К содержанию
РецензированоRU2025

Описание женщин и девочек, пострадавших от притеснений и насилия

Shirin NORMATOVA · June -/© in Science LLC. (Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan)

Общество и инновации · 6 · 396-402 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В статье анализируются вопросы, связанные с обвиняемый, характеристикой женщин, являющихся жертвами виктимология, угнетения и насилия. В статье также изучается виктимизация, виктимизация жертв угнетения и насилия и вопросы жертва, наказание, поведения в ней. насилие, семья, угнетение, женщины, права. Bizga maʼlumki, insonni jinoiy tajovuzlardan himoyalash, jinoyatchilikka qarshi kurash muammosi, amaldagi qonunlarga qatʼiy rioya qilgan holda va jinoyatni jamiyat hayotidagi eng salbiy holat deb qaralgandagina hal qilinishi mumkin hisoblanadi. Mazkur masalaga hukumatimiz alohida eʼtibor berib, barcha hujjatlarda jinoyatchilikka, shu oʻrinda zoʻravonlik va tazyiqlarning oldini olish va unga qarshi kurash masalasini targʻib qilmoqda. Davlatimizning asosiy vazifasidan biri ham jamiyat hayotida qonunga rioya etishni kuchaytirish va mustahkamlash, sud, prokuratura, adliya va ichki ishlar organlarining bu boradagi masʼuliyatini oshirish yoʻlida olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish hamda samaradorligini oshirishdan iboratdir. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, aybdor va jabrlanuvchi shaxs oʻrtasidagi oʻziga xos munosabatlar huquqbuzarlik sodir etilishining omili sifatida kriminologiyada qadimdan alohida eʼtiborni oʻziga jalb etib kelgan. Kriminologik adabiyotlarda jabrlanuvchini jinoyatning yuzaga kelishidagi asosiy omil deb koʻrsatib, sodir etilgan jinoyatdan jabr yetkazuvchi shaxs va uning jabrlanuvchisi oʻrtasidagi oʻziga xos munosabat oqibati ekanligi taʼkidlangan. Viktimologiya jabrlanuvchi haqidagi taʼlimot boʻlib, uning predmeti “ayblanuvchi- jabrlanuvchi oʻrtasidagi bogʻliqlikni tashkil etuvchi munosabatlar hisoblanadi” [1]. Viktimolog olimlarning fikricha, Gʻarbda viktimologiya alohida yoʻnalish sifatida, avvalo, kriminologik tadqiqot va izlanishlar doirasida paydo boʻlib, soʻng alohida mustaqil tarmoq sifatida ajrab ketishiga: jamiyatdagi ijtimoiy va siyosiy oʻzgarishlar; ijtimoiy koʻmak va moliyaviy yordam tizimining qisqarishi, ishsizlikning oʻsib ketishi; qonunda viktimlashgan shaxsga jinoyat natijasida yetkazilgan zararni qoplash kafolatlarining kamayishi; jamiyatda inson huquq va erkinliklariga eʼtiborning oʻsishi; shaxsga qarshi jinoyatlar sonining ortishi; jinoyatlar profilaktikasi choralari faqatgina jinoyatchining faolligini kamaytirishi va oldini olishga qaratilgan fikrlarni oʻzgarishi [2] kabi omillar sabab boʻlmoqda. Viktimologiya yangi ilmiy yoʻnalish sifatida jinoyatchi va jinoyat qurboni xulq- atvorining dinamik tarzda rivojlanishini oʻrganishda yangi imkoniyatlar yaratadi, bunda jinoyatchi va qurbonning tashabbusi yoki javob sifatidagi taʼsiri, ular oʻrtasidagi xatti- harakatlar, maʼlum toifadagi shaxslarning viktimlikka moyilligi, jinoyat qurbonlarining tiplari va turlarini aniqlash imkonini paydo qiladi [3]. 397 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 05 (2025) / ISSN 2181-1415 Viktimologiya – bu kriminologiyaning “alohida ildiz otgan tomiri”, kriminologiya, psixologiya, sotsiologiya va pedagogikaning ayrim jihatlarini oʻz ichiga olgan ilmiy yoʻnalishidir. Jinoyat qurboni haqidagi fan sifatida viktimologiyaning asl oʻrni hanuzgacha aniq emas, kelajakda u mutlaqo boshqacha koʻrinish olishi ham mumkin [4], deb taʼkidlaydi I.A. Fargo. S.B. Xoʻjaqulov “Viktimologiya oʻz mazmuniga koʻra, nafaqat huquqbuzarlik natijasida yetkazilgan zararni oʻrganadi, balki turli voqea-hodisalar natijasida yetkazilgan zararni ham oʻrganadi [5]”, deb taʼkidlaydi. Shulardan kelib chiqib, viktimologiya jabrlanuvchi shaxsini oʻrganishda faqatgina jinoiy yoki boshqa turdagi huquqbuzarliklarni emas, balki har xil salbiy holatlar, voqea-hodisalarni ham qamrab oladi. Bugungi kunda jinoyatlarning viktimologik tahliliga katta eʼtibor qaratilyapti. Bu kabi muammolar adabiyotlarda turli jihatlarga qarab talqin qilinmoqda [6]. Keng maʼnoda viktimologiya inson haqidagi ilmiy soha boʻlib, unda jabrlanuvchining xulq-atvori xavfli vaziyatlarni keltirib chiqarib, jinoyatlar yoki tasodifiy nokriminal hodisalar jabrlanuvchisiga aylanish ehtimolini oshiradi. Viktimologiya, xavfsizlik talablari va standartlaridan chetga chiqadigan xulq-atvorga ega inson haqidagi fan ekani xususidagi fikrlar jamiyatshunos olimlar oʻrtasida keng urf boʻlgan [7]. Viktimologiya yangi ilmiy yoʻnalish sifatida jinoyatchi va jinoyat qurboni xulq- atvori dinamik tarzda rivojlanishini oʻrganishda yangi imkoniyatlarni yaratdi. Bunda jinoyatchi va jabrlanuvchining tashabbusi yoki javob sifatidagi taʼsiri, ular oʻrtasidagi xatti-harakatlar, maʼlum toifadagi shaxslarning viktimlikka moyilligi, jinoyat jabrdiydalarining tiplarini va turlarini aniqlash imkonini paydo qiladi [8]. Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligida “huquqbuzarlikdan jabrlanuvchi” deb jismoniy, maʼnaviy yoki mulkiy zarar yetkazilganligi oqibatida huquqbuzarlikdan jabrlangan shaxs” tushuniladi. Oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan huquqbuzarliklar, shu jumladan jinoyatlardan jabrlangan shaxslarnin

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье анализируются вопросы, связанные с обвиняемый, характеристикой женщин, являющихся жертвами виктимология, угнетения и насилия.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье анализируются вопросы, связанные с обвиняемый, характеристикой женщин, являющихся жертвами виктимология, угнетения и насилия. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open access article under the Attribution 4.0 International, женщины, violence, viktimologiya, family, viktimlik, jabrlanuvchi, обвиняемый, семья, xotin-qizlar huquqlari, pressure, victim, насилие, oila, жертва, tazyiq, виктимизация, Accused, наказание, права, victimology, punishment, виктимология, victimhood, zoʻravonlik, Ayblanuvchi, women's rights, угнетение, jazo
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники