К содержанию
РецензированоUZ2026

AKADEMIK ABDULAHAD MUHAMMADJONOVNING TOPONIM VA GIDRONIMLAR SOHASIDAGI IZLANISHLARI

GIDRONIMLAR SOHASIDAGI IZLANISHLARI · Baxritdinov Jasurbek Mirzabek о‘gli · Kanimkulov Olimjon Sheraliyevich (Guliston davlat pedagogika instituti)

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada akademik olim Abdulahad Muhammadjonovning toponimlar va gidronimlar haqida olib borgan izlanishlari haqida so‘z boradi. Xususan, maqolada olimning joy nomlari ularning kelib chiqishi hamda davriy o‘zgarib borishi, sug‘orish tizimiga doir atamalar izohi va shaxsga doir taxalluslar haqida olib borgan tadqiqot ishlari, uning asarlari, chop ettirgan maqolalari misolida yoritib berishga harakat qilingan. Kalit so‘zlar: Gidronim, irrigatsiya, Sohibqiron, Tunkat, toponomika, Zulqarnayn, Shosh, Choch. Abdulahad Muhammadjonov ilmiy faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri toponomika sohasiga doir tadqiqotlar hisoblanadi. Bizga qoldirgan “Qadimgi Qang‘”, “Poykand”, “Toshkent va toshkentliklar” kitoblari ayniqsa ahamyatli. Mazkur kitob monografik xarakterga ega bо‘lgan risola bo‘lib, hajm jihatdan 5 ta bobdan ortiq bо‘lsa ham qadimgi Toshkent, Qang‘ va toshkentliklar haqida eng muhim voqealarni qisqa lekin chuqur mazmunli qilib berganlar. Toponimist-tilshunos sifatida toponimlar, etnonimlar, antroponimlarning ma’no va motivlarini, ularning asliyatda, to‘g‘ri va aniq shakllarini ilmiy - ommabop tarzda tushuntirib berishga bag‘ishlangan 10 dan ortiq maqolalar yozdi. Olimning bir qator ishlarida toponimlarni o‘rganishning nazariy muammolari, toponimik tadqiqotning o‘ziga xos xususiyatlari yuzasidan original mulohazalar bildirilgan. Jumladan asarda Toshkent shahrining qadimda qanday nomlanishi va uning asrlar davomida o‘zgarib borishi hamda ularning qanday manoni anglatishi haqida ma’lumotlar berilgan. Poytaxtimizni hozirgi nomi unga berilgan nomlarning eng so‘nggisi bo‘lib, “Toshkent” so‘zi yozma manbalarda dastavval XI https://scientific-jl.com 2 8 4 47-son_1-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi asrning mashhur allomalari Abu Rayxon Beruniy va Mahmud Koshg‘ariylarning asarlarida tilga olinadi[1; 5]. Bizgacha yetib kelgan yozma manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, Toshkentning eng qadimgi nomi “Choch” bo‘lgan. Arab alifbosida «ch» harfining yo‘qligi boisidan arabiy va forsiy asarlarda u “Shosh” deb yuritilgan. Ilk o‘rta asrlarda u Choch, Shosh, Shoshkent, Madinat ash-Shosh, Binkat va Tunkat deb nomlangan. Avvalo shuni aytib o‘tish joizki, Toshkentning eng qadimgi nomi — “Choch” shaharning yoshiga nisbatan qadimiyroqdir. Chunki bu nom hali Toshkent shahri paydo bo‘lmasdan bir necha asrlar muqaddam Chirchiq va Oxangaron daryolari vodiylari va bu ikki daryoning suvi bilan obod etilgan Toshkent vohasiga berilgan bo‘lib, bu o‘lkaning qadimgi mahalliy aholisi tomonidan u “Choch eli”, ya’ni “Chochanap” deb yuritilgan. Dastavval bu atama otashparastlarning qadimiy muqaddas kitobi Avestoda tilga olinadi. Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, bu atama miloddan avvalgi I ming yillik o‘rtalarida yuzaga kelgan bo‘lib, asli Orol dengizining qadimgi Eron tilidagi “Chaye-chasta” degan nomidan kelib chiqqan. Ma’lumki, vodiy, voha yoki joy nomlari toponimlar, odatda ular joylashgan o‘lka tabiatining ayrim xususiyatlari yoki qadimgi aholisi va ba’zan qad ko‘targan aholi manzillarining soni va sifatlariga nisbatan beriladi. Bu qadimgi o‘lka sharqdan Chotqol – Qurama va Qorjantov (Qorjovg‘antov) tizmalari, janub va g‘arbdan Sirdaryo va shimoldan qadimda Buyuk dasht yoki Dashti Qipchoq deb atalgan Qozog‘istonning janubiy hududlari bilan o‘ralib turadi. Uning bunday tabiiy sharoiti avvaldan o‘lkaning iqtisodiy hayotida ayniqsa, bu yerda ibtidoiy chorvachilik va dehqonchilik xo‘jaliklarining vujudga kelishi va rivojlanishida katta o‘rin tutgan. Chotqol – Qurama tog‘lari va tog‘oldi adirliklar chorvachilik uchun keng yaylov, Chirchiq va Ohangaron daryo vodiylari dehqonchilik uchun asosiy obi hayot manbayi bo‘lib xizmat qilgan bo‘lsa, bu tog‘lardan olinadigan turli xil ma’danlar o‘lkada qadimdan hunarmandchilik:chilangarlik,misgarlik, zargarlik rivojlantirishga imkon bergan. “Choch” so‘zi qadimda mahalliy aholi tilida “tog’” va “tosh” kabi ikki xil ma’nolarni anglatgan. Chochning rivojlanishida chirchiq daryosi muhim o‘rin tutgan. O‘rta asrlarda Chirchiq daryosi “Parak”, “Obiparak”, “Daryoyi Parak” nomlari bilan yuritilgan. “Par” yoki “Parak” aslida so’gdiycha bo‘lib, u “yuqoridan pastga tushish”, “enish”, “qulash” ma’nolarini anglatadi. Masalan, Yag’nobliklar tog‘dan tosh ko‘chib qulaydigan joyni “sangpar” ya’ni “tosh qulash” deb ataydilar. Shunga asoslansa “obi parak” so‘zma so‘z “tog‘dan oqib tushadigan daryo”, “tez oqar daryo” yoki bir so‘z bilan aytganda “sharshara” degan ma’noni anglatadi. Miloddan avvalgi III asrda tashkil topib, milodning V asrigacha hukm surgan “Qang‘”, “Qanqa’’ yoki “Qangxa” deb atalgan. Xitoy yozma manbalarida u “Qangyuy” yoki “Qandzyuy” nomlari bilan tilga olinadi. Qadimgi toxarlar (Surxondaryo voxasining kadimgi axolisi)tilida “Qang‘” so‘zi ham “tosh” bilan bir qatorda “baland g‘ildirakli toshdek mustahkam arava” ma’nosini anglatgan. Miloddan https://scientific-jl.com 2 8 5 47-son_1-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi avv

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada akademik olim Abdulahad Muhammadjonovning toponimlar va gidronimlar haqida olib borgan izlanishlari haqida so‘z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada akademik olim Abdulahad Muhammadjonovning toponimlar va gidronimlar haqida olib borgan izlanishlari haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Tunkat, toponomika, Choch., Zulqarnayn, Kalit so‘zlar: Gidronim, Shosh, irrigatsiya, Sohibqiron
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники