Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XORAZM XONLIGINING DAVLAT BOSHQARUVI VA SUD TIZIMI
Fayzullajonova Ruhshona
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
This article provides a detailed overview of the state administration and judicial system of the Khiva Khanate. It highlights the political structure, governing bodies, their authorities, as well as the formation and functioning of the judicial system within the khanate. Keywords: qolkhan, khan, tora, inoq, mehtar, qushbegi, ataliq, biy, mirza, parvonachi, a’lam, mufti, mudarris. Boshqa xonliklarda bo‘lgani singari Xorazm xonligida ham davlat boshqaruvi va sud tizimi o‘ziga xos bo‘lgan. XVI asr Xorazmda davlat boshqaruvi va hududiy- ma’muriy qurulmasi an’anaviy jihatlarga ega edi. Shu bilan birga davlat boshqaruvida ko‘chmanchi dasht tartib-qoidalari bilan mahalliy o‘troq davlatchilik an’analarining qorishuvi yuz bergan. Unga ko‘ra, oliy hukmdor hisoblangan xon hokimiyati vorisiylik asosida Chingiziy sultonlarga o‘tar edi. Urug‘ning kattasi uning boshlig‘i hisoblangan. Hukmdor vafot etishi bilan taxtni uning o‘g‘li emas, balki undan keyingi ukasi, faqat akalari bo‘lmagan taqdirdagina xonning katta o‘g‘li egallagan. Elbarsxondan so‘ng ukasi Bilbarsning o‘g‘li Sulton hoji, So‘fiyonxondan so‘ng ukasi Bo‘chg‘axonning taxtga o‘tirishi bunga misoldir. Shu bilan birga, oliy hukmdor hayotlik vaqtida valiahd, ya’ni taxt vorisini tayinlab qo‘yish hamda xorazmshohlarning davlatchilik an’nalarida mavjud bo‘lgan ko‘pgina mansab va lavozimlar, ularning vakolatlari ma’lum darajada o‘z ahamiyatini saqlab qolgan[1]. Taxt vorisi qolxon (kolxon) deb, xonadonning boshqa a’zolari sulton deb atalgan. “Musaxxir al-hilod”da shayboniylar davrida o‘rnatilgan boshqaruv tartibi haqida ma’lumot berilar ekan, yosh jihatdan hammadan ulug‘ bo‘lganini xon atab xonlik mansabiga ko‘tarishgani hamda yosh jihatdan boshqalardan katta hisoblangan sulton qone’a, ya’ni valiahd etib tayinlangani ko‘rsatib o‘tilgan. Xorazmda qo‘g‘irotlar hukmronligi davriga kelib manbalarda yosh https://scientific-jl.com 2 8 47-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi shahzodalarga nisbatan to‘ra unvoni qo‘llangan. Xorazm xonligida bo‘lgan Eron qo‘mondoni Ismoil Mirnanja ham o‘z “Xotiralari”da (XIX asr) turkistonliklar o‘z podshohlarini xon, shahzodani to‘ra, agar u valiahd bo‘lsa, inoq deb atashlarini ko‘rsatib o‘tgan. Sayyohlarning yozishicha, turkistonliklar o‘z podshohlarini “xon”, shahzodani “to‘ra”, agar u valiahd bo‘lsa “inoq” deb ataydilar. Xon xizmatidagi eng mo‘tabar shaxslarga “inoq” valiahd, mehtar, qushbegi va devonbegi kiradi. Nigora Allayevaning ta’kidlashicha, taxt vorisini tayinlashda istisno holatlar ham bo‘lgan. Bunda taxt vorisining yoshidan tashqari uning boshqaruv qobiliyati, shuningdek, ma’naviy va ruhiy-jismoniy holati hamda harbiy shijoatiga alohida e’tibor berilgan. Xususan, Dinmuhammad ibn Avaneshxonning ikki o‘g‘li bo‘lib, Poyanda Muharumad yosh jihatdan katta bo‘lishiga qaramay, kichik o‘g‘li Abul Muhammad otasi hayotligidayoq qolxon (kolxon) deb e’lon qilingan edi[2]. Manbadagi ma’lumotlar to‘ngich o‘g‘ilning aqliy noqisligi, jismoniy zaifligi tufayli shariat hukmi bilan ana shunday istisnoga sabab bo‘lganligini ko‘rsatadi. Qo‘ng‘irotlar sulolasi davrida valiahdlik maqomi inoq unvoni bilan hamohang bo‘lib bordi. Xususan, Xorazm xonligida Hazorasp hokimi sulola vakili bo‘lgan hamda u inoq deb yuritilgan. Mazkur inoq valiahd maqomida bo‘lgan. Yozilmagan qoidaga ko‘ra, strategik (chegaraoldi) jihatdan muhim ahamiyat kasb etuvchi bu shahar hokimligiga, odatda, xon o‘rnini kelajakda egallashi mumkin bo‘lgan kishi tayinlangan (Buxoro xonligida so‘nggi ashtarxoniylar kukmronligi davrida Balx mana shunday maqomga ega shahar edi). Xon xonadonining boshqaruv ishiga layoqatli vakillariga turli viloyat va shahar yoki ma’lum bir hududiy birlik mulk qilib berilgan. Shu asosda XVI asr boshida mamlakatni mayda uluslarga bo‘lib boshqarish, ya’ni tarixoshunoslikda “apanaj”, “ulus” yoki “udel” tizimi deb atalgan davlat boshqaruvi joriy etilgan. Xususan, Elbarsxon va inisi Bilbars sulton Vazir va Urganchni qo‘lga kiritgach, Yodgorxon xonadoniga mansub amakivachchalarini huzurlariga taklif qilib, Urganchni amakisi Amnakxonning farzandlariga topshirishgan. Urganch, Kat, Vazir, Yangi Shahar, Tirsak, Xiva, Hazorasp va unga tutash hududlar hukmron sulola vakillarining mulki hisoblangan. Xonning qarindoshlari katta-kichikligi va unga uzoq yoki yaqinligiga qarab ayrim shahar hamda viloyatlarni boshqarish huquqini olganlar. Qarindoshlar kam bo‘lsa, ularning har biriga bir nechta shahar tekkan, agar qarindoshlar ko‘payib ketsa, daromadiga qarab shaharning yarmini olishga ham majbur bo‘lganlar. Jumladan, Xiva shahri XVI asr ikkinchi yarmi boshlarida Po‘lod sulton va Temur sultonning mulki bo‘lgan. Xonga yaqin qarindoshlar iqtisodiy va strategik jihatdan muhimroq hududlarni qo‘lga kiritganlar. Albatta, xonlarning almashinib turishi bilan turli hududlarga egalik qilish huquqi ham o‘zgarib turgan. XVIII asrda Xorazmda muayyan bir sulola hukmron emas edi. Chingiziylar sulolasiga mansub ba’zi shaxslar Xivaga chaqirilib xonlik taxtiga
Доказательный фрагмент
«This article provides a detailed overview of the state administration and judicial system of the Khiva Khanate.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides a detailed overview of the state administration and judicial system of the Khiva Khanate. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qolkhan, khan, tora, inoq, mehtar, qushbegi, ataliq, biy, mirza, xon, muftiy, qo‘shbegi, a’lam, Kalit so‘zlar: qolxon, mudarris., parvonachi, to‘ra, otaliq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014