К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TIL O‘QITISHDA O‘YINLI TA’LIMNING PSIXOPEDAGOGIK AHAMIYATI

PSIXOPEDAGOGIK AHAMIYATI · Xomidjonova Gavharoy Xayrullo qizi

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda til o‘qitish jarayonida o‘yinli ta’lim metodlaridan foydalanishning psixologik va pedagogik asoslari tahlil etiladi. O‘yinli faoliyat bolalarning tafakkuri, e’tibori, tilga bo‘lgan qiziqishi va ijtimoiy moslashuvchanligini rivojlantiruvchi muhim omil sifatida ko‘riladi. Maqolada til darslarida o‘yinli metodlarning turlari, ularni qo‘llash mexanizmlari, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga moslashuvi hamda samaradorligi bo‘yicha ilmiy- nazariy va amaliy tahlillar o‘tkaziladi. Shuningdek, maktab amaliyoti tajribasiga tayanilgan holda o‘yinli ta’limning natijalari yoritilgan. Kalit so‘zlar: Boshlang‘ich sinf, o‘yinli ta’lim, psixopedagogika, til o‘qitish, faol metodlar, bolalar psixologiyasi, motivatsiya, nutq rivoji, kreativlik Bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, til o‘qitish jarayonida o‘yinli ta’lim metodlarini qo‘llash bolalarning psixologik va pedagogik rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining asosiy faoliyati bo‘lgan o‘yin orqali bilim berish, ularning bilimga qiziqishini uyg‘otibgina qolmay, balki ijtimoiy, emotsional va aqliy rivojlanishiga ham xizmat qiladi. Psixopedagogik nuqtai nazardan qaralganda, o‘yinli ta’lim bolalarning psixik rivojiga mos muhit yaratadi, ularni o‘z fikrini erkin ifoda etishga, guruh bilan ishlashga, muloqotda bo‘lishga o‘rgatadi. O‘yin jarayonida bola o‘zini erkin tutadi, qo‘rquv, hayajon va stress holatlari kamayadi. Bu esa o‘quv faoliyatining muvaffaqiyatli kechishiga zamin yaratadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ko‘pincha diqqatini uzoq vaqt bir faoliyatga qaratolmaydi. Shuning uchun dars jarayonida ularning diqqatini saqlab qolish uchun didaktik o‘yinlar, qiziqarli topshiriqlar, rolli vaziyatlar, raqamli o‘yin ilovalari kabi metodlardan foydalanish o‘z samarasini beradi. Til o‘rganishda ayniqsa kommunikativ o‘yinlarning ahamiyati katta, chunki bu o‘yinlar o‘quvchilarni so‘zlashuv faoliyatiga jalb qiladi. Ular o‘zaro muloqot qilishga, fikrini ifoda etishga, savol berish va javob qaytarishga, gap tuzishga o‘rganadi. Bu jarayon o‘quvchilarda nutqiy kompetensiyalarni shakllantiradi. Grammatik va leksik o‘yinlar esa til vositalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu turdagi o‘yinlarda o‘quvchilar fe’llarni zamonga mos qo‘llash, so‘z yasash, gap tuzish kabi bilimlarni mustahkamlab boradi. Psixologik nuqtai nazardan, o‘yinli ta’lim bolalarda ijobiy emotsiyalar uyg‘otadi. O‘yin davomida bola o‘zini muvaffaqiyatli his etadi, bu esa uning o‘ziga bo‘lgan https://scientific-jl.com 1 1 5 47-son_1-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi ishonchini mustahkamlaydi. O‘yinli metodlar yordamida olib borilgan darslarda bolalar o‘z fikrlarini bemalol ifoda etadi, savollarga faol javob qaytaradi, topshiriqlarni mustaqil bajaradi. Bularning barchasi bolaning aqliy, ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishiga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘yinli ta’limdan samarali foydalanish uchun bolalarning yosh psixologiyasini chuqur bilishi, har bir o‘yin elementining maqsadini aniqlashi va uni o‘quv jarayoniga moslashtirishi lozim. O‘yinli metodlarni darsning kirish, asosiy va yakuniy bosqichlariga moslashtirib, ularni didaktik vazifalar bilan uyg‘unlashtirgan holda qo‘llash zarur. Masalan, dars boshida “tez aytish”, “so‘z topish” kabi qisqa o‘yinlar orqali bolalarning diqqatini jamlash mumkin. Asosiy bosqichda mavzuga oid grammatik yoki kommunikativ o‘yinlar orqali bilim beriladi. Yakuniy bosqichda esa o‘rganilgan bilimni mustahkamlovchi test, mini-suhbat yoki viktorinalar tashkil etish foydalidir. Darsda o‘yinli metodlardan foydalanishning yana bir muhim jihati – bu o‘quvchilarning individual yondashuvini ta’minlash imkoniyatidir. Har bir bola turlicha qabul qiladi, o‘z qobiliyat va qiziqishlariga ega. O‘yinli ta’lim esa bolalarni majburlamasdan, tabiiy ravishda o‘z faoliyatiga jalb etadi. Bu orqali differensial yondashuv, o‘zlashtirish darajasiga qarab topshiriqlar berish, o‘quvchilarni rag‘batlantirish imkoniyati yuzaga keladi. O‘yinli metodlarning samaradorligini oshirish uchun zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish maqsadga muvofiqdir. Xususan, interaktiv taxtalar, planshetlar, multimedia dasturlari yordamida tashkil etilgan o‘yinlar o‘quvchilarning e’tiborini tortadi va ularda tilga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi. Raqamli o‘yinlar orqali o‘quvchilar fonetik, grammatik va lug‘aviy bilimlarni mustahkamlab boradi. Shu bilan birga, o‘yinli ta’limda o‘qituvchining pedagogik mahorati hal qiluvchi omildir. Har bir o‘yinning maqsadini, dars mazmuniga mosligini, bolalarning tayyorgarlik darajasini hisobga olish lozim. O‘yin o‘tkazish jarayonida o‘qituvchi kuzatuvchi, yo‘naltiruvchi va baholovchi sifatida faol ishtirok etadi. O‘yin davomida yuzaga kelgan har qanday holatni konstruktiv tarzda hal qilish, bolalarning ishtirokini teng taqsimlash, faol bo‘lmaganlarni rag‘batlantir

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda til o‘qitish jarayonida o‘yinli ta’lim metodlaridan foydalanishning psixologik va pedagogik asoslari tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda til o‘qitish jarayonida o‘yinli ta’lim metodlaridan foydalanishning psixologik va pedagogik asoslari tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: Boshlang‘ich sinf, til o‘qitish, nutq rivoji, kreativlik, faol metodlar, bolalar psixologiyasi, motivatsiya, psixopedagogika, o‘yinli ta’lim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники