Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI IQTISODIYOTGA JALB QILISHNING MOLIYAVIY JIHATLARI
UZBEKISTAN” JURNALI · QILISHNING MOLIYAVIY JIHATLARI
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025
Аннотация
Maqolada raqamli iqtisodiyotning mohiyati, unga xos bo‘lgan xususiyatlar, uning yutuqlarini milliy iqtisodiyotga keng joriy qilishning ijtimoiy- iqtisodiy ahamiyati, dunyoning ayrim davlatlari, jumladan O‘zbekiston oldida bu borada turgan dolzarb masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar va ularning yechimini ko‘rsatib berishga harakat qilingan. Kalit so‘zlar: Raqamli iqtisodiyot, milliy iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron biznes, mobil tarmoq aloqalari, internet, elektron savdo, elektron hukumat. Fan, texnika va texnologiyalar yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan yangiliklar, ayniqsa axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida erishilgan yutuqlar jamiyatimiz taraqqiyotini va ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning barcha jabhalarini misli ko‘rilmagan darajada miqdoriy va sifatiy jihatdan o‘zgartirib yubormoqda. Hozirgi zamon raqamli texnologiyalari insonlarning umumiy manfaatlari uchun xizmat qilishi va barcha jabhalarni keng miqyosda qamrab olishi - hozirgi dunyoning talabiga aylanib, ilmiy adabiyotlarda axborot texnologiyalari, hozirga kelib esa raqamli texnologiyalar (raqamli iqtisodiyot) nomini oldi. Bunday iqtisodiyot ko‘plab yangi bilim va ko‘nikmalarga, ijtimoiy himoya qilishning tubdan yangi yo‘llariga, mehnat va dam olish o‘rtasidagi sifat jihatidan yangi munosabatlarga o‘z ta’sirini o‘tkazib kelmoqda. Bu muammolar bilan shug‘illanmagan birorta fan sohasi qolmadi. Raqamli iqtisodiyot insonlarning umumiy manfaatlari uchun xizmat qiladigan va uning barcha jabhalarini keng miqiyosda qamrab oladigan o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Bunday o‘zgarishlar butun insoniyat jamiyatining barqaror rivojlanishi maqsadlariga erishishida muhim hissa bo‘lib qo‘shilishi va shu bilan birga ulkan imkoniyatlarni yaratib berishi muqarrar, albatta. 452 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Dunyodagi barcha ilg‘or kuchlarning sa’y-harakatlari samarasi o‘laroq aholining raqamli texnologiyalar olamiga kirib borishi hamda uning natijalaridan o‘z mamlakatlari ravnaqi yo‘lida foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda. Zero, bugungi taraqqiyotimizni va albatta, insoniyat hayotining serqirra jihatlarini raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mazkur maqolada hozirgi zamon raqamli texnologiyalarni mamlakatimiz milliy iqtisodiyoti tarmoqlariga keng joriy qilish bilan bog’liq masalalar qarab chiqiladi va ularning yechimlari to‘g’risida fikr- mulohazalar qilinadi. Dunyo miqyosida raqamli texnologiyalarning yangi avlodi paydo bo‘lib, uning rivojlanish ko‘lami tufayli fanda “simsiz texnologiyalar”, “mobil texnologiyalar”, “internet”, “sun’iy intellekt”, “robototexnika” kabi turli terminlar paydo bo‘ldi. Aqlli mexanizmlarni ishlab chiqarishga bo‘lgan shart - sharoitlar ham o‘zgarmoqda. Aqlli mexanizmlar deganda odamlar va texnologik tizimlarga ulangan va muvofiqlashtirilgan aqlli ekotizimlarda ochiq o‘zaro ta’sir qiladigan raqamli muhit tushuniladi. Bunga “aqlli shaharlar”, “aqlli uylar”, “ aqlli gaz, svet, suvni o‘lchagichlar”, “raqamlashgan aqlli ish o‘rinlari” kabilar misol bo‘la oladi. Bularning barchasi raqamli iqtisodiyotning namoyon bo‘lish shaklidir. Raqamli iqtisodiyot tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohalari, elektron tijorat bilangina cheklanib qolmasdan, milliy iqtisodiyotning sog‘liqni saqlash, fan va ta’lim, qurilish, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport, geologiya, kadastr, arxiv, internet-banking kabi tarmoqlariga, huquqni muhofaza qilish sohalariga jadal kirib bormoqda va ularning har birida yuqori samara berishi ta’minlanmoqda. Raqamlashtirishning ta’rifi, holati va uni yanada rivojlantirish masalalari xorijda va mamlakatimizda nashr qilingan bir qator yozma manbalarda va ilmiy tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. Ularda jumladan, raqamlashtirishga raqamlashgan axborot texnologiyalari yoki iqtisodiy agentlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir usullaridagi o‘zgarishlar (1), boshqasida raqamli texnologiyalar va tegishli mahsulotlar va xizmatlarni yaratish, tarqatish va ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyat (2) degan ta’riflar berilgan. Ko‘pincha raqamlashtirishni uning mamlakat milliy iqtisodiyoti va ijtimoiy faoliyatning tarmog‘i, ularga ta’siri nuqtai - nazaridan baho beruvchilar ham bor, jumladan, jahon banki ma’lumotlarida, “raqamlashtirish - bu internet, shuningdek, 453 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 mobil va sensorli tarmoqlar kabi platformalar tomonidan qo‘llab - quvvatlanadigan iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatning global tarmog‘idir” (3) degan ta’rif berilgan. Raqamlashtirishning “fan, texnologiya va innovatsiyalar bilan bog‘liq rivojlanishini inobatga olgan holda, uni - raqamli texnologiyalar, tegishli mahsulotlar va xizmatlarni yaratish, tarqatish va ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyat yoki ma’lumotlarni to‘pla
Доказательный фрагмент
«Maqolada raqamli iqtisodiyotning mohiyati, unga xos bo‘lgan xususiyatlar, uning yutuqlarini milliy iqtisodiyotga keng joriy qilishning ijtimoiy- iqtisodiy ahamiyati, dunyoning ayrim davlatlari, jumladan O‘zbekiston ol…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada raqamli iqtisodiyotning mohiyati, unga xos bo‘lgan xususiyatlar, uning yutuqlarini milliy iqtisodiyotga keng joriy qilishning ijtimoiy- iqtisodiy ahamiyati, dunyoning ayrim davlatlari, jumladan O‘zbekiston ol… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mobil tarmoq aloqalari, raqamli texnologiyalar, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Raqamli iqtisodiyot, milliy iqtisodiyot, elektron biznes, elektron hukumat., elektron savdo
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025