Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KREATIVLIK PARADIGMASI: SAN’AT, IQTISODIYOT VA IJTIMOIY O‘ZGARISHLARNING CHORRAXASI
Insights Across the Disciplines · O‘ZGARISHLARNING CHORRAXASI · Jumanazarov Zohidjon Eldor o‘g‘li
SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 2 · 2024
Аннотация
Mazkur maqola madaniy va kreativ industriyalar rivojlanishining geneologik asoslarini tahlil qiladi. Madaniy ta’minot va avtonom san’atning kapitalistik jamiyatdagi o‘rnini qayta ko‘rib chiqiladi. Kreativ industriyalar oddiy iqtisodiy soha emas, balki yangi madaniy-estetik tuzilmalar, hayot tarzi, mehnat etikasi va ijtimoiy intilishlar bilan bog‘liq murakkab fenomen sifatida talqin etiladi. Kalit so‘zlar: kreativlik, madaniy transformatsiya, ijtimoiy innovatsiya, post- industrial jamiyat. “Jamoaviy iste’mol” atrofidagi talablar madaniy ta’minotga ham kengaytirildi, shuningdek, resurslar ustidan ko‘proq mahalliy nazorat qilish talabi ham ilgari surildi. Bunday kengaygan madaniyat “estetik” tus oldi – ya’ni yanada avtonom, tushunarsizroq, siniqroq va “asosiy oqim” madaniyatiga nisbatan qattiqroq bo‘ldi. Bu oddiygina murakkab modern san’at shakllarini takrorlash emas edi, balki bu “kapitalizmning badiiy tanqidi” degan transformatsiyaviy va’da doirasidagi harakat edi. Bu tanqid ijtimoiy adolatsizlikka urg‘u beruvchi emas (garchi u buni inkor qilmasa ham), balki kapitalizm insonlarga mazmunli hayotni va’da qilgan, avtonom san’at asarida mujassam bo‘lgan hayotiy istaklarni qondira olmasligiga urg‘u beruvchi tanqid edi. Remboning “hayotni o‘zgartirish” chaqirig‘i nafaqat Jozef Boyz (Joseph Beuys)da, balki Punk va Post-Punk madaniy oqimlarida ham aks etdi. Bundan tashqari, bu “badiiy tanqid” endi faqat san’atkorlar doirasida cheklanib qolmadi; dastlab yangi mehnat talablari, martaba va ijtimoiy urf-odatlarga, hayot yo‘li (life-course)ga nisbatan yangi munosabatlarni olib keldi – garchi keyinchalik bu “bohem turmush tarzi”ga qisqartirib qo‘yilgan bo‘lsa-da. Ayniqsa, urban markazlarda katta o‘zgarish yuz berdi: mazmunli hayotga bo‘lgan talablar yangi turdagi iste’mol va ishlab chiqarish madaniyatlarini vujudga keltirdi. Biz yangi bir habitusning paydo bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin – unda yangi madaniy intilishlar shakllandi, bu intilishlarni o‘zlashtirish va ularni daromadga aylantirish yo‘llari o‘rgatildi[2]. Umumiy, mazmunli va demokratik madaniyatga bo‘lgan ushbu intilishlar hamda foydali va mazmunli mehnat imkoniyatlari “madaniyat industriyai” degan 98 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 6 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024 atamaga utopik ruh bag‘ishladi. Bu esa uni faolchilar, akademiklar va siyosatchilar nazarida, mutlaqo boshqa siyosiy davrda, umidlar ramziga aylantirdi. Unda, “kreativ industriyalar” kun tartibi qayerdan paydo bo‘ldi? Madaniyat industriyalari odatda chap qanot siyosatiga ega hukumatlar bilan bog‘langan bo‘lsa-da, kreativ industriyalar haqida bunday deyish mumkin emas. Buyuk Britaniyaning “Yangi Leyboristlar” hukumatining 1998-yilda (DCMS) bu atamani muomalaga kiritishi (va bu bilan 1994-yilda Avstraliya bosh vaziri Pol Kitining Creative Nation dasturidan jiddiy ilhom olganini) ko‘rish mumkin. Ammo, masalan, Avstraliyada kreativ industriyalar siyosati ko‘proq neo-liberal qarashdagi Xoward hukumati bilan bog‘langan. Garchi bu siyosatning qarama-qarshi partiyaviy ildizlari ishonchsizlik uyg‘otsa-da, uni Buyuk Britaniyada Konservatorlar, Avstraliyada esa Leyboristlar qabul qilgan. Yevropaning turli davlatlarida esa har xil siyosiy partiyalar ushbu siyosatni o‘zlashtirgan; shuningdek, Xitoy, Sharqiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrikaning ayrim hududlarida ham bu siyosat tezda tarqaldi. Bu esa yana “bo‘sh ishora” (empty signifier) holatini eslatadi. Unda bu atama aslida nimani anglatadi? Uning eng ravshan ishoralaridan biri – bu “zamonaviylik” yoki “kelajak”dir; biroq biz bu ishoralar o‘zlari ham bo‘sh ekanligini, va ular siyosiy tortishuvlar ob’ekti bo‘lib kelganini ko‘rishimiz mumkin, ayniqsa “konservativ” partiyalar neo-liberal modernizatorlarga aylanganidan buyon. Shunga qaramay, kreativ industriyalarning ko‘p ma’noliligi (polivalentligi) ichida biz madaniy modernizm ustidan ilgari faqat chap qanot egalik qilgan da’volarning endi o‘ng yoki neo-liberal siyosatchilar tomonidan ham ilgari surilayotganini ko‘ramiz. Avvalroq tilga olinganidek, kreativ industriyalar madaniyatni faqat iqtisodga qisqartirib ko‘rsatmoqda, degan fikr mavjud. Ammo bu holatni haddan tashqari soddalashtirish bo‘ladi – chunki bu yangi turdagi madaniyat va yangi turdagi iqtisodiyotdir. 1980–90-yillarda madaniy industriyalar doirasida “yangi madaniy iqtisodiyot” haqidagi da’volar mavjud edi; aynan 1998-yilda Buyuk Britaniyada kreativ industriyalar siyosati yangi darajada siyosiy maqomga ega bo‘lib, kabinet darajasidagi vazir tomonidan ishga tushirildi – bu vazir lavozimida ilk bor “madaniyat” so‘zi ishlatilgan (avvalgi “san’at” yoki “meros” o‘rniga). Bu voqea 1960-yillardan keyingi madaniy yangilanishni va yangi madaniy-iqtisodiy sektorga bo‘lgan ijtimoiy e’tirofni yaqqol ifodalagan edi. Bu yangi tashqi olamni targ‘ib qilish – eski “haqiqiy industriya/haqiqiy ish” va davlat tomonidan moliyalashtirilgan san’at elitalariga qarshi turis
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqola madaniy va kreativ industriyalar rivojlanishining geneologik asoslarini tahlil qiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqola madaniy va kreativ industriyalar rivojlanishining geneologik asoslarini tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijtimoiy innovatsiya, madaniy transformatsiya, kreativlik, post-industrial jamiyat.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025