К содержанию
РецензированоUZ2026

ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA TURLI QIZIQARLI O'YINLARDAN SAMARALI FOYDALANISH

O'YINLARDAN SAMARALI FOYDALANISH · Nuriddinova Yulduzxon Xasanboyevna

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqola ona tili va adabiyot fanining komil inson tarbiyasidagi ahamiyati va ona tili va adabiyot darslarida tashkil etilishi mumkin bo'lgan turli qiziqarli o'yinlarga bag'ishlangan. Kalit so'zlar: tarbiya, ma'naviyat, mehnat, ilmiy yangiliklar, o'yinlar. Ma'lumki, bugungi kunda "Ta'lim to'g'risida»gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"da ilgari surilgan masalalar jadal sur'atda umumta'lim maktablarida muvaffaqiyat bilan amalga oshirilmoqda. Qonun talablariga muvofiq ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish shu kunning talabi bo'lib qoldi. Bu maqsadni amalga oshirish o'qituvchidan izlanishni, ijodkorlikni, o'z ustida tinmay ishlashni talab qiladi. Hozirgi o'quv jarayonida odatdagi dars usullaridan tashqari yangi texnologiya asosida noan'anaviy darslarni tashkil qilish rivojlanib bormoqda. O'quvchilarda ta'lim olishga bo'lgan ijobiy intilish va ehtiyojni shakllantirish, o'zaro bellashuv elementlarini joriy etish hamda o'quvchilarda muntazam ravishda o'qishga qiziqish uyg'otish maqsadida yangi zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini izlashda ijobiy faollikni oshirish zarur bo'lib qoldi. Ta'lim rivojining buguni va istiqboli bugun sinfda dars berayotgan o'qituvchiga ko'p jihatdan bog'liq. Zero, o'qituvchi maktabda asosiy figura hisoblanar ekan, u o'ziga bildirilgan ishonch, yosh avlod tarbiyasidek murakkab, mas'uliyatli vazifani sidqidildan bajarmog'i zarur. O'qish sifatini yanada oshirish davr talabi bo'lib qolgan shu kunlarda darslarni noan'anaviy usulda olib borish keng yo'lga qo'yilgan. Ta'lim jarayonini yangi mazmun va shaklda yo'lga qo'yish masalasi, eng avvalo, ona tili ta'limiga taalluqlidir. O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov: "Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u ma'naviyat belgisi sifatida kishilarni yanada yaqin jipslashtiradi... Ma'naviyatni mustahkamlash uchun mablag'ni ayash o'z kelajagiga bolta urish demakdir" , - deb aytgan edi. Ta'lim mazmunining asosini dars tashkil etadi. Dars orqali ilmiy yangiliklar va axloqiy tarbiya o'quvchilarga yetkaziladi. Bugungi kunda darslarimizni zamonaviy ruhda tashkil etib, noan'anaviy usullardan foydalanmay, har bir darsni san'at darajasiga ko'tarmay turib, belgilangan natijaga, ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmaydi. https://scientific-jl.com 3 47-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi O'zbek xalqi yoshlarini har tomonlama barkamol inson etib tarbiyalash, yangi zamon kishisini shakllantirish hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Sir emaski, yosh avlodni to'g'ri tarbiyalash va yuksak fazilatli insonni voyaga yetkazish juda murakkab va mashaqqatli ishdir. shuning uchun mas'uliyatli masalaga har bir davrda zamonananing ilg'or shaxslari mas'uliyat bilan yondashganlar va ta'lim- tarbiyaning qulay usullarini qidirganlar. XV asrning mashhur mutafakkiri Davoniy kishi xususiyatlari ikki xil: biri tug'ma, ikkinchisi hayot jarayonida paydo bo'ladigan xususiyatlar deb ajratadi va tug'ma xususiyatlarni tan olgan holda hayot jarayonida paydo bo'ladigan xususiyatlarni inson kamoloti uchun eng muhim omil deb hisoblaydi. Shu bilan birga yetuk inson bo'lish uchun har bir shaxs o'zida quyidagi hislatlarni tarbiyalash lozimligni aytib o'tgan edi. 1. Zukkolik 2. Fahm tezligi 3. Zehn o'tkirligi 4. Bilimni tez egallash qobiliyati 5. Qo'yilgan muammoni tez anglash 6. Esda saqlash qobiliyati 7. Xotira Shunday qilib, Davoniy haqiqiy baxt-saodatga erishaman degan inson yuqoridagi fazilatlarni egallashga intilishi zarur deb hisoblaydi. Keltirilgan xususiyatlarni shakllantirish va rivojlantirish inson tafakkurining o'sishiga olib keladigan omillardandir. Lekin bu narsa o'z-o'zidan bo'lavermaydi. Buning uchun tinimsiz mehnat, mashqlar zarur. mashhur Amerika fizigi T.Edison buyuk inson bo'lishga bir foiz talant va 99 foiz mehnat zarurligini ta'kidlagan edi. Yuqoridagilardan xulosa qilib, shuni aytmoqchimizki, darslarni noan'anaviy usulda tashkil etish, darslarning turli bosqichlarida o'yinlardan foydalanib, o'quvchilarning tafakkurini o'stirish zarur. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining ona tili darslarida quyidagi o'yinlardan foydalanish o'quvchilarni yanada faollikka chaqirishi shubhasiz. "Fonetika" bo'limida: 1." Tushirilgan harfni qo'ying" o'yini Bu o'yin o'quvchilarga o'tilgan mavzuni o'zlashtirish hamda savodxonligini oshirishda yaqindan yordam beradi. Masalan: X yoki H Mu...tor, A...mad yoki b yo p kito..., makta... va shu kabi. 2. "Harf jildirish" o'yini https://scientific-jl.com 4 47-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Ushbu o'yin o'quvchilarning fikrlash doirasini o'stiradi va so'z boyligini kengaytiradi. Masalan: 5 ta 5 harfli so'z yoziladi. 1-so'zda a harfi 1-o'rinda, 2-so'zda 2-o'rinda va shu kabi. aholi - bahor - arava - lug'at - piyola 3. "Kim tez?" o'yini Bu o'yindan alfavit mavzusini o'tganda foydalanish mumkin. O'quvchilar guruhlarga bo'linadi hamda kim tez alfavit tartibida so'zlar yoza oladi deb mashq berish mumkin

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola ona tili va adabiyot fanining komil inson tarbiyasidagi ahamiyati va ona tili va adabiyot darslarida tashkil etilishi mumkin bo'lgan turli qiziqarli o'yinlarga bag'ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola ona tili va adabiyot fanining komil inson tarbiyasidagi ahamiyati va ona tili va adabiyot darslarida tashkil etilishi mumkin bo'lgan turli qiziqarli o'yinlarga bag'ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarbiya, ma'naviyat, mehnat, ilmiy yangiliklar, o'yinlar, o'yinlar., Kalit so'zlar: tarbiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники