Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHAHODAT ISAXONOVA ASARLARIDA QO‘LLANGAN FRAZEOLOGIK BIRLIKLARDA XALQ MADANIYATINING AKS ETISHI
Erkaboyeva Feruza Muzaffar qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
The article covers the intersection of language and culture, the term linguocultural and phraseological units used in the works of Sh. Isakhanova and their linguistic analysis, language and culture and the importance of phraseology in its manifestation. Keywords: phraseological units, stable combination, free combination, linguistic culture, national value, somatic phraseologisms, structural-semantic features, cultural code. Аннотация. В статье рассматриваются взаимосвязь языка и культуры, термины лингвокультурология и фразеологические единицы, используемые в трудах Ш. Исахановой и их лингвистический анализ, язык и культура и значение фразеологии в ее проявлении Ключевые слова: фразеологические единицы, устойчивое сочетание, свободное сочетание, лингвокультура, национальная ценность, соматические фразеологизмы, структурно-семантические особенности, культурный код. Til va madaniyatning o‘zaro bir nuqtada kesishuvi lingvomadaniyatning shakllanishida asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Madaniy qadriyatlar, axloqiy xususiyatlarni ifodalashda lingvomadaniy birliklar muhim vazifani bajaradi. Lingvomadaniy tahlil masalalari jahon tilshunosligida Vilgelm fon Gumboldning nazariy qarashlari bilan boshlangan bo‘lsa, u moddiyat va ma’naviyatning tilda namoyon bo‘lishi, madaniyatning milliy xarakteri va xalq ruhiyatini ifodalashdagi halqa ekanligiga diqqatini qaratgan. (Телия В.Н.,Русская фразеология: семантический, прагматический и лингвокультурологический аспекты.) Keyinchalik Teliya, Sh.Balli, J.Vandriyez, Boduen de Kurtene F.Bakk, R.Vayntraub, O.A.Kononova, E.S.Gasanova, I.U.Adjiyevalarning qarashlarida tahliliy ma’lumotlar bilan bayon etilgan. (Batirxonova M. Somatik frazeologik birliklar tarjimasining lingvomadaniy va pragmatik xususiyatlari.) Jahon tilshunoslari o‘z lingvistik qarashlarida dastlab frazeologizmlarning badiiy asarlardagi tadqiqiga e’tibor qaratishgan bo‘lsa, keyinchalik turli tillardagi iboralar va ularning tarjima jarayonidagi xususiyatlari, barqarorligi va asar mohiyatini ta’minlashdagi roli masalalariga to‘xtalib o‘tishgan. Lingvomadaniyat o‘ziga xos lisoniy birliklar – frazeologik birliklar, metaforalar va maqollar bilan namoyon bo‘ladi. Millatga xos bo‘lgan milliy xususiyatlar asosan iboralar orqali yuzaga keladi va maqollarda xalq tafakkurining namoyon bo‘lishi bilan voqealanadi. Ayniqsa, frazeologik birliklar barqaror xarakterga ega bo‘lib, muayyan millatga xos belgilarni xalqning dunyoqarashi, an’ana va urf-odatlari bilan birgalikda yaxlit tarzda aks ettiradi.Tarixiy tafakkurni belgilashda, mentalitetiga xos fazilat va xislatlarni aks ettirishda frazeologik birliklar alohida o‘rin egallaydi. 1170 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Frazeologik birlik – struktur- semantik jihatdan yaxlit ko‘rinishga ega bo‘lgan birlik sifatida eng qadimgi davrlardan Avestodan boshlab bugungi kungacha olimlar uchun qimmatli manbaa sifatida baholanadi. Bir tildagi frazeologik birliklar ifodasi so‘zlovchining jinsini, ijtimoiy darajasini, ma’lumotini, dunyoqarashini, yoshini, yashash joyini ko‘rsatishda muhim o‘rin tutadi. Jumladan, Shahodat Isaxonova asarlarida qo‘llangan frazeologik birliklar tarixiy davr, tarixiy sharoit va tarixiy shaxslarga xos belgilarni ko‘rsatib, turkiy xalqlarga xos lingvomadaniyat belgilarini ifodalash bilan namoyon bo‘ladi. “Do‘ppisini osmonga otmoq” iborasi aynan o‘zbek tiliga xos frazeologik birlik sifatida xursand bo‘lmoq semasini ifodalaydi. Do‘ppi leksemasi asosan Markaziy Osiyo xalqlarida milliy bosh kiyimi semasiga ega ekanligi bilan ifodalanadi. Qardosh xalqlar tilshunosligida ham bu ibora ko‘tarinkilik, tantanavorlik semasiga ega bo‘lgan frazeologik birlik sifatida qo‘llanadi. Og‘zining tanobi qochmoq, og‘zi qulog‘ida, chehrasi ochiq frazeologizmlari bilan sinonimik holatda qo‘llaniladigan bu ibora kishilarga xos ruhiyatni ifodalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Frazeologik birliklar orasida insonning tana a’zolari nomlarini ifodalovchi somatik frazeologik birliklar ko‘p uchraydi. Bosh, ko‘z, og‘iz, qo‘l, burun leksemalari bilan ifodalangan frazemalar asosan millat kishilariga xos bo‘lgan illat va fazilatlari ifodalashi bilan diqqatga sazovor. Boshi osmonga yetdi, bosh irg‘adi, boshga tushganini ko‘rmoq, bosh-qosh bo‘lmoq, boshi ketadi, kallasi ketadi, boshiga yetmoq, boshidan sovuq suy quygandek, boshini ikkita qilmoq, bosh qo‘shmoq shaklida tarixiy vaziyat, tarixiy muhitni ifodalashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Bosh-qosh bo‘ldi, boshini ikkita qildi iboralari asosan millatimizga xos xususiyatlarni aks ettiradi. A.Blum ta’biri bilan aytganda, frazeologizmlardagi muayyan xalq xususiyatlarini ake ettirish madaniy kodlar orqali ifodalanadi. Ana shu madaniy kodlar millat qiyofasini belgilaydi. (Usmonova Sh., O‘zbek va turk tillaridagi somatik frazeologizmlar f. f. n diss. ) Ulug‘bek Mirzoning boshini ikkita qilish kerakligi yodiga tushdi. Bosh tana a’zosi sifatida frazeologik birikmalar ichida eng ko‘p qo‘llanilishi bilan ajralib turadi. U xalq ora
Доказательный фрагмент
«The article covers the intersection of language and culture, the term linguocultural and phraseological units used in the works of Sh.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article covers the intersection of language and culture, the term linguocultural and phraseological units used in the works of Sh. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- phraseological units, stable combination, free combination, linguistic culture, madaniy kod., struktur-semantik xususiyatlar, frazeologik birliklar, milliy qadriyat, barqaror birikma, erkin birikma, lingvomadaniyat, somatik frazeologizmlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026