Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“SHUM BOLA” QISSASIDA QO‘LLANILGAN MAISHIY LEKSIKA TADQIQI
Muhammadiyeva Madina Do‘smamat qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article analyzes the household lexical units found in Gʻafur Gʻulom’s story “Shum bola” from both lexical-semantic and historical-etymological perspectives. The study focuses on words related to domestic items (such as needle, bucket, bowl, sieve, hearth, rolling pin, etc.) that reflect the daily life and material culture of Uzbek people. The analysis reveals the semantic development, phonetic changes, archaic forms, and idiomatic usage of these words. The household lexicon in “Shum bola” serves as a valuable linguistic source illustrating the social and cultural worldview of early 20th-century Uzbek society. Keywords: lexis, seme, polysemy, dail lexis, development of lexis, equivalent lexeme, dominance, archaic words. Аннотация. В статье рассматриваются лексические единицы бытового характера, встречающиеся в повести Гафура Гуляма «Шумбола», с лексико- семантической и историко-этимологической точек зрения. Исследование охватывает слова, обозначающие предметы домашнего обихода (например: игла, ведро, миска, решето, очаг, скалка и др.), отражающие повседневную жизнь и материальную культуру узбекского народа. В результате анализа выявлены семантические изменения, фонетические трансформации, архаичные формы и фразеологическое употребление данных лексем. Бытовая лексика в повести «Шумбола» представляет собой ценный лингвистический источник, отражающий социальное мышление и культурный уклад узбекского общества начала XX века. Ключевые слова: лексика, сема, полисемия, бытовая лексика, лексическое развитие, эквивалентная лексема, доминирование, архаизм. Til va jamiyat o‘rtasida chuqur va uzviy bog‘liqlik mavjud. Jamiyat taraqqiyoti, madaniyat, ijtimoiy hayot, texnika va boshqa sohalardagi o‘zgarishlar tildagi leksik qatlamda bevosita aks etadi. Jumladan, maishiy leksika — xalqning kundalik hayotiga, uy-ro‘zg‘origa, yashash tarziga oid so‘zlar qatlamidir. Bu qatlam orqali o‘tmishdagi yashash sharoiti, xalq tafakkuri, turmush tarzi va tarixiy-madaniy ko‘nikmalarni o‘rganish mumkin. Ma’lumki, inson rivojlangani sayin uning ehtiyojlari, yaxshi yashashga bo‘lgan intilishi natijasida uy-ro‘zg‘orga oid turli buyumlar yasagan va uning natijasida uni ifodalovchi maishiy leksemalar ham taraqqiy eta boshlagan. 1159 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasi ana shunday til materiallariga boy bo‘lib, o‘z davrining leksik manzarasini aks ettiradi. Shundan kelib chiqqan holda “Shum bola” qissasida mavjud maishiy leksikasi leksik-semantik, tarixiy-etimologik nuqtayi nazardan tadqiq qilish mumkin. Maishiy leksika – bu uy-ro‘zg‘or, kundalik hayot, yashash sharoitlariga oid so‘zlar majmuidir. Ular odatda so‘zlashuv nutqiga xos bo‘lib, ko‘pincha fonetik, semantik jihatdan rang- baranglik kasb etadi. Asar tilida uy-ro‘zg‘or buyumlarini ifodalovchi maishiy leksikani shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1. Uy jihozlarini bildiruvchi uy-ro‘zg‘or buyumlari leksikasi: pilikli chiroq, o‘choq, samovar, igna, paqir, g‘alvir, ketmon, otashkurak, tunuka qaychi, fonus, narvon, ho‘qacha, o‘qlov, matrab, xurmacha, qo‘ndoq, chirmandacha, xum, xurjun; 2. Oshxonaga oid uy-ro‘zg‘or buyumlari leksikasi: kosa, piyola,o‘qlov, qoshiq, lagan, tog‘ara. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bir tomoni nayzasimon, ikkinchi tomoni teshik bo‘lib, teshigidan ip o‘tkazib, narsa tikish ga mo‘ljallangan ingichka metall asbob. Igna leksemasi “Shum bola” asarida ko‘rpa qavish uchun ishlatiladigan anjom sifatida qo‘llaganini quyidagi parchada ko‘rish mumkin: Bit, burgaga qarshi ishlatiladigan o‘ldirilgan simob deysimi, qo‘tirga qarshi indov yog‘i, yomon yaraga qarshi xuni dori, mozi, zanjabil, sanoyi makka, kuchala, ko‘zmunchoq, dumaloq upa, ko‘rpa igna, soqol toposh, halilai zang degan quvvat dori, ishtonbog‘, ishton pocha, buxor saqich, qopa saqich, har qanday yaraga dori bo‘lgan balzamboy, qalampirmunchoq, tomir dori – qo‘ying-chi, hamma narsa bor (21). Tikish uchun xizmat qiladigan boshi nayzali, oxiri ko‘zli metall asbobini ifoda etuvchi igna leksemasidir. Buvim hali ham ignaning ko‘zidan hech qiynalmay ip o‘tkazaveradilar. Bu ot asli qadimgi turkiy tildagi yopishtirib zich tikilgan ma’nosini anglatgan yigi sifatidan (Devon, III, 32) - nӓ qo‘shimchasi bilan yasalgan: yignӓ + nӓ. Keyinroq o‘zbek tilida ikkinchi bo‘g‘indagi tor unli talaffuz qilinmay qo‘ygan: yig‘indӓ >yignӓ (Qadimgi turkiy tilda g undoshi n undoshiga almashgan yinnӓ shakli ham mavjud bo‘lganligi qayd etilgan. (Devon, I, 381); so‘z boshidagi y talaffuz qilinmay qo'ygan: yignӓ >ignӓ. So'zlashuv nutqida yignӓ so‘zi tarkibidagi g undosh ini y undoshiga almashtirib yiynӓ shaklida, bu so‘z tarkibidagi y undoshini tashlab ninӓ shaklida ishlatish ham mavjud; ignӓ so‘zi tarkibidagi g undoshi y undoshiga almashtirilib iynӓ shaklida ham ishlatiladi. (O‘TEL, I, 108). “Bir orqa va yon tomonlari yopiq bo‘lib, ichiga o‘t yoqiladigan, ovqat pishirish uchun ustiga qozon o‘rnatiladigan qurilma” ma’nosini anglatuvchi “o‘choq” leksemasi hozirgi o‘zbek
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the household lexical units found in Gʻafur Gʻulom’s story “Shum bola” from both lexical-semantic and historical-etymological perspectives.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the household lexical units found in Gʻafur Gʻulom’s story “Shum bola” from both lexical-semantic and historical-etymological perspectives. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- lexis, seme, polysemy, dail lexis, development of lexis, equivalent lexeme, arxaizm., polisemiya, leksik taraqqiyot ekvivalent leksima, sema, dominantlik, leksika, maishiy leksika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024