Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Общее состояние сельского хозяйства Туркестанской АССР. Переход от военного коммунизма к новой экономической политике
Zukhrakhon OLIMJANOVA · October Revolution (Andijan State University)
Общество и инновации · 6 · 182-186 · 1921
Аннотация
Ключевые слова: В статье рассматривается реализация Новой Октябрьская революция, экономической политики (НЭП) в 1921 году и ее влияние трудовые ресурсы, на сельское хозяйство Ферганской долины. десятина, хлопок, фабрики и заводы, НЭП, подъем экономики, рыночные отношения, крестьяне. XX asr 20-yillarining boshlarida Turkiston xalq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi qishloq xoʻjaligi edi. Birinchi jahon urushi, 1917-yildagi Oktyabr toʻntarishi va keyingi fuqarolar urushi natijasida Turkiston iqtisodiyoti jiddiy zarar koʻrdi. Urush va siyosiy beqarorlik sababli dehqonchilikdagi еrlardan toʻliq foydalanish imkonsiz boʻlib qoldi, irrigatsiya tizimi buzilib, suv ta’minotida muammolar yuz berdi. Mehnat resurslari еtishmovchiligi va texnik vositalarning kamayishi natijasida gʻalla va boshqa asosiy mahsulotlar ishlab chiqarilishi sezilarli darajada pasaydi. 1921 yilda Turkiston qishloq xoʻjaligi ishlab chiqargan mahsulot urushdan avvalgi darajaning faqat uchdan bir qismini tashkil etdi. Ekin ekiladigan maydonlar keskin qisqarib, 1921-yilda 1,7 million desyatinaga tushib qoldi, vaholanki, 1915-yilda Turkistonda 3 million desyatina еrga ekin ekilgan edi. [1, c.42-43] Paxta еtishtirish sohasi ushbu davrda alohida ogʻirlashdi. Ilgarigi vaqtlarda Turkiston Rossiyaga eksport qilinayotgan paxta xomashyosidan foydalansa, inqilobiy oqibatlarda bu iqtisodiy aloqalar uzilib, paxta еtishtirish ancha qisqardi. Birinchi jahon urushi davrida va undan keyingi fuqarolar urushi davrida Rossiyadan gʻalla keltirish yil sayin qisqarib bordi va oxir-oqibat tamoman toʻxtab qoldi. Ayni paytda Turkistonda paxtachilik ham urushlar, vayrongarchiliklar sababli inqirozga uchragan edi. Natijada Turkistonda gʻallaning narxi keskin oshib ketdi, oʻlkaning turli joylarida qahatchilik, ocharchilik yuzaga keldi. Chorvachilik sohasida ham vaziyat jiddiy kuchaydi: urush davrida koʻplab mollar yoʻqotilgani va ozuqa еtkazib berishdagi qiyinchiliklar aholi uchun oziq-ovqat tanqisligi va turmush darajasining pasayishiga olib keldi. 1921–1923-yillarda Turkiston vodiysida ochlik avjining chuqur oqibatlari muhim ijtimoiy‑iqtisodiy inqiroz davri sifatida esga olinadi. Bu davrda oziq-ovqat tanqisligi shunday darajada kuchaydiki, asosan bolalar oʻlim jihati muhim miqdorga еtishgan. Bu oqibatlar nafaqat insonlar hayotiga, balki umumiy ijtimoiy‑iqtisodiy vaziyatga ham sezilarli ta’sir koʻrsatgan. Bu davrda qishloq xoʻjaligi, ayniqsa paxtachilikning holati yanada murakkablashdi. Ocharchilik sababli va Rossiya bilan temir yoʻl aloqasining toʻxtatilishi natijasida paxta sotuvi qiyinlashib, dehqonlar uchun iqtisodiy foyda kamaydi. Shunga bogʻliq holda, dehqonlar paxta ekin maydonlarini qisqartirishga majbur boʻlib, oʻrniga gʻalla va boshqa oziq-ovqat ekinlarini ekishga oʻtishdi. Bu oʻzaro bogʻliq iqtisodiy vaziyat nafaqat 183 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 05 (2025) / ISSN 2181-1415 paxtachilik tarmogʻining soʻnggi holatiga, balki umumiy qishloq xoʻjaligining ishlash tarziga ham jiddiy ta’sir koʻrsatdi. Buning oqibatida paxta ekin maydoni 1915-yildagi 523 558 desyatinadan 1918-yilda 80 ming desyatinagacha qisqardi. Qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligi ham pasaydi. Masalan, 1919-yilda paxtaning oʻrtacha hosildorligi 1916-yilga nisbatan ikki barobar kamaydi. [2, c.514-517] Bolsheviklar hokimiyati tomonidan qishloqlardagi badavlat tabaqalarning iqtisodiy qudratini shunchaki cheklash, ularning resurslari va ishlab chiqaruvchi kuchlarini zoʻravonlik bilan nolga chop etishga qaratilgan siyosati Turkiston iqtisodiyotining falaj holatiga olib keldi. Bu siyosati maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy qayta qurishning soxta sxemalari joriy etilib, sinfiy qarama-qarshilik orqali qishloq hududlaridagi ustunliklarga ega boʻlgan dehqonlar va biznes elalari boʻyicha ta’sir kuchaytirildi. Natijada, mamlakatdagi zavod va fabrikalar faoliyati toʻxtatilib qoldi, ishlab chiqarish jarayonlari barqarorlikni yoʻqotdi, va bu umuman iqtisodiy faollikning sezilarli pasayishiga olib keldi. Bunday vaziyat mamlakatning sanoatlashuviga va iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy salbiy ta’sir koʻrsatdi. Masalan, еtishtirilayotgan qishloq xoʻjalik mahsulotlari hajmi va chorva mollar soni Turkiston respublikasida 1920-yilda 1913-yildagiga nisbatan tegishli ravishda 76,2 va 56,3 foizga tushib qoldi. [3, b.60] Turkiston ASSR rahbarlaridan biri I. Xidiralievning yozishicha, 1917-yildan boshlab Fargʻona vodiysida qishloq xoʻjalik sohasi inqirozga uchradi. Xususan, sugʻoriladigan ekin maydonlarining mikdori keskin kamayib ketdi. Bu koʻrsatkich vodiyda 1917-yilda 596 381 desyatinaga tushib qoldi. Vaholanki, 1915-yilda 994 000 desyatina edi. 1918-yildan boshlab inqiroz halokatli tus oldi. Toʻla boʻlmagan ma’lumotlarga qaraganda, oʻsha yili atigi 70 000 desyatina еrga paxta ekilgan edi. [4, b.521] Turkistonda 1916-yildan etiboran paxta еtishtirish sezilarli darajada kamaydi. Bu jarayonning asosiy sababi sifatida Rossiya hukumati tomonidan paxta xarid narxlarining pasay
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье рассматривается реализация Новой Октябрьская революция, экономической политики (НЭП) в 1921 году и ее влияние трудовые ресурсы, на сельское хозяйство Ферганской долины.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье рассматривается реализация Новой Октябрьская революция, экономической политики (НЭП) в 1921 году и ее влияние трудовые ресурсы, на сельское хозяйство Ферганской долины. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- October Revolution, хлопок, mehnat resurslar, paxta, трудовые ресурсы, peasants, подъем экономики, labor resources, cotton, НЭП, dessiatina, bozor munosabatlar, десятина, dehqonlar, Yangi Iqtisodiy Siyosati, Oktyabr toʻntarishi, крестьяне, economic recovery, zavod va fabrikalar, factories and plants, фабрики и заводы, desyatina, Октябрьская революция, NEP, рыночные отношения, market relations, iqtisodiy tiklanish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014