Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XX ASRNING 80-90-YILLARIDA TURKIYADA DINIY TARIQATLAR VA ISLOMIY OQIMLAR FAOLIYATI
OQIMLAR FAOLIYATI · Azamat Sharipov
Современная наука и исследования · 4 · 22–41 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada o’tgan asrning 80-90 yillarida Turkiya hududida faoliyat ko’rsatgan diniy tashkilotlar faoliyati haqida so’z boradi. Hususan, islomiy tashkilotlar faoliyati muhtasar bayon qilingan. Bu tashkilotlarning davlat va jamiyatda tutgan o’rni va ta’siri o’rganilgan va tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Xristianlik, islom, nurchilar, Gulen, shia, Xizbolloh, Said Nursiy, kurdlar. Turkiya hududida turklar bilan bir qatorda boshqa dinga e’tiqod qiluvchi o`zga din vakillari necha asrlarki, tinch va totuvlikda yashab kelishadi. Istambulda Butun dunyo provaslav Konstantinopol patriarxiyasi joylashgan. Bundan tashqari Arman apostol cherkovini Istambul katolikos arxiepiskopi patriarx Kilikiyskiy tomonidan boshqariladi. Shu qatorda Mardin shahrida Oliy ruhoniy vikar boshchiligida siro–katolik va 60 ta assiriy–nestorian cherkovlari o`z faoliyatlarini erkin olib borishgan. Lekin yevropalik tarixchilar Turkiya hududida mayda din vakillariga nisbatan yaxshi munosabat ko`rsatilmagan deb asossiz dalillarni taqdim qilishadi. Bir narsa aniqki, Usmoniy turk sultonlari nomusulmonlarni ibodatxonalariga daxl qilishmagan va ularga soliq solish bilan cheklanishgan. Hatto Sulton Mehmet Fotih Konstantinopolni fath qilganida shahardagi bironta bino va ibodatxonalarga hamda mahalliy aholiga ziyon yetkazmagan, aksincha o`z fuqarosi safiga qo`shgan. Najd va Hijoz hududlari egallangach, diniy mutaasiblik kuchaygan bo`lsada, o`zga din vakillariga tajovuz kuchaymagan, aksiga soliqlari oshirilgan holos. Turkiya hukumati 70–80–yillarda xristian cherkovlari va ibodatxonalarni restavratsiya qilish to`g`risida qaror chiqarib, butun mamlakatdagi ta`mirga muhtoj imoratlarga katta mablag`lar ajratilgan edi. O`sha payt qilingan ishlar hozir samarasini bermoqda desak adashmaymiz. Chunki millonlab xorijiy sayyohlar Turkiya hududidagi qadimgi ibodatxona va cherkovlarni ko`rish keladilar va Turkiyaning turizm salohiyatini naqadar katta ekanligini namoyon etib katta daromadlarni olib kelmoqda. Bundan tashqari hukumatning xristian dunyosiga katta e`tibor berishi Turkiyaning Yevropaga yaqinlashuvini yanada mustahkamlaydi. 1974–yilga kelib mamlakat hududida 913 ta provaslav cherkovi va monastirlari mavjudligini olimlar qayd etishgan. Turkiya hududida 36 ta yahudiy sinagoglari Adana, Anqara, Izmir, Chanakkale, Xatay, Bursa va Kirklareli shaharlarida ro`yxatdan o`tgan. XX asrning 60–yillarida Turkiyada 15 mingdan ortiq masjidlar bo`lganligi manbalarda aytiladi. Lekin bu sonlar katta ham bo`lishi mumkin. Mahalliy sharoitda ibodat qilinadigan masjidlar davlat nazoratidan tashqari faoliyat olib borishgan. Usmoniylar davrida ko`plab xristian ibodatxonalari jome` masjidlariga aylantirilganligi hujjatlarda keltiriladi. 1 34 6 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Shu sabab yevropa tarixchi– madaniyatshunoslari Turkiya hududidagi ilk nasroniylik me`moriy obidalari ahvolini salbiy baholashgan edi. Ko`p yillarki, bir imperiya boshqaruvi ostida yashab kelgan xalqlar va mayda etnik guruhlar o`z madaniy va e`tiqodiy turmush tarzini saqlab qolishgan. XX asr 60–70–yillarda hukumat va harbiylar islomiy harakat vakillaridan mayda etnik guruhlar, eski konservativ liderlar va isyonkor kurd yoshlariga qarshi kurashish maqsadida foydalangan edi. O`sha vaqtlar islom omili katta xavf tug`dirmagan va asosiysi mamlakat hududiy yaxlitligi muhim omil edi. XX asrning 70–80–yillarda butun dunyoda kolonial siyosiy tuzumga qarshi keng miqyosdagi qarshiliklar davri bo`ldi. Kolonial hududlarda milliy istiqlolchilik harakatlari jonlana boshlandi. Ayniqsa, islom qaror topgan hududlarda milliy istiqlolchilik mafkurasi keng yoyildi. Ana shu mafkuraviy jarayonlar ta`siri Turkiyaga ham sezildi. Bunday ruhiyat kayfiyati Turkiyadagi islomiy oqimlarni jonlantirdi. Turkiyada islomiy ta`limotlar nochor qishloq aholisini, yoshlarni jalb qilar edi. Diniy ta`lim olayotganlarga katta miqdordagi moddiy yordamlar ajratilishiga ana shu qatlamni o`ziga tortardi. Diniy ta`limni o`ziga ehtiyor qilganlarga moddiy yordam berila boshlandi. Diniy maktablarning son dinamikasi o`sib bordi. Bu kabi jarayonlar sekulyarizmni qabul qilmagan va mag`lub bo`lgan shaharlar va qishloqlarda qaror topdi. Ijtimoiy inqiroz aholini diniy ta`limotlarga murojaat qilishiga sabab bo`ldi. 70–yillarning oxirida saylovlardan oldin bosh vazir Sulaymon Demirel saylovchilarning ishonchiga kirish uchun namoyishkorona Qur`on kitobini o`padi. Bosh vazir albatta mamlakatning diniy kayfiyatdagi aholini qo`llab–quvvatlashlariga muhtoj edi. Bosh vazirning bu ishiga javob tariqasida turk g`arbparastlariga G`arb tomonidan moddiy yordam ajratildi. 70– yillarning oxirida harbiy to`ntarish amalga oshirildi va hukumatda turgan partiyalar faoliyati ta`qiqlandi va uning a`zolariga siyosiy faoliyat bilan 10 yil shug`ullanish faoliyati cheklandi. Hukumatni Milliy Xavfsizlik Kengashi o`z qo`liga oldi. Favqulodda holat e`lon qilindi va matbuotda senzura kuchayt
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada o’tgan asrning 80-90 yillarida Turkiya hududida faoliyat ko’rsatgan diniy tashkilotlar faoliyati haqida so’z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada o’tgan asrning 80-90 yillarida Turkiya hududida faoliyat ko’rsatgan diniy tashkilotlar faoliyati haqida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- islom, Said Nursiy, nurchilar, Gulen, Xristianlik, shia, Xizbolloh, kurdlar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025