К содержанию
РецензированоRU2025

Региональная политика и динамика развития Исламской Республики Иран в Центральной Азии

Kamronbek RADJABOV · Eron Islom Respublikasining Markaziy Osiyodagi (The University of World Economy and Diplomacy)

Общество и инновации · 6 · 348-357 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В этой статье мы попытались объяснить политику Ирана в регионализм, отношении региона Центральной Азии. Также были Иранское нагорье, проанализированы факторы, влияющие на отношения между ОПЕК, двумя геополитическими субъектами. Кроме того, политика экспорт исламской революции, Исламской Республики Иран в отношении региона была девиантный субъект, проанализирована с точки зрения развития. Корпейер–Курт-Куй, избирательный характер. Zamonaviy siyosiy fanlar tizimida tobora “mintaqaviylik” tushunchasi rivojlanib bormoqda. Buning sababi jahon siyosiy sahnasida tartibotning o‘zgarishi, bir qutbli dunyodan ko‘p qutbli dunyoga o‘tish bilan bog‘liq bo‘lib, bu jarayon o‘ziga xos siyosiy va geosiyosiy zamin yaratdi. Ayniqsa, Eron kabi izolyatsiyaga uchragan davlat uchun o‘zini saqlash tendensiyasida “mintaqaviylik” siyosati ayni muddao bo‘lib xizmat qiladi. Avvalo, Eron davlatining mintaqaviy siyosatini tahlil qilishdan oldin “mintaqaviylik” tushunchasini ko‘rib chiqish lozim. Mintaqa — bu ijtimoiy-hududiy umumiylikka, uning tarkibiy elementlarining yaxlitligiga va o‘zaro bog‘liqligiga ega bo‘lgan ma’lum bir hudud hisoblanadi. Siyosatshunos K. Doych bergan tarifiga ko‘ra, “mintaqa” — bir qancha mamlakatlardan tashkil topgan bo‘lib, boshqa mamlakatlarga qaraganda ko‘pgina sohalarda bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqdir.[1] Shuningdek, “mintaqa” tushunchasini E. Markuzen quyidagicha tariflaydi: u millat va shahar sifatida, hamda boshqa mintaqa va hududlardan farqli o‘laroq, ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy-madaniy, hududiy jipslik hamda tarixiy evolyutsiya natijasida shakllangan mamlakatlar yig‘indisidir.[2] Eronning mintaqa mamlakatlariga nisbatan ta’sirining roli va darajasini o‘rganish ikkita qarama-qarshi vektor bilan belgilanadi. Ba’zilar Eronning mintaqa mamlakatlariga nisbatan o‘rni va ta’sirini bo‘rttirib baholaydilar. Ayniqsa, Islom inqilobidan so‘ng Eron jamiyatida islomiy qadriyatlarning qayta tiklangani, va buning natijasida dunyo hamjamiyatida Eron o‘z ta’sirini kengaytirishga intilayotgani, shu nuqtai nazardan tahdid solayotgani haqida ma’lumotlar berishga urinayotganlar ham bor. Bu esa mintaqa mamlakatlari va butun dunyo uchun ham ma’lum bo‘lgan holatdir. Jahondagi hukmron tizimlar va ularning izdoshlari keng propaganda vositalari orqali mintaqa va jahon miqyosida “eranofobiya” uchun zamin yaratmoqda. Siyosiy tahlilchi N. Vigeland funksional yondashuvga asoslanib, mintaqalarni funksional, madaniy va ma’muriy jihatdan quyidagi toifalarga ajratadi: 1. Funksional mintaqa — tor va o‘ziga xos o‘zaro ta’sir maqsadiga ega bo‘lib, mintaqaviy hamkorlik (savdo, bojxona siyosati, ta’lim, integratsiya) orqali ma’lum bir sektor doirasida ba’zi imtiyozlarni olishga qaratilgan. 349 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 05 (2025) / ISSN 2181-1415 2. Madaniy mintaqa — umumiy meros, til, urf-odatlar va boshqa omillar asosida shakllanib, muayyan hududda o‘ziga xos bir xillikni ifodalaydi. Madaniy mintaqaning o‘ziga xos jihati “pastdan yuqoriga” faoliyat yuritishidir. 3. Ma’muriy mintaqa — davlat ma’muriy tuzilmasiga tegishli hududdir.[3] Eron Islom Respublikasi 15 ta davlat bilan qo‘shni chegaralarga ega bo‘lib, Markaziy Osiyo va Kavkaz, Fors ko‘rfazi, Sharqiy O‘rta Yer dengizi va Janubi-G‘arbiy Osiyoning to‘rtta mintaqaviy guruhi bilan bog‘langan. Eronning ushbu mamlakatlar guruhlari bilan munosabatlarining darajasi va xususiyatlarini o‘rganish global aloqalar sohasida keng va chuqur tadqiqotlar obyekti hisoblanadi. Biroq biz ushbu tadqiqotda Eronning Markaziy Osiyo mintaqasiga nisbatan olib borayotgan siyosatini ochib berishga harakat qildik. Shuningdek, ikki geosiyosiy obyektdagi munosabatlarga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilindi. Aksincha, boshqa tadqiqotchilar guruhi Eron Islom Respublikasi va mamlakat rahbarlarining mintaqa mamlakatlari bilan munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan sa’y- harakatlari mintaqadagi mavqeini kuchaytirishga xizmat qilishi, hamda bu rivojlanishning aniq yo‘llarini aniqlash — har qanday tirik va taraqqiyot sari intilayotgan jamiyatning tabiiy tarixiy hamda milliy ehtiyojidan dalolat berishini ta’kidlaydi. Tabiiyki, "davlat va millat" davridagi bunday intilish mamlakatlarning ijodiy salohiyatini yanada oshirishga olib keladi. Ushbu pozitsiya yuqorida tilga olingan birinchi guruh vakillarining qarashlaridan tubdan farq qiladi. Kelgusi yigirma yil ichida Eronning rivojlanish istiqbollari to‘g‘risidagi hujjat esa bu pozitsiyaning yaqqol namunasidir. Binobarin, bunday istiqbolni amalga oshirish nafaqat mamlakat ichidagi barqarorlikka, balki Eronning mintaqada tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga bo‘lgan qiziqishiga bog‘liqdir va bu amaliy isbot sifatida qaralishi mumkin.[4] Eron buyuk va qadimiy tarixga ega davlatdir. “Eron platosi” deb nomlangan hudud keng geografik makonni o‘z ichiga oladi; bu hududlar hozirgi qo‘shni mamlakatlarning ayrim qismlarini yoki to‘liq hududlarini ham qamrab olgan. Bu holat Eronning ko‘plab qo‘shni davlat

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В этой статье мы попытались объяснить политику Ирана в регионализм, отношении региона Центральной Азии.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В этой статье мы попытались объяснить политику Ирана в регионализм, отношении региона Центральной Азии. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp348-357, избирательный характер, selektiv xarakter, deviant actor, Иранское нагорье, Корпейер–Курт-Куй, exporting the Islamic revolution, deviyant aktor, regionalism, Corpejer–Kurt-Kuy, OPEK, экспорт исламской революции, ОПЕК, Islom inqilobini eksport qilish, mintaqaviylik, Iranian plateau, регионализм, Korpeje–Kurt-Kuy, Eron platosi, selective character, OPEC, девиантный субъект
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники