Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XASHAKI LAVLAGI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
UZBEKISTAN” JURNALI
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025
Аннотация
Beetroot (Beta vulgaris L. subsp. vulgaris var. crassa) is a root crop with high nutritional value, rich in energy for animals. It plays an important role in the formation of sustainable feed for livestock farms. This article analyzes the optimal planting dates and methods of beetroot, row spacing, timely and correct implementation of agrotechnical measures, irrigation and mineral feeding systems on a scientific basis. Keywords: Beetroot, planting dates, seedling thickness, yield, mineral fertilizers, livestock farming. 637 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Kirish. Mamlakatimizda chorvachilik tarmog‘ini intensiv rivojlantirish va hayvonlar uchun yuqori sifatli ozuqa bazasini shakllantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, energiyaga boy va hazm bo‘lishi yuqori bo‘lgan ildizmevali yem-xashak ekinlarining ulushi chorva mahsulotlari ishlab chiqarish hajmiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shunday ekinlardan biri – xashaki lavlagi (Beta vulgaris L. subsp. vulgaris var. crassa) bo‘lib, u yuqori hosildorligi, agrotexnikasi va yuqori ozuqaviy qiymati bilan ajralib turadi. Xashaki lavlagi ildizmevasi va barg massasida yuqori miqdorda uglevodlar, vitaminlar va mikroelementlar bo‘lganligi sababli qoramollar, otlar, qo‘ylar va parrandalar uchun muhim yem sifatida xizmat qiladi. Shu bilan birga, uning yetishtirish texnologiyasini ilmiy asosda mukammallashtirish orqali hosildorlikni oshirish, ozuqa sifati va miqdorini barqaror ta’minlash mumkin. Tadqiqotning asosiy maqsadi – xashaki lavlagi yetishtirishda agrotexnik tadbirlarning optimal tizimini ishlab chiqish va ularning hosildorlikka ta’sirini o‘rganishdir. Tadqiqotning vazifasi ekish muddatlari, ekish usullarini, sug‘orish, oziqlantirish, begona o‘tlar bilan kurash tadbirlarining samaradorligini baholash, ildizmeva, barg massasining hosildorlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilishdan iborat. Xashaki lavlagi – ikki yillik o‘simlik bo‘lib, birinchi yili ildizmeva va barg massasini hosil qiladi, ikkinchi yili esa urug‘ yetishtiriladi. Ildizmevasi konussimon, silindrsimon yoki yumaloq shaklga ega bo‘lib, rangi ko‘pincha oq yoki och pushti bo‘ladi. Sovuqqa chidamli bo‘lib, -2 -4 °C sovuqqa bardosh beradi. Eng yaxshi o‘sish harorati 18-22 °C oralig‘ida bo‘ladi. Qurg‘oqchilikka chidamsiz, ayniqsa ildizmeva hosil bo‘lish davrida. Yorug‘sevar ekin hisoblanadi, soya joylarda ildiz rivojlanishi sekinlashadi.Yuqori unumdor, yengil mexanik tarkibli, neytral yoki zaif ishqoriy pH ga ega yuvilgan bo‘z tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Tadqiqot ishlari 2024-yil vegetatsiya mavsumida Xorazmning tipik sho‘rga moyil bo‘lgan sug‘oriladigan tuproqlarda olib borildi. Tajriba uchastkasi qator oraliqli usulda ekilib, ekish normasi har gektarga 10-12 kg urug‘ni tashkil etdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xashaki lavlagi eng yaxshi natijalarni erta bahorgi ekishda, unumdor va o‘rtacha quvvatdagi kuchsiz sho‘r yuvilgan bo‘z tuproqlarda ko‘rsatdi. Ekish chuqurligi 3-4 sm bo‘lishi, qator oraliqlari esa 45-60 sm etib tanlangan hollarda ildizmeva to‘liq rivojlandi va hosil sifati yuqori bo‘ldi. Sug‘orish tartibi o‘simlikning vegetatsiya bosqichlariga qarab 6-8 marta olib borildi. Har bir sug‘orishdan so‘ng ishlov berish va begona o‘tlardan tozalash ildiz 638 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 hosilining to‘g‘ri shakllanishiga yordam berdi. Ekish muddati (10-20 aprel), ko‘chat qalinligi (60x30, 60x20), mineral o‘g‘itlashda 150-200 kg/ga azot, 140-120 kg/ga fosfor va 70-90 kg/ga kaliy qo‘llanganda hosildorlik 350-439 s/ga gacha yetdi. Barg massasining oziqlik qiymati ham yuqori bo‘lib, ayniqsa namlik yetarli bo‘lgan yillarda bu qiymat sezilarli oshdi. Hosil yig‘imi kech kuzda, ildizmevalar to‘liq pishib yetilganda amalga oshirildi. Xulosa. Xashaki lavlagi yetishtirishda ekin joylashtirish va agrotexnik tadbirlarning ilmiy asosda olib borilishi hosildorlik va ozuqa sifatini oshiradi. Optimal ekish muddati va qator oraliqlari ildizmeva shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu texnologiya fermer xo‘jaliklarida barqaror ozuqa manbaiga erishish va chorvachilik mahsuldorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Allen, R. G., et al. (1998). Crop water requirements: FAO Irrigation and Drainage Paper 56. FAO, Rome. 2. Sallam, M., & Nasser, M. (2020). Fodder beet as a source of forage in Syria. Agricultural Science Review, 15(3), 89–97. 3. Masri, M. I., et al. (2014). Fodder beet yield and quality under different sowing dates and boron application. Egyptian Journal of Agronomy, 36(2), 123– 134. 4. Chakwizira, S. J., et al. (2014). Effect of sowing date and density on dry matter yield of fodder beet. New Zealand Journal of Agricultural Research, 57(4), 316–325. 5. Abd El-Hady, M., & El-Sayed, S. (2016). Evaluation of fodder beet varieties under saline con
Доказательный фрагмент
«Beetroot (Beta vulgaris L. subsp. vulgaris var. crassa) is a root crop with high nutritional value, rich in energy for animals. It plays an important role in the formation of sustainable feed for livestock farms. This…»
Образец извлечения
Демо-превьюBeetroot (Beta vulgaris L. subsp. vulgaris var. crassa) is a root crop with high nutritional value, rich in energy for animals. It plays an important role in the formation of sustainable feed for livestock farms. This… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Beetroot, planting dates, seedling thickness, yield, mineral, mineral o‘g‘itlar, ekish muddatlari, ko‘chat qalinligi, chorvachilik., hosildorlik, Xashaki lavlagi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025