Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOLALARNING RIVOJLANISHIDA SENSOR TARBIYA VA STEAM TEXNOLOGIYALARINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI
TEXNOLOGIYALARINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI · Maxmudova Sevara Assatilla qizi · Shamsiddinova Orastaxon Nizomiddin qizi
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb mazvuga aylanayotgan STEAM texnologiyalari, shu bilan bir qatorda sensor ta’lim haqida tushuncha va ma’lumotlar, ularning afzalliklari va bir-biri bilan bog’liqliklari yoritib berilgan. Kalit so’zlar: sensor ta’lim, STEAM texnologiyalari, bolalar, maktabgacha ta’lim, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, afzalliklar. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish maqsadida bir qancha usullar amaliyotda qo’llanilmoqda. Shulardan biri, Italiyan pedagogi Mariya Montessorining maktabgacha yoshdagi ta’lim-tarbiya olishi uchun ulkan hissa qo’shgan ta’lim tizimi hisoblanadi. Mariya Montessorining ta’lim tizimi sensor tarbiyaga asos solgan metodikasi har bir bolaga cheksiz tanlov erkinligi berilib, unga ko’ra, har bir bola nima bilan shug’ullanishini mustaqil tanlashi lozim bo`ladi. "Sensor" so`zi lotincha "sensus"-tuyg’u sezgi, idrok ma'nolarini bildiradi va borliqni bilish, anglash, idrok qilishdan boshlanadi. Bola ko’rish, eshitish, tam bilish, hid bilish sezgilari yordamida tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar haqida tushunchalarga ega bo’ladi. Sezgi va idrok qanchalik boy bo’lsa, bolaning tevarak- atrofdagi olam haqidagi tasvvurlari shunchalik keng bo’ladi. Sensor tarbiya pedagogika fanida bolalarning estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasining asosi hisoblanadi. Sensor tarbiya ilk va maktabgacha yosh davrdan boshlanib, bu davrda sensomotorikani rivojlantirish o`ta muhimdir. Chunki sensor tarbiya hissiy bilish qobiliyatlarini shakllantirishga, sezgi, idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Sensor tarbiyaninig maqsadi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarninig sensor qobiliyatlarini rivojlantirish uchun buyumning faqat nimaga ishlatilishini, nomini bilishdan iborat emas, balki ular buyumlarni ushlab, paypaslab ko’rib idrok qilishi, ularni tamini, rangini anglashi hamdir. Sensor tarbiya bolalarni his-tuyg'ularini: ko'rish, hidlash, tam bilish va eshitish kabi his tuyg'ularini rivojlantiradi. Sensorli tajribalar orqali bolalar atrofdagi dunyoni o'rganadilar, nozik vosita ko'nikmalarini rivojlantiradilar va kognitiv qobiliyatlarini oshiradilar. https://scientific-jl.com 3 8 47-son_1-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Sensor ta'limning afzalliklari: 1. Sensor faoliyati tajribaviy o'rganishni ya’ni turli tajribalar orqali bilishni rivojlantiradi, bu esa bolalarga tushunchalarni yanada samaraliroq tushunishga imkon beradi. 2. Hissiy tajribalar bilan shug'ullanish bolalarga his-tuyg'ularni tartibga solish va stressni kamaytirishga yordam beradi. 3. Nozik ko'nikmalarni rivojlantirish. 4.Tilni ya’ni nutqni rivojlantirish va so'z boyligini kengaytirish uchun imkoniyatlar yaratadi. 5. Ijodkorlik: Sensorli o'yin tasavvur va ijodkorlikni rivojlantiradi, chunki bolalar materiallar bilan tajriba o'tkazadilar va o'z fikrlarini erkin ifodalaydilar. Maktabgacha ta’lim tizimiga STEAM ta’lim jadal ravishda kirib kelmoqda. STEAM ta’lim tizimi o‘zi nima? “STEAM” inglizcha “Science, Technology, Engineering, Art, Maths” so‘zlarining qisqartmasi bo`lib, o‘zbek tilida STEAM fanlari ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika fanlarini o‘z ichiga oladi va bu fanlarni yaxlit tarzda o‘qitishni anglatadi. “STEAM” ta’limi maktabgacha ta’lim yoshidan boshlanishi kerak, chunki bu ta’lim asosida bolalar dunyoda yuz berayotgan muammolarga yechim topishni o‘rganadi. Jumladan: 1. Ilm-fanni (Sience) o‘zlashtirish atrof-muhitni anglashga yordam beradi. 2.Texnologiya fani raqamli dunyoga moslashuvchan qiladi. 3.Muhandislik (Engineering) bilan bolalar muammolarni o’zlari hal qilishni o’rganadi, o‘rgangan bilimlarini hayotda qo‘llay oladi. 4. San’at orqali bolalar chizishni, kuylashni raqslarni o’rganadi. 5.Matematikada bolalar turli xil shakllar, sonlar, turli misol-masalalarni yechishni, ma’lumotlarni tahlil qilishga yordam beradi. STEM fanlarini o‘rganish davomida boladada quyidagi qobiliyatlar shakllanadi: • muammoni hal qila olish; • kreativlik; • tanqidiy fikrlash; • jamoaviy ishlay olish; • mustaqil fikrlash; • tashabbuskorlik; • kommunikasiya; • raqamli savodxonlik. STEAM tadqiqotlari bolalarda tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va innovatsion ko'nikmalarni rivojlantiruvchi ushbu fanlarni birlashtirgan amaliy mashg'ulotlarni o'z ichiga oladi. https://scientific-jl.com 3 9 47-son_1-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi STEAM texnologiyalarining yana bir afzalliklar: 1.Tanqidiy fikrlash: STEAM faoliyati bolalarni tanqidiy fikrlashga, muammolarni tahlil qilishga va yechimlarni ishlab chiqishga undaydi; 2. Haqiqiy dunyoda qo'llash: STEAM tadqiqotlari orqali bolalar nazariy tushunchalarni amalda qo'llaydilar, bu esa o'rganishni yanada mazmunli qiladi; 3. Jamoaviy ish va hamkorlik: STEAM bo'yicha tadbirlar bolalarni hamkorlikka, muloqot qilishga va fikr almashishga undaydigan jamoaviy ishlarni o'z ichiga oladi; 4. Innovatsiya: STEAM tadqiqotlari ijodkorlik va innovatsiyalarni rivo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb mazvuga aylanayotgan STEAM texnologiyalari, shu bilan bir qatorda sensor ta’lim haqida tushuncha va ma’lumotlar, ularning afzalliklari va bir-biri bilan bog’liqliklari yoritib beri…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bugungi kunda dolzarb mazvuga aylanayotgan STEAM texnologiyalari, shu bilan bir qatorda sensor ta’lim haqida tushuncha va ma’lumotlar, ularning afzalliklari va bir-biri bilan bog’liqliklari yoritib beri… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- maktabgacha ta’lim tashkilotlari, STEAM texnologiyalari, maktabgacha ta’lim, afzalliklar., Kalit so’zlar: sensor ta’lim, bolalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025