Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Административно-территориальное устройство Кокандского ханства и социальная классификация его населения
Tursunboy DADAJONOV
Общество и инновации · 6 · 497-501 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассматривается административно- Кокандское ханство, территориальное устройство Кокандского ханства, административное его политико-административная система, а также устройство, численность, состав и этническое разнообразие населения, территориальное деление, области, проживающего на территории ханства. В работе на основе округа, исторических источников анализируются области, округа, административная входящие в состав ханства, и их формы правления. система, Население также делится на кочевые и оседлые группы и беки, рассматривается в контексте их хозяйственной хокимы, управление ханством, деятельности и социальной структуры. политическое устройство, структура населения, этнические группы, кочевые народы, оседлое население. O‘zbekistonning tarixiy merosi va madaniy boyliklari davlatimizning mustahkam asoslaridan biridir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zining ko‘plab nutqlarida, “Tariximizni bilish, milliy merosimizni asrash va rivojlantirish – bizning kelajagimizni mustahkamlashda muhim omildir”, deb ta’kidlagan. Ushbu fikr nafaqat xalqimizning buyuk tarixini o‘rganish, balki o‘tmishda yuzaga kelgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy tizimlarni tahlil qilish orqali bugungi kunni rivojlantirishga yo‘l ochadi. Shunday qilib, Qo‘qon xonligi tarixini o‘rganish, bu davrda shakllangan ma’muriy-hududiy tuzilma va aholining jamiyatdagi o‘rni to‘g‘risida chuqur ilmiy tahlillar olib borish, bugungi kunimiz uchun ham o‘ta muhim ahamiyatga ega [1,28-29]. Qo‘qon xonligi Markaziy Osiyo tarixining muhim davrlaridan biri bo‘lib, o‘zining siyosiy va ma’muriy tizimi, ijtimoiy- iqtisodiy strukturalari bilan ajralib turadi. Rashidovning ta’kidlashicha, “Qo‘qon xonligi ma’muriy boshqaruvi har bir hududda milliy birlikni ta’minlab, xalqni birlashtirgan” [1,39-42]. Bu xonlikda hududiy boshqaruvning qanday tashkil etilishi, uning aholi bilan bo‘lgan aloqalari va ijtimoiy tuzilma bilan bog‘liq masalalar, ilmiy jihatdan o‘rganilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalardandir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zining bir qancha nutqlarida: “Bizning maqsadimiz – o‘z tariximizni o‘rganib, bugungi zamon talablariga mos ravishda taraqqiyot sari intilishdir”, deb aytgan. Qo‘qon xonligi tarixi va uning ma’muriy-hududiy tuzilmasini o‘rganish, nafaqat tarixiy ma’lumotlarni yodda saqlash, balki davlat qurilishi jarayonini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Qo‘qon xonligi davri, hududiy bo‘linishlar, ijtimoiy va siyosiy tuzilmalar, aholining ma’muriy boshqaruv tizimidagi o‘rni haqida gapirganda, bu xonlikning o‘rni Markaziy Osiyo tarixidagi muhim o‘zgartirishlarni anglatadi. Bobojonovning aytishicha, “Qo‘qon xonligi davlati o‘zining hududiy bo‘linishi va aholi 498 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 05 (2025) / ISSN 2181-1415 tuzilmasi orqali barqaror iqtisodiy va ijtimoiy tizimni yaratishga erishgan”. Ushbu maqolada, aynan shu masalalar, ya’ni Qo‘qon xonligining hududiy tizimi va aholisining ma’muriy boshqaruvi batafsil yoritiladi. XVIII asr oxirlarida xonlikning hududi faqat Farg‘ona vodiysidan iborat bo‘lib, bu davrda Norbo‘tabiy vodiydagi barcha beklik va viloyatlarni o‘z itoatiga kirgizib, ularni Qo‘qonga bo‘ysundirdi. Uning davrida Andijon va Marg‘ilon viloyatlari vodiydagi eng katta mulklar edi. Olimxon davrida xonlik hududlari Toshkent va uning atrofidagi yerlar hisobidan ancha kengaydi. Tarixiy manbalarda Toshkent mulki – viloyat, shahar, Toshkent va Dashti Qipchoq viloyati nomlari bilan tilga olinadi. Uning hududlariga Ohangaron, Chinoz, Toshkent atrofi, Sirdaryo bo‘ylaridagi Turkiston shahri va uning atroflari kirgan. Bu mulkning hokimlari manba va hujjatlarda hokim, hukmdor, voliy, noib atamalari bilan tilga olinadi. Umarxon davrida Xo‘jand, O‘ratepa va Jizzax atrofidagi yerlarga ham ketma-ket yurishlar qilinib, 1817-yilda O‘ratepa bosib olinadi. Muhammadalixon davrida xonlikning hududlari yanada kengayadi [2,98-99]. Bu davrda xonlik shimolda Rossiyaga qarashli Tashqi Sibir okrugi bilan, g‘arbda Xiva va Buxoro amirligi bilan, janubda Qorategin, Darvoz va undan uzoqroqdagi yerlar – Shug‘non, Ro‘shon va Vaxon (bu hudud Qo‘qonga nomiga qaram bo‘lgan) Ko‘lob bilan, sharqda Qashg‘ar bilan chegaralangan [3,105-107]. Xonlik yerlariga Sirdaryo bilan Qorategin O‘rtasida joylashgan Farg‘ona hududlari, Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Namangan, Xo‘jand va boshqa shaharlar, Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligi o‘rtasida joylashgan Qurama viloyati, Turkiston, Sirdaryoning quyi oqimidagi to Balxash ko‘ligacha bo‘lgan qirg‘izlar yashaydigan yerlar, ko‘chmanchi qirg‘izlar yashaydigan Billur tog‘ining sharqiy etaklari, 1830 yildan boshlab g‘arbiy etaklari ham kirgan. XIX asr manbalarida Qo‘qon xonligi beklik, ba’zan viloyat va sarkorlik sifatida tilga olingan ma’muriy – hududiy qismlarga bo‘lingan hamda ularni xon tomonidan tayinlanadigan beklar, hokimlar va sarkorlar boshqargan. Ayrim manbalar (A. Kun) Qo‘qon xonligidagi 15 ta beklikning nomini keltiradi. Bular: Q
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассматривается административно- Кокандское ханство, территориальное устройство Кокандского ханства, административное его политико-административная система, а также устройство, численно…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассматривается административно- Кокандское ханство, территориальное устройство Кокандского ханства, административное его политико-административная система, а также устройство, численно… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kokand Khanate, and social structure, hokimlar, хокимы, administrative structure, joylashgan aholilar, regions, административная система, этнические группы, tumanlar, administrative system, политическое устройство, etnik guruhlar, nomadic peoples, области, aholining tarkibi, округа, территориальное деление, territorial division, beks, ethnic groups, Qo‘qon xonligi, boshqaruv tizimi, xonlik boshqaruvi, структура населения, khokims, hududiy bo‘linish, khanate administration, viloyatlar, беки, оседлое население, population structure, political structure, управление ханством, ma’muriy tuzilma, beklar, административное устройство, ko‘chmanchi xalqlar, districts, siyosiy tuzilma, Кокандское ханство, кочевые народы
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024