Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MOLIYA BOZORINI RIVOJLANTIRISHDA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH YO’NALISHLARI
UZBEKISTAN” JURNALI
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025
Аннотация
Mazkur ilmiy tezisda moliyaviy texnologiyalardan foydalanish orqali kapital bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bayon etilgan. Respublikamizda kapital bozorini rivojlantirishga doir ilmiy takliflar ishlab chiqilgan. Xalqaro amaliyot tajribalariga doir ilmiy yondashuvlar yoritilgan. Tayanch so‘zlar: kapital bozori, moliyaviy texnologiyalar, qimmatli qog‘ozlar, aksiya, obligatsiya, fyuchers, forvard, xedjirlash amaliyoti. Bugungi kunda jahon va milliy amaliyotda amalga oshirilayotgan moliyaviy xizmatlar va pul mablag‘larini raqamlashtirish moliyaviy xizmatlar doirasi va samaradorligini kengaytirish hamda iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish uchun imkoniyatlar yaratmoqda. Mamlakatlar ushbu imkoniyatlardan foydalanishlari va xavfsiz moliyaviy innovatsiyalarni ishlab chiqish va qabul qilishni qo‘llab- quvvatlovchi va rag‘batlantiradigan iqtisodiy siyosatni amalga oshirishga alohida ahamiyat qaratmoqda. Jumladan O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyot raqamli texnologiyalarni rivojlantirish borasida qator islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi «Raqamli O‘zbekiston - 2030» Strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risidagi PF-6079-sonli farmonini qabul qilinishi yuqoridagi so‘zimizning tasdig‘idir. Mazkur farmonda respublikada raqamli industriyani jadal rivojlantirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Texnologik taraqqiyot moliyaviy kompaniyalar va moliya sektori imkoniyatlarini yanada oshirish bilan birga raqobat muhitini yanada jadallashishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Infratuzilmaning yangi turlari, xizmat ko‘rsatuvchi 481 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 provayderlar, mahsulotlar, biznes modellari va bozor tuzilmalari bozor konyunkturasini ko‘p jihatdan rivojlantirmoqda. Bunday sharoitda bozor konyunkturasining iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlariga mos kelishini ta’minlash zarur, chunki moliya sektori rivojlanishda davom etar ekan, qo‘shimcha xarajatlarni vujudga kelishi bilan birga iqtisodiy manfaatdorlikni oshishiga xizmat qiladi. Xalqaro amaliyot tajribalari ko‘rsatadiki, kapital bozorini rivojlantirishda moliyaviy texnologiyalarning ahamiyati yuqori bo‘lib, bu bir tomondan investorlar uchun moliyaviy imkoniyatlarni yanada oshirsa ikkinchi tomonidan kapital bozorida institutsional investorlar sonini oshishiga xizmat ko‘rsatadi. Amalga oshirilgan tadqiqot natijalaridan kelib chiqib aytish mumkinki, moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirishning drayver yo‘nalishlari quyidagilardan iborat. Birinchidan, moliyaviy xizmatlardagi texnologik innovatsiyalar (Fintech) moliyaviy mahsulotlarni, to‘lovlarni, biznes modellarini, bozor ishtirokchilari va tuzilmalarini va hatto pulning o‘zini o‘zgartiradi. COVID-19 pandemiyasi Fintechni amaliyotga tatbiq etishni tezlashtirdi. Fintechni joriy etish moliyaviy barqarorlik, moliyaviy jozibadorlik, moliyaviy inklyuzivlik, samaradorlik, innovatsiyalar va raqobat kabi asosiy iqtisodiy siyosat maqsadlariga erishishga ko‘maklashish orqali moliyaviy rivojlanishning yanada rivojlanishiga hissa qo‘shishi va raqamli iqtisodiyotning yanada rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratishi mumkin. Ikkinchidan, Fintech rivojlanishining joriy bosqichida ikkita asosiy drayverga ega: birinchisi mobil telefonlar, veb-qurilmalar va telekommunikatsiya tarmoqlari orqali aloqa xizmatlariga barcha joyda kira olish bo‘lsa ikkinchisi ma’lumotlarni hisoblash va saqlashning arzon usullarini mavjudligi. Birgalikda ular bulutli hisoblash kabi texnologiyalardan foydalanish imkonini beruvchi yangi biznes modellarining paydo bo‘lishi uchun sharoit yaratadi. Ushbu yutuqlarga asoslangan ilovalar, masalan, elektron tijorat va mobil ilovalar - foydalanuvchilar va tranzaksiyalar haqida katta hajmdagi ko‘plab ma’lumotlarni yaratadi. Ma’lumotlarni hisoblash va saqlashning arzon usullari qimmatli ma’lumotlarni olish uchun ushbu ma’lumotlarni oqilona tahlil qilish imkonini beradi. Uchinchidan, ushbu drayverlar moliyaviy xizmatlarning qiymat zanjirlarini qayta konfiguratsiya qilish uchun sharoit yaratmoqda. Ko‘p yillar mobaynida kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar yangi bozorlarga kirib borishi, reklamalarni amalga oshirish, bozorda o‘z o‘rnini topishi uchun yirik miqdordagi xarajatlar va inson omillari bilan bog‘liq harakatlarni talab qilar edi. Moliyaviy 482 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 texnologiy
Доказательный фрагмент
«Mazkur ilmiy tezisda moliyaviy texnologiyalardan foydalanish orqali kapital bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bayon etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur ilmiy tezisda moliyaviy texnologiyalardan foydalanish orqali kapital bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qimmatli qog‘ozlar, obligatsiya, moliyaviy texnologiyalar, forvard, kapital bozori, fyuchers, xedjirlash amaliyoti, aksiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024