Мавераннахр, культурная жизнь, ислам, наука, литература, архитектура, медресе, библиотеки, научное наследие. Kirish: Movarounnahr hududi qadimdan turli sivilizatsiyalar chorrahasi bo‘lib, boy madaniy merosi va ilm-fani bilan mashhur bo‘lgan. VII asrning ikkinchi yarmida Arab xalifaligi tomonidan ushbu hududning zabt etilishi mintaqada yangi davrning boshlanishiga sabab bo‘ldi. Islom dini tarqalishi bilan birga, arab tili ilm-fan va adabiyot tili sifatida keng qo‘llanila boshladi.Arab xalifaligining hukmronligi Movarounnahrning madaniy taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Hududdagi mahalliy ilmiy va madaniy an’analar islom sivilizatsiyasi bilan uyg‘unlashib, yangi ilmiy markazlarning shakllanishiga turtki berdi. Bu jarayonda madrasalar, kutubxonalar va ilmiy akademiyalar tashkil etilib, matematika, astronomiya, tibbiyot va falsafa kabi sohalarda yirik olimlar yetishib chiqdi.Ushbu maqolada Arab xalifaligi davrida Movarounnahrda madaniy hayotning rivojlanish jarayonlari, islom madaniyatining ta’siri, ilm-fan va me’morchilik sohalaridagi o‘zgarishlar hamda ushbu davrda yetishib chiqqan mashhur mutafakkirlarning ilmiy merosi tahlil qilinadi. Adabiyotlar tahlili va metodologiya: Maqolada Movarounnahrning arab xalifaligi tarkibida bo‘lgan davrida madaniy hayot va islom sivilizatsiyasining rivojlanishini o‘rganishda A. Sagdullayevning "O‘zbekiston tarixi I-qism" asaridan, A. Asqarovning "O‘zbekiston tarixi I-jild" kitobidan, B. Eshovning "O‘zbekistonda davlatchilik va boshqaruvi tarixi" va "O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi" asarlaridan hamda A. Ziyoning "O‘zbek davlatchiligi tarixi" kitobidan foydalanildi. Ushbu manbalar Movarounnahrda arab istilosi natijasida ro‘y bergan o‘zgarishlar, ilm-fan va din arboblarining faoliyati, mahalliy boshqaruv tizimi, islomiy huquqiy normalarning joriy etilishi va diniy ta’lim tizimi haqida qimmatli https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 253 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqot davomida tarixiy-tahliliy, solishtirma tahlil, manbashunoslik va mintaqaviy yondashuv kabi ilmiy usullar qo‘llanilib, Movarounnahrda islom ilmlarining yoyilishi, hadis va fiqh maktablarining tashkil topishi, mahalliy olimlarning islom tafakkuriga qo‘shgan hissasi ilmiy asosda tahlil qilindi. Muhokama va natijalar: VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Turon o‘lkasidagi mahalliy turkiy, xorazmiy, sug‘diy, boxtariy tillar va yozuvlar o‘rnini mahkama ishlarida arab tili hamda arab yozuvi egallay boshladi. Arablar va islom dini ta’sirida mahalliy musulmonlar orasida islomiy ismlar odatiy tus ola boshladi. Shu bilan birga, o‘zlari tug‘ilgan yurtni nisba sifatida ko‘rsatish ham e’tibordan chetda qolmadi.Arab istilosidan keyin Turonning ko‘pchilik aholisi asta-sekin islomni qabul qila boshladi, ammo g‘ayridinlardan jon boshiga olinadigan jizya solig‘i yig‘ib berishda davom etdi. Islom dini ta’limotlarini yoyish maqsadida Xuroson voliysi Ashras ibn Abdulla 728 yilda o‘lkaga asli kelib chiqishi arab bo‘lmagan xurosonlik Abu Saydo boshchiligida targ‘ibot guruhini yubordi. Ashras ularga: "Dinga yangi kirganlardan jizya olinmaydi", deb va’da berdi. Abu Saydoning Turondagi targ‘ibotlari muvaffaqiyat qozonib, odamlar birin-ketin islomni qabul qila boshladilar. Vaqt o‘tgan sayin esa ajdodlarimiz islom ta’limoti asoslarini yaratish va rivojlantirishda butun musulmon olamida peshqadamga aylana bordilar.Chunonchi, VIII asrning ikkinchi yarmi – IX asrning boshlarida hadis ilmining ilk vakillari sifatida Abu Muqotil Hafs Samarqandiy, uning shogirdi Abu Bakr Ahmad, ikki o‘g‘li Salm ibn Hafs va Umar ibn Hafs nomlari tilga olinadi.[1]Ba’zi muhaddislar Samarqandga kelib, doimiy yashab qolganlar va shu shaharda o‘z maktablariga asos solganlar. Jumladan, Abu Imron Muso Xo‘jandiy adib, hakim, muhaddis sifatida shuhrat qozongan.IX–X asrlarda Ishtixon shahrida Ahmad ibn Hishom Navkadakiy hamda Dovud ibn Amr Rustug‘faniy hadis maktablari, Niso shahrida Ahmad ibn Shuayb Nisoiy maktabi, Xo‘jandda esa Yahyo ibn Fazl Xo‘jandiy maktabi mavjud bo‘lgan.IX asrda yashagan shoshlik muhaddislar Imom Buxoriy va Ja’far ibn Muhammad Foryobiyning ustozi Abdulla ibn Abu Aroba Shoshiy, Abu Valid Tayolisiy, Abu Muso Horun Shoshiy, uning jiyani Abu Ali Fazlga ht
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируется развитие культурной жизни в регионе Мавераннахр в период Арабского халифата.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируется развитие культурной жизни в регионе Мавераннахр в период Арабского халифата. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Arab Caliphate, Mavarannahr, cultural life, Islam, science, literature, islom, kutubxonalar, adabiyot, Kalit so‘zlar: Arab xalifaligi, ilmiy meros, madaniy hayot, ilm-fan, madrasalar, Movarounnahr, me’morchilik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024