К содержанию
РецензированоUZ2024

2024-YIL O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA KO‘ZDA TUTILAYOTGAN REJALAR

Ibroximov Shoxumirza

Современная наука и исследования · 2 · 2024

Аннотация

Maqolada 2024-yil O‘zbekoston yalpi ichki maxsulotlar o‘sishi va 2025- 2026 yillarda qanch o‘sishi aytib o‘tilgan. Va inflyatsiyani oldini olish. Asosiy soliq stavkalari o‘rta muddatli istiqbolda o‘zgarishsiz qoldirish ko‘zda tutilgan. Kalit so‘zlar: Yalpi ichki maxsulot, inflyatsiya, asosiy soliq stavkalari, konsolidatsiyalashgan bujetni taqchilligi, bujet. O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024-yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Kelgusi yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 5,6−5,8 foiz, 2025−2026-yillarda esa mos ravishda 6,2 va 6,4 foiz bo‘lishi, o‘sish sur’atlari sanoatda 6 foiz, xizmat ko‘rsatish sohasida 6,1 foiz, qishloq xo‘jaligida 4 foiz bo‘lishi prognoz qilingan. Bu ko‘rsatkichlarga “har bir sohada boshlangan tarkibiy islohotlarni sifatli davom ettirish” orqali erishilishi kutilmoqda. 2024-yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi Inflyatsiya 2024-yilda 8−10 foiz, 2025-yilda 7,5−8,5 foiz, 2026-yilda 5,7 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Loyihada o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan soliq-budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari keltirib o‘tilgan. Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi 2024-yilda YAIMning 4 foizi, 2025−2026-yillarda esa YAIMning 3 foizi chegarasida bo‘lishi kutilmoqda. Hozircha hukumat taqchillikni 3 foiz chegarasigacha qisqartira olmadi, garchi bunday maqsad 2022-yildan beri davlat budjetida tasdiqlanib kelinayotgan bo‘lsada. Hujjatda qayd etilishicha, budjet taqchilligini qisqartirish iqtisodiyotdagi yalpi talabning o‘sishini tartibga solishga, shuningdek, tashqi savdo balansining salbiy taqchilligi va inflyatsiya bosimini kamaytirishga yordam beradi. Asosiy soliq stavkalari o‘rta muddatli istiqbolda o‘zgarishsiz qoladi. Shu sababli, daromadlarni oshirish uchun budjet daromadlari bazasini kengaytirish, berilgan soliq va bojxona imtiyozlarini ularning samaradorligi va natijadorligidan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqish va bosqichma-bosqich bekor qilish ko‘zda tutilgan. Soliq va budjet siyosatini Jahon savdo tashkiloti talablariga bosqichma-bosqich muvofiqlashtirish ko‘zda tutilgan. 1164 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Bundan tashqari, davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 60 foizlik makroiqtisodiy xavfsiz darajadan, o‘rta muddatli istiqbolda esa yalpi ichki mahsulotga nisbatan 50 foizdan oshmasligini ta’minlash bo‘yicha barcha choralar ko‘riladi. Hujjat bilan yillik budjetni shakllantirishda “natijaga asoslangan budjet” tizimini bosqichma-bosqich to‘liq joriy etish, inson kapitalini rivojlantirishga yo‘naltirilgan xarajatlarning ustuvorligini ta’minlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilishning manzilliligini kuchaytirish, ish haqi va pensiyalarni inflyatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda oshirish, budjetning ochiqligini ta’minlash va budjetni shakllantirishda fuqarolar ishtirokini yanada oshirish, davlat sektorida ichki nazorat va ichki auditni takomillashtirish va kuchaytirish taklif etilmoqda. Davlat budjeti loyihasini tayyorlash hamda ko‘rib chiqishda Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini aks ettirish, “yashil budjetlashtirish” tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy etish, davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash mezonlariga (PIMA) muvofiqligini ta’minlash, atrof-muhit va tabiat muhofazasi, iqlim o‘zgarishiga moslashish tadbirlarining, suv sarfini kamaytirish va iqtisod qilib ishlatilishini rag‘batlantiruvchi tadbirlarni ustuvorligini ta’minlash, barcha sohlarda budjet xarajatlarini optimallashtirish, iqtisod qilinadigan mablag‘larini yuqori samara beradigan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarga yo‘naltirish rejalashtirilmoqda. Ushbu maqsad va yo‘nalishlardan kelib chiqib, budjetlararo transfertlarni hisobga olmaganda, 2024-yil uchun konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 375,04 trln so‘m, xarajatlari 427,55 trln so‘m bo‘lishi kutilmoqda. budjetning o‘zining daromadlari esa 270,3 trln so‘mni, xarajatlari 279,6 trln so‘mni tashkil etadi.Ushbu maqsad va yo‘nalishlardan kelib chiqib, budjetlararo transfertlarni hisobga olmaganda, 2024-yil uchun konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 375,04 trln so‘m, xarajatlari 427,55 trln so‘m bo‘lishi kutilmoqda. budjetning o‘zining daromadlari esa 270,3 trln so‘mni, xarajatlari 279,6 trln so‘mni tashkil etadi.Davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari 55,4 trln so‘m, xarajatlari 86,8 trln so‘m miqdorida bo‘lishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, mazkur jamg‘armalarga respublika budjetidan 33,1 trln so‘m transfertlar yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.Pensiya jamg‘armasining budjetdan tashqari tushumlari 46,8 trln so‘m, xarajatlari 63,1 trln so‘m bo‘lishi kutilmoqda.Davlat dasturlari bo‘yicha tashqi qarzlar hisobidan rejalashtirilgan xarajatlar 11,8 trln so‘mni tashkil etadi. Konsolidatsiyalashgan budjetning taqchilligi (davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larini o‘z ichiga oladi) 52,5 trln so‘m yoki yalpi ichki mahs

Доказательный фрагмент

«Maqolada 2024-yil O‘zbekoston yalpi ichki maxsulotlar o‘sishi va 2025- 2026 yillarda qanch o‘sishi aytib o‘tilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada 2024-yil O‘zbekoston yalpi ichki maxsulotlar o‘sishi va 2025- 2026 yillarda qanch o‘sishi aytib o‘tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bujet., asosiy soliq stavkalari, inflyatsiya, konsolidatsiyalashgan bujetni taqchilligi, Yalpi ichki maxsulot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники