К содержанию
РецензированоRU2025

Традиции обработки ткани и металла в ремеслах долины

Akhrorjon USMANOV

Общество и инновации · 6 · 135-143 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В статье рассматриваются нематериальное культурное гончарное дело, наследие Ферганской долины, виды народных ремесел и плотницкое дело, связанные с ними знания, умения и квалификации, а также кузнечное дело, информация о ремеслах. Широко и всесторонне освещается медное дело, строительство, история развития ремесел в долине и их повсеместное шитье, ткачество, распространение среди народа. ювелирное дело, вышивка, золотое дело, живопись, «атлас», «джибааркок», шелк (канаус). КИРИШ Jahondagi turli ilmiy markazlarda hunarmandchilikning madaniy, ijtimoiy- iqtisodiy ahamiyatiga doir tadqiqotlar, xalqaro loyihalar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, hunarmandchilik bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar, urf-odat va marosimlar, ustoz- shogird an’analari – bularning barchasi nomoddiy madaniy merosi bo‘lib, u yoki bu mintaqaning tarixiy, milliy va madaniy xilma-xillik xususiyalarini ko‘rsatib berishda muhim ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda milliy hunarmandchilik sohasini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. “Milliy hunarmandchilikning ko‘p asrlik an’analarini qayta tiklash hamda uni qo‘llab-quvvatlash, dunyo hamjamiyati o‘rtasida targ‘ib qilishni kuchaytirish” vazifalari dolzarb masala sifatida kun tartibidan o‘rin oldi. Hunarmandchilik nafaqat madaniy meros, balki nomoddiy madaniy meros sifatida rang- barang elementlarga boydir. Nomoddiy madaniy meros obyektlarini o‘rganishda etnologlarning tarixchilar, arxeologlar, san’atshunoslar, iqtisodchilar, turizm sohasi vakillaridan o‘ziga xos jihatlari shundaki, ular dala-etnografik tadqiqotlar, og‘zaki tarix asosida o‘rganish ishlarini olib borib, urf-odatlar, marosimlarning asl mohiyatini tiklashda tarixiy-etnogrfik materiallarga e’tibor qaratadilar. Bu esa nomoddiy madaniy meros obyektlarini asl mazmun mohiyatiga ko‘ra tiklash, rivojlantirish va muhofaza etishda mavzuni etnologik aspektda o‘rganish samaradorligini namoyon qiladi. Hunarmandchilik an’analarini tiklash, uni milliy qadriyat, turizm atributi sifatida yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatning qator qarorlari e’lon qilindi[1]. Natijada hunarmandchilik va uning unutilgan ba’zi turlariga e’tibor qaratilishi va u bilan bog‘liq bilimlarning, marosim va urf-odatlarning ham tiklanishiga olib keldi. O‘zbekiston madaniy merosi tizimida Farg‘ona vodiysi hunarmandchilik an’analari va u bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar alohida ahamiyatga molikdir. 136 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 6 № 3 (2025) / ISSN 2181-1415 Hunarmandchilik turli ijtimoiy-tarixiy davrlar doirasida takomillasha bordi va turli ixtisosliklar (kulolchilik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, binokorlik, toshtaroshlik, o‘ymakorlik, kashtado‘zlik, ko‘nchilik, tikuvchilik, to‘quvchlik, zargarlik, degrezlik, zardo‘zlik, bo‘yoqchilik, qayiqsozlik, tunukasozlik va boshqalar)ga ajraldi. Hunarmandchilik qanday tabiiy resurslarning mavjudligiga qarab, masalan, paxta va pilla bor yerda to‘qimachilik, sifatli xom ashyo bor yerda (masalan, Rishtonda) kulolchilik, jun va teri ko‘p yerda to‘qimachilik va ko‘nchilik, shunga qarab kosibchilik va boshqa turlari rivojlangan. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Farg‘ona vodiysi hunarmandchilik ishlab chiqarishi o‘ziga xos hududiy ixtisoslashuvga asoslangan. Masalan, hunarmandchilik tarixi va an’analari masalalari bo‘yicha tadqiqot olib borgan S.T. Davlatovaga ko‘ra Marg‘ilon, Qo‘qon ipak ishlab chiqarish, Beshariq matoga ishlov berish, Namangan teri-charm mahsulotlari ishlab chiqarish, Rishton kulolchilik, Oyim (Jalaquduq), Dardak (Qo‘rg‘ontepa) qishloqlarida poloslar, Marg‘ilonda abr matolari, Chust esa pichoq ishlab chiqarishga ixtisoslashgan . Buni quyidagi statistik ma’lumotlarda ham ko‘rish mumkin. 1896 yilda Marg‘ilon, Namangan, Qo‘qon uyezdlarida 600 ga yaqin ipak to‘quv do‘konlari mavjud bo‘lib, ularda 3165 ta usta faoliyat ko‘r¬satgan, 1910 yili Farg‘ona viloyatida 1387 ta ipak do‘koni bo‘lib, unda 3065 ishchi xizmat qilgan [2] Demak bu hududlar ipakchilik, to‘qimachilik, atlas va adras ishlab chiqarish va umuman Turkiston o‘lkasining o‘ziga xos tekstil markazi bo‘lgan. Nomoddiy madaniy meros elementlari ham aynan ixtisoslashgan kasb- korlarga ko‘ra rivojlangan. Hunarmandchilik bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar, urf-odat va marosimlarni nomoddiy madaniy meros sifatidagi xususiyatlarini ko‘rsatib berishda quyidagi tasnifiy belgilardan foydalalanildi; 1. Tola va matolar bilan ishlash; 2. Metallga ishlov berish; 3. Yog‘ochga ishlov berish; 4. Loy bilan ishlash. Ushbu maqolamizda tola va matolar bilan ishlash hamda metallga ishlov berish to‘g‘risida ma’lumotlar beramiz. NATIJALAR VA MUHOKAMA Tola va matolar bilan ishlash. Farg‘ona vodiysida Qo‘qon va Marg‘ilon o‘ziga xos to‘qimachilik markazlari bo‘lgan. Marg‘ilonlik to‘quvchilar yaratgan ko‘pdan-ko‘p mahsulot turlariga nafaqat ushbu shahar, balki qo‘shni qishloqlar, boshqa shaharlar, mamlakatlar, dasht ahli orasida talab k

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье рассматриваются нематериальное культурное гончарное дело, наследие Ферганской долины, виды народных ремесел и плотницкое дело, связанные с ними знания, умения и квалификации, а также кузнечное…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье рассматриваются нематериальное культурное гончарное дело, наследие Ферганской долины, виды народных ремесел и плотницкое дело, связанные с ними знания, умения и квалификации, а также кузнечное… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3-pp135-143, jewelry, shoyi (kanaus), “atlas”, painting, goldsmithing, zardo‘zlik, misgarlik, золотое дело, “jibaarqoq”, шелк (канаус), tikuvchilik, bo‘yoqchilik, kulolchilik, "atlas", pottery, живопись, медное дело, гончарное дело, шитье, carpentry, строительство, плотницкое дело, "jibaarqoq", to‘quvchilik, construction, embroidery, temirchilik, кузнечное дело, blacksmithing, «джибааркок», ткачество, coppersmithing, вышивка, «атлас», duradgorlik, ювелирное дело, binokorlik, sewing, silk (kanaus)., weaving, zargarlik, degrezlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники