Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Взаимоотношения руководителя и подчиненных в сфере управления
Bobur AKHMEDOV · June -/© in Science LLC. (Nordic International University)
Общество и инновации · 6 · 373-377 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В научной статье рассматриваются такие вопросы, как руководитель, взаимоотношения руководителя и сотрудника, образ работник, современного руководителя, недостатки в сфере управления, предприятие, моральная этика руководителя, которые стали одними из правила управления, моральные ценности, самых актуальных тем на сегодняшний день. служебная этика, правила управления, дисциплинарное взыскание. Boshqaruv jarayonida rahbar va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlar tashkilotning samarali ishlashi va ijobiy muhit yaratishda muhim ahamiyatga ega. Bu munosabatlar ishchilarni rag‘batlantirish, ularning motivatsiyasini oshirish va tashkilot maqsadlariga erishishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shu sababli, rahbar va xodimlar o‘rtasidagi samarali aloqa va o‘zaro ishonch boshqaruv jarayonining asosiy omillaridan biridir. Rahbar va xodimlar o‘rtasidagi ziddiyat sabablari orasida obyektiv va subyektiv sabablar mavjud. Obyektiv sabablarga quyidagilar kiradi. Munosabatlarning subordinatsiyali tabiati, o‘zaro ta’sirning yuqori intensivligi, ish joyidagi nomutanosiblik, tashkilotdagi ish joylari bilan bog‘liq aloqalarning nomuvofiqligi, ijtimoiy va kasbiy moslashuvning murakkabligi, amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi, boshqaruv qarorlari. Boshqaruv va shaxsiy shartlar vertikal nizolar uchun subyektiv shartlarni tashkil qiladi. Nizolarning oldini olish boshqaruv faoliyatini malakali tashkil etishga, qarama-qarshiliksiz o‘zaro munosabatlarga va xodimlar bilan muloqotga yordam beradi. Rivojlangan mamlakatlar korxonalari tajribalari shuni ko‘rsatadiki, har bir jamoaning ko‘p yillik axloqiy qadriyati, aniqrog‘i or-nomusiga, sha’niga aylangan mafkurasi mavjud. Bunday mafkuraviy tamoyillar vatanparvarlikka sodiqlik, milliy g‘urur, kuchli tartib va intizom, adolat, tenglik, insonparvarlik, korxona an’analarini mustahkamlash, ishlab chiqarish sur’atlarini oshirish, jamoaning farovonligini ta’minlash, uning rivojiga fidoyilik bilan xizmat qilish kabi g‘oyalarda o‘z ifodasini topadi. Ta’kidlash lozimki, barcha jamoalarda ham axloqiy qadriyatlar an’ana sifatida shakllangan deb bo‘lmaydi. Ayrim hollarda, ko‘proq tanish-bilish, oshna-og‘aynigarchilik, axloqsiz munosabatlar ustuvorlik qilib kelgan bo‘lishi mumkinki, bunday hollarda rahbar axloqiy qadriyatlarni ishlab chiqarish munosabatlariga joriy etish choralarini ko‘rishi lozim bo‘ladi. Mavjud holat bilan murosa qilish yohud unga izn berish rahbar axloqining zaifligidan dalolat beradi. Axloqiy jihatdan e’tiqodli rahbar, birinchi o‘rinda, jamoaning axloqiy qadriyatlar falsafasini shakllantirishga ahamiyat qaratadi, mavjudlarini mustahkamlaydi. Jamoada mazkur falsafaga e’tibor bermaslik jamoaning ma’naviy qiyofasini, uning sha’ni va qadr-qimmatini mavhumlashtirishga olib keladi. Natijada majburiyat oldidagi mas’uliyat ham nisbiy ko‘rinish kasb etadi. Axloqiy qadriyatlar falsafasi jamoaning tashkiliy va butun ishlab chiqarish munosabatlarida o‘z ifodasini topishi kerak. Jumladan, xodimlar uchun shtatlar jadvali asosida belgilangan huquqlar va imtiyozlarda, o‘zaro manfaatli shartnomalarda namoyon bo‘ladi. Shartnoma tomonlar 374 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 05 (2025) / ISSN 2181-1415 uchun majburiyat va mas’uliyat yuklaydi. Bunday mas’uliyat ishchi o‘rinlariga munosib xodimlarni taklif etish ehtiyojini tug‘diradi, mehnat intizomini mustahkamlaydi. “Rahbar va xodimlar munosabatlari boshqaruvning turli nazariyalarida muhim o‘rin tutadi. Masalan, insoniy munosabatlar maktabi rahbarning ishchilar bilan muloqoti va ularning ijtimoiy ehtiyojlariga e’tibor qaratishni ta’kidlaydi”[1]. Bu yondashuv rahbarning faqat topshiriqlar berish emas, balki xodimlarning hissiyotlari va talablarini inobatga olishi lozimligini ko‘rsatadi. Shuningdek, ishga qabul qilish, vazifasidan ozod qilish, ish vaqti, dam olish, ma’muriyat va xodimlarning asosiy vazifalari, rag‘batlantirish va ma’muriy javobgarlikka tortish, hayfsan e’lon qilish va boshqa muhim umumiy faoliyat tartibotlari boshqaruv reglament mezonlarini belgilaydi. “Zamonaviy boshqaruvda rahbarning kommunikativ qobiliyatlari va empatiyasi muhim sanaladi. Samarali muloqot xodimlarning ishtirokini oshiradi va muammolarni tezda hal qilishga yordam beradi. Shuningdek, rahbar va xodimlar o‘rtasida ochiq va samimiy munosabatlar tashkilotdagi ishonch va jamoaviy ruhni kuchaytiradi”[2]. Boshqaruv reglamentining asosiy parametrlarining ishlab chiqilishi va uning amaliyligini ta’minlashga erishish jamoada axloqiy muhitni mustahkamlashga va pirovard natijada ishlab chiqarish salohiyatining o‘sishiga olib keladi. “Boshqaruv reglamenti quyidagi tamoyillarda namoyon etiladi: axloqiy qadriyatlar falsafasi, attestatsiya o‘tkazish nizomi, ichki mehnat tartib-qoidalari, bo‘limlar to‘g‘risida nizom, rahbar lavozimlar to‘g‘risida instruksiya, xodimlar bilan mehnat shartnomalari, ish haqi to‘lash nizomi, moddiy javobgarlik to‘g‘risida nizom, xizmat siri t
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В научной статье рассматриваются такие вопросы, как руководитель, взаимоотношения руководителя и сотрудника, образ работник, современного руководителя, недостатки в сфере управления, предприятие, морал…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В научной статье рассматриваются такие вопросы, как руководитель, взаимоотношения руководителя и сотрудника, образ работник, современного руководителя, недостатки в сфере управления, предприятие, морал… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- This is an open access article under the Attribution 4.0 International, leader, employee, служебная этика, axloqiy qadriyatlar, xizmat etikasi, руководитель, предприятие, disciplinary measures, management regulations, дисциплинарное взыскание, правила управления, работник, korxona, enterprise, boshqaruv nizomlari, intizomiy chora, xodim, rahbar, ethical values, boshqaruv reglamenti, professional ethics, administrative rules, моральные ценности
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026