Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Tabiiy ipakdan yangi turdagi to‘qimalar va ularni ishlab chiqarish takomillashtirilgan resurstejamkor texnologiyasini yaratishning nazariy asoslari
UZBEKISTAN” JURNALI · Xomidov Voxidjon Obidovich t.f.f.d., (PhD)
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025
Аннотация
; Ushbu maqolada tabiiy ipak asosida yangi turdagi to‘qimalarni ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish va resurs tejamkor, yuqori samarali texnologiyani yaratish masalalari yoritilgan. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan ilmiy va amaliy yondashuvlar tahlil qilingan. Kalit so‘zlar; tut, ipak qurti, pilla, sifatli xom-ipak, eksportbop, modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash, raqobatbardosh, sifatli mahsulot. Kirish. Milliy iqtisodiyotning eksportga yo‘naltirilgan tarmoqlaridan biri hisoblangan ipakchilik sanoatida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega. Tabiiy ipakning ekologik tozaligi, yengilligi va nafisligi uni xalqaro bozorda talabgir qiladi. Bu talabga javob berish uchun yangi texnologiyalar joriy etilishi, mahsulotlar assortimenti diversifikatsiya qilinishi lozim. Ishning dolzarbligi. To‘quv dastgohida mato hosil bo‘lish o‘rilishlarini aniqlash, to‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil yetish uchun muhimdir. Ishqalanish kuchlarining o‘zaro ta’siri va ip tizimlarining o‘zaro deformatsiyasi hodisalarining murakkabligi tufayli bu muammo hali universal shaklda analitik tarzda hal qilinmagan. Bizning tahlilimiz shuni ko‘rsatadiki, bozor iqtisodiyotining zamonaviy davrida va shiddatli raqobat kuchayib borayotgan davrda, sodir bo‘layotgan jarayonlarni iloji boricha real tavsiflovchi va ular asosida maqbul parametrlarni ishlab chiqadigan mato shakllanishining yangi matematik modelini ishlab chiqmasdan, mahsulotlarning raqobatbardoshligini va ularning jahon bozoriga chiqishini ta’minlash mumkin emas. 504 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Mamlakat mustaqilligiga erishilgandan keyin ipakchilik tarmog‘ida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirishga, yangi korxonalar qurish va mavjudlarini modernizatsiyalashga, jahon bozorida xaridorgir va raqobatdosh tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va ularning turlarini ko‘paytirishga qaratilgan keng ko‘lamli tarkibiy o‘zgartirishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga tut ipak qurti ozuqa bazasi va pilla xomashyosi yetishmasligi tarmoqni yanada rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda, buning natijasida respublika pillakashlik va shoyi to‘qish korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini xomashyo bilan ta’minlash darajasi pastligicha qolmoqda. Ipakchilik tarmog‘ini yanada isloh qilishni ta’minlash, ipakchilik sanoatini modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash va jadal rivojlantirish jarayonlarini faollashtirish uchun, pillani chuqur qayta ishlash negizida tashqi bozorda barqaror talab qilinayotgan, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish va tovarlar turini kengaytirish, shuningdek, tarmoqni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish lozimdir. Zamonaviy to‘qimachilik korxonalarida dastgohlar mashinasozligi sohasida dunyoning yetakchi mamlakatlaridan ishlab chiqilgan turli xil dastgohlarni ishlatishda iplarning kuchlanishini o‘rganish, uning yakuniy natijalari ipning uzilishini kamaytirishga erishilsa, dastgohning ish unumdorligi ko‘tarilsa shu bilan mahsulot sifati yaxshilanadi. Tadqiqot ishlari quyidagi bosqichlar bo‘yicha bajarilishi lozim: - tabiiy ipakdan to‘qimalar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha yangi nazariy va eksperimental tadqiqotlar natijalari olinadi; - xom ashyoni to‘qishga tayyorlashda ipak iplarini qayta ishlash texnologik jarayonlarini asosiy omillari aniqlanadi; - iplarni pishitish jarayoni o‘ramasini optimal turi aniqlanadi; - tabiiy ipakdan yangi turdagi ko‘ylakbop to‘qimalar strukturasi yaratiladi - tabiiy ipakdan to‘qimalar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha eksperimental tadqiqotlar natijalari olinadi; - xom ashyoni to‘qishga tayyorlashda ipak iplarini qayta ishlash texnologik jarayonlarini asosiy omillari aniqlanadi - tabiiy ipakdan yangi turdagi to‘qimalar ishlab chiqarish takomillashtirilgan resurstejamkor texnologiyasi yaratiladi; 505 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 - takomillashtirilgan texnologiya bo‘yicha yangi turdagi to‘qimalar namunalari ishlab chiqariladi, ularning sifat ko‘rsatkichlari va texnologiyaning ish samaradorligi baholanadi. Yangi texnologiya bo‘yicha tabiiy ipak to‘qimalarini tayyorlash jarayonlarini o‘ziga xos jixatlarini taxlili va tadqiqotida, yangi texnologiyani inobatga olgan xolda tabiiy ipak to‘qimalarini tayyorlash texnologik jixozlarini ish rejimlarini va maqbul omillarini ishlab chiqish va tabiiy ipakdan yangi turdagi ko‘ylakbop to‘qimalar strukturasini va ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish mumkin. Xulosa qilib aytish mumkinki, tabiiy ipakdan yangi tur
Доказательный фрагмент
«; Ushbu maqolada tabiiy ipak asosida yangi turdagi to‘qimalarni ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish va resurs tejamkor, yuqori samarali texnologiyani yaratish masalalari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превью; Ushbu maqolada tabiiy ipak asosida yangi turdagi to‘qimalarni ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish va resurs tejamkor, yuqori samarali texnologiyani yaratish masalalari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ipak qurti, sifatli mahsulot., pilla, raqobatbardosh, eksportbop, diversifikatsiyalash, tut, sifatli xom-ipak, modernizatsiyalash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025