Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAHALLIY BUDJETLARNING NAZARIY HAMDA ILMIY ASOSLARI
Insights Across the Disciplines · Raxmonova Shoxista Sherqulovna
SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 2 · 2024
Аннотация
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida 2020–2024-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi doirasida mahalliy budjetlar barqarorligini ta’minlashga doir masalalar yoritilgan. Xususan, budjet qoidalari va fiskal intizomni kuchaytirish orqali makroiqtisodiy muvozanatga erishishning nazariy va amaliy asoslari ko‘rib chiqilgan. Mahalliy budjetlarning iqtisodiy mohiyati, ularning daromad va xarajat komponentlari, soliqqa tortish tizimi, budjet barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Budjet barqarorligini ta’minlashda turli iqtisodchi olimlarning ilmiy qarashlari, jumladan A. Smit, D. Rikardo, J. Keyns va boshqalar tomonidan ilgari surilgan konsepsiyalar o‘rganilgan. Shuningdek, mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash yo‘llari, jumladan, daromad bazasini tabaqalashtirish, moliyaviy mustaqillik va fiskal barqarorlikni ta’minlashning zamonaviy yondashuvlari muhokama qilingan. Kalit so‘zlar: mahalliy budjetlar, budjet barqarorligi, fiskal siyosat, budjet intizomi, daromad komponenti, xarajat komponenti, makroiqtisodiy muvozanat, davlat moliyasi, fiskal qoida, iqtisodiy nazariya, soliq siyosati, davlat qarzi, budjet tizimi, moliyaviy barqarorlik Maʼlumki, 2020-2024-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasida mahalliy budjetlar barqarorligini taʼminlashga qaratilgan budjet qoidalarini kuchaytirish bilan birgalikda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan budjet intizomi qoidalariga qatʼiy rioya qilish masalalari1 koʻzda tutilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli ortib bormoqda. Ayniqsa, mahalliy darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Shu munosabat bilan, davlat moliyaviy tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida mahalliy budjetlar alohida o‘rinni egallaydi. Ular aholiga yaqin bo‘lgan davlat xizmatlarini moliyalashtirish, hududiy infratuzilmani rivojlantirish va ijtimoiy himoya choralarini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun mahalliy budjetlarning nazariy 1 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―2020-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida‖gi 506-sonli Qarori. Toshkent sh., 2020-yil 24- avgust. 212 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024 asoslarini chuqur o‘rganish nafaqat amaliy, balki ilmiy nuqtai nazardan ham dolzarb hisoblanadi. Budjet qoidasining bosh va strategik maqsadi budjet siyosati instrumentlari orqali makroiqtisodiy muvozanatga taʼsir etish pirovardida budjet barqarorligini taʼminlash hisoblanadi. Fiskal qoida “Budjet barqarorligi” va “Makroiqtisodiy muvozanat” kabi oʻzaro tasirchan va ichki aloqador makroiqtisodiy maqsadlar mushtarakligini taʼminlashning obyektiv qonuniyatlarini oʻzida mujassamlashtiradi. “Budjet barqarorligi” va “Makroiqtisodiy muvozanat” kabi oʻzaro tasirchan va ichki aloqador makroiqtisodiy maqsadlarga asoslangan samarali budjet siyosatini olib borish uchun, avvalo, “Budjet barqarorligi” tushunchasi va uni taʼminlashning islohotlar zamonaviy talablari asosidagi yangi vazifalar sharoitida teran anglab yetish taqozo qilinadi. Mahalliy budjet – davlat budjetining tegishli viloyat tuman, shahar pul mablag`lari jamg`armasini tashkil etuvchi bir qismi bo`lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag`lar sarfi yo`nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Mahalliy budjetlarning iqtisodiy mohiyatiga to`xtaladigan bo`lsak ularning mohiyati uning vazifalarida namoyon bo`ladi. (1.1-rasm). 1.1-rasm. Mahalliy budjetlarning vazifalari2 Mahalliy budjetlar umumdavlat iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarini amalga oshirishda, birinchi navbatda davlat mablag`larini taqsimlash va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu mablag`lar tuman, shahar budjetlarini o`z ichiga oluvchi mahalliy budjetlar tizimi orqali o`tadi. 2 Qosimova G.A.: ‘Mahalliy budjetlarni tuzish va ijrosini ta`minlash”, o`quv qo`llanma. -T.: “Iqtisod-Moliya”, 2024, 159-bet. 213 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024 Budjet tizimi bog`inlari o`rtasida umumdavlat pul resurslarini taqsimlash asosida mahalliy budjetlar mustaqilligi va ularni davlat tomonidan moliyaviy qo`llab- quvvatlash tamoyili yotadi. Ulardan kelib chiqqan holda mahalliy budjetlar tartibga soluvchi daromad manbalari hisobiga shakllantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati organlari moliyaviy va budjet barqarorligini tavsiflash boʻyicha mahalliy olimlarning mavjud yondashuvlarida tadqiqot obyekti ularning budjetlari boʻli
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida 2020–2024-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi doirasida mahalliy budjetlar barqarorligini ta’minlashga doir masalalar yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida 2020–2024-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi doirasida mahalliy budjetlar barqarorligini ta’minlashga doir masalalar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- budjet tizimi, xarajat komponenti, mahalliy budjetlar, soliq siyosati, davlat moliyasi, moliyaviy barqarorlik, iqtisodiy nazariya, makroiqtisodiy muvozanat, budjet barqarorligi, davlat qarzi, fiskal siyosat, fiskal qoida, daromad komponenti, budjet intizomi
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025