К содержанию
РецензированоUZ2024

BOSHLANGʻICH SINFLARDA MATEMATIKADAN SINFDAN TASHQARI MASHGʻULOTLARNI TASHKIL ETISH

Insights Across the Disciplines · Xurramova Sanobar Maxmadmurod qizi · Zaripova Maftuna Zokir qizi

SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 2 · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashda sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning ahamiyati yoritilgan. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar bolalarda matematikaga nisbatan qiziqish uyg‘otish, ularning fikrlash doirasini kengaytirish, mantiqiy va ijodiy tafakkurini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Maqolada bunday mashg‘ulotlarni tashkil etishning samarali shakl va metodlari — matematik o‘yinlar, viktorinalar, topqirlikka oid mashqlar, guruhli ishlanmalar va loyihaviy faoliyatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalari, amaliy masalalarni yechishdagi faolligi va ijtimoiy faolati qanday rivojlanishi haqida amaliy tavsiyalar berilgan. Kalit soʻzlar: boshlang‘ich ta’lim, matematika darsi, sinfdan tashqari mashg‘ulot, metodika, didaktik o‘yinlar, ijodiy fikrlash, mantiqiy tafakkur, matematik savodxonlik, qiziqish uyg‘otish. Boshlangʻich ta’lim jarayonida matematika fani o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, tahlil qilish, umumlashtirish kabi muhim ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar esa o‘quv dasturini boyitish, bilimlarni mustahkamlash va qiziqishni oshirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, bugungi zamonaviy taʼlimda matematika faniga boʻlgan qiziqishni oshirish uchun sinfdan tashqari mashgʻulotlarni samarali tashkil etish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Yosh avlodni hozirgi zamon fani asoslari bilan qurollatirish orqali ularning aqliy jihatdan maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta’lim maktablari oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. O‘quvchilar yuqori sinflarda matematika, fizika, ximiya va boshqa fanlarni yaxshi o‘zlashtirishlari uchun boshlang‘ich sinflarda matematika fanini puxta egallashi va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishlari kerak. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning ma’lumotini oshirish va darslarni o‘zlashtirish 125 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024 darajasini ko‘tarishga ko‘maklashishi uchun, boshlang‘ich maktabda sinf mashg‘ulotlari bilan bir qatorda sinfdan tashqari ishlarni ham o‘tkazish zarur. Sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ishlar bolalar bilan olib boriladigan ta’lim- tarbiya ishlarining ajralmas qismi bo‘lishi bilan birga, o‘quvchilarni bilimga va mehnatga bo‘lgan havaslarini ortiradi, shuningdek, o‘zlashtirish sifatini oshirishga va xulqini yaxshilashga ta’sir etadi. Matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar deganda o‘quvchilarni matematik bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida tashkil qilingan mashg‘ulotlarni tushunamiz. Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi o‘quvchilardagi fanga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini to‘ldiruvchi va chuqurlashtiruvchi matematik bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan iborat. Boshlang‘ich maktabda sinfdan tashqari ishlar sinf ishlari bilan mustahkam bog‘langan bo‘lib, sinf ishlarining davomi bo‘ladi, ayrim vaqtlarda esa uni chuqurlashtiradi. Sinfdan tashqari ishlarning ikki turini bir-biridan farqlash lozim. Uning birinchisi dastur materialini o‘zlashtirishda orqada qoladigan o‘quvchilar bilan ishlash, bunga qo‘shimcha dars va konsultatsiyalar kiradi. Ikkinchisi, matematikani o‘rganishga qiziquvchi o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar. Ma’lumki birinchi tur mashg‘ulotlar hozirgi vaqtda barcha maktablarda mavjud. Bunda mashg‘ulotlarni 3-4 o‘quvchidan iborat kichkina guruhlar bilan haftada bir marta o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Odatda sinfdan tashqari ishlar deyilganda ko‘proq ikkinchi turdagi ishlar nazarda tutiladi va ular asosan quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi: 1. O‘quvchilarda matematika va uning tadbiqlariga qiziqish uyg‘otish; 2. O‘quvchilarning matematikadan dastur bo‘yicha bilimlarini kengaytirish; 3. Matematik fikrlash madaniyatini tarbiyalash; 4. O‘quvchilarni matematikadan ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ishlashga o‘rgatish; 5. O‘quvchilarning matematikaning tarixiy-ilmiy qimmati haqidagi, matematika maktabining dunyo fani orasidagi roli xaqidagi tasavvurlarini kengaytirish. Bu maqsadlarning bir qismi dars paytida amalga oshiriladi, ammo dars vaqti chegaralanganidan, uning anchagina qismini sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Maktab tajribasida matematikadan kichik yoshdagi o‘quvchilar bilan bajariladigan sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi: 126 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024 1. Qiziqarli matematika soatlari va minutlari; 2. Matematik to‘garaklar uyushtirish; 3. Matematika gazetasi chiqarish; 4. Ekskursiya o‘tkazish; 5. Matematik burchak tashkil qilish; 6. Matematika kechalari o‘tkazish; 7. Boshlang‘ich maktablarda matematika olimpiadasi o‘tkazish. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish asosida quyidagi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashda sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning ahamiyati yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashda sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijodiy fikrlash, sinfdan tashqari mashg‘ulot, metodika, matematika darsi, matematik savodxonlik, qiziqish uyg‘otish., mantiqiy tafakkur, boshlang‘ich ta’lim, didaktik o‘yinlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники