К содержанию
РецензированоUZ2025

O’ZBEKISTONDA SOLIQ TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR

UZBEKISTAN” JURNALI · DJURAYEV ANVAR MEYLIEVICH

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025

Аннотация

O’zbekistonda soliq islohotlari amalga oshirilishi va natijalari tarixiy jarayoni tahlil qilingan. Kalit so’zlar: byudjet, soliqlar, soliq konsepsiyasi, soliq tizimi, soliq yuki, tadbirkorlik subyetlari Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar, yig’imlar, bojlar va boshqa majburiy to’lovlar va ularning tuzilishi tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yig’indisi soliq tizimi asosini tashkil qiladi. Bu ta’rif soliq tizimini keng manoda tushunishdir. Soliq qonunchiligida soliq tizimi tor manoda talqin qilinib, bir xil mohiyatga ega bo’lgan va markazlashgan pul fondi tashkil etadigan soliq, yig’im, boj va boshqa majburiy to’lovlarning yig’indisi soliq tizimi deb ataladi. Takidlash joizki, soliq tizimiga nisbatan bunday ta’rif ayrim adabiyotlarda ham keltirilgan. Qayd etilgan ta’rifda soliq va yig’imlar yagona mohiyat, ya’ni “majburiy harakterga ega bo’lgan munosabat” va ularning bir-biri bilan bog’liqligini ko’rsatadi. Bu esa O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi mazmuniga mos keladi. Soliq islohotlari - soliq nazariyasi va amaliyotini muvofiqlashtirish asosida soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortishni soddalashtirish, soliq yordamida iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash maqsadlarida amalga oshiriladigan davlat tadbirlari. Iqtisodiyotni isloh qilishining asosiy, ajralmas qismidir. Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan Soliq tizimidagi islohotlar strategiyasi huquqiy va demokratik davlatni barpo etish konsepsiyasi asosida shakllanmoqda. 1991 yildan boshlab 2017 yilgacha Oʻzbekistonda oʻtkazilgan soliq islohotlarini 3 asosiy bosqichga boʻlish mumkin: Birinchi bosqich: 1991-1994-yillarda soliqqa oid qonun hujjatlarini yaratish; tamomila yangi soliqlar va toʻlovlar tizimini barpo etish va ularni xoʻjalik amaliyotiga joriy etish; moliyaviy mablagʻlar infratuzilmasini rivojlantirish, oʻzoʻzini strategik resurslar bilan taʼminlashga erishish maqsadlarida qayta taqsimlash; narxlarning oʻsishi va pasayishi sharoitida aholining turmush darajasi 434 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 pasayib ketmasligi va ijtimoiy barqarorlikni saqlash; mustaqil tizim sifatida davlat soliq xizmatini shakllantirish vazifalari bajarildi. Ikkinchi bosqich: 1995-1999-yillarda soliq tizimini takomillashtirish va korxonalarga nisbatan soliq yukini kamaytirish boʻyicha Soliq islohotlari amalga oshirildi. Bu davrda soliqlarga doir mavjud qonun hujjatlari asosida Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi ishlab chiqildi va 1997 yilda qabul qilindi. Uchinchi bosqich: 2000-yildan 2017-eilgacha soliq islohotlari qonunchilikka kiritilayotgan oʻzgarishlar asosida fuqarolar va korxonalar uchun soliq, yukini yana- da kamaytirish, ayrim soliq turlarini bekor qilish, kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, samarali soliq tizimi tamoyillarini yana-da toʻliq roʻyobga chiqarish, jahon andozalariga mos soliq tizimini bosqichma bosqich barpo etishga yoʻnaltirilgan edi. Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda Soliq islohotlari doimiy va davriy oʻtkazib turiladi. Aynan bir soliq turini joriy etish yoki bekor qilish, ayrim shakildagi soliqlar ulushini oshirish yoki kamaytirish, soliq daromadlarini qayta taqsimlash va boshqa koʻrinishlarda amalga oshiriladi. Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi, yuksak bosqichga ko’tarishimiz, buning uchun yangi islohotlarni amalga oshirish hozirgi davrda hayotiy zarurat hisoblanadi. Bu jarayonda iqtisodiy zanjirning muhim halqalaridan biri bo’lgan soliq tizimi barchaga teng va erkin raqobat sharoitini yaratishda tayyor bo’lishi kerak. Prezidentimiz tashabbusi bilan 2018 yilda yangi soliq konsepsiyasining qabul qilinishi ana shu maqsadlarga erishishning strategiyasini belgilab berdi. Tizimda yangi islohotlarni boshlab bergan ushbu konsepsiyadan oldingi holatga nazar tashlasak, 97 foiz soliq to’lovchilar soddalashtirilgan rejimda faoliyat yuritib, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida ularning ulushi qariyb 60 foizga yetgani, byudjet tushumlaridagi hissasi bor-yo’g’i 9,2 foizga teng bo’lgan yaqqol namoyon. Umumbelgilangan soliq to’lovchilar zimmasiga tushgan asosiy soliq yuki atiga 3 foizni tashkil etgan. Yaqingacha nafaqa, maktab taʼlimi va yo’l jamg’armalariga soliq to’lash, sug’urta badali, mol-mulk, QQS (qo’shilgan qiymat solig’i) stavkalarining yuqoriligi mamlakat taraqqiyotini yaratuvchilar bo’lmish tadbirkorlar zimmasidagi katta yuk edi. Shuning uchun ularning o’zlari istamagan holda, soliqdan qochish shaklini tanlashga yoki soddalashtirilgan tizimda qolish uchun korxona ishchilari soni, ularga to’laydigan ish haqini sunʼiy yashirishga hamda “konvert” orqali to’lashga majbur bo’lar edilar. 435 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 2017-yildan boshlab soliq tizimiga o’zgacha yondoshilmoqda. Tadbirkorlikda mutloq boshqacha muhit. Davlatimiz rahbar

Доказательный фрагмент

«O’zbekistonda soliq islohotlari amalga oshirilishi va natijalari tarixiy jarayoni tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

O’zbekistonda soliq islohotlari amalga oshirilishi va natijalari tarixiy jarayoni tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
soliq yuki, soliqlar, soliq konsepsiyasi, byudjet, soliq tizimi, tadbirkorlik subyetlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники