Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Проблемы приостановления исполнения судебных актов при их повторном рассмотрении
Muzaffar MUKHTOROV
Общество и инновации · 6 · 441-445 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье анализируются практические и судебные акты, теоретические проблемы института приостановления исполнительные исполнения судебных актов в процессе их пересмотра. В действия, частности, исследуется порядок временного приостановления приостановление исполнения, исполнения исполнительных документов, несмотря на их пересмотр судебных вступление в законную силу, как эта мера влияет на процесс актов, апелляция, исполнения и как она затрагивает интересы сторон. На основе кассация, действующего законодательства, судебной практики и производство в порядке международного опыта будут рассмотрены направления ревизии, интересы сторон. совершенствования данного института. В статье также освещаются неопределенности, связанные с основаниями и сроками приостановления исполнения, отсутствием единообразного подхода со стороны судов и влиянием этих обстоятельств на справедливое судебное разбирательство. Практические предложения и рекомендации выдвигаются автором. Mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida sud qarorlarini ijro etish sohasi rivojlanmoqda va yanada takomillashib borayotganligini alohida qayd etish joiz. Keyingi yillarda aholining odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini “Yangi O‘zbekiston – yangi sud” prinsipi doirasida yanada kengaytirish maqsadida insonning qadr-qimmati ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Olib borilgan ishlar natijasida odil sudlovni amalga oshirish jarayonida shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqdi. Shu bilan birga bugungi kunda sud qarorlarini qayta ko‘rish institutini yanada takomillashtirish fuqarolarning qonuniy manfaatlari yuzaga chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi. Sud qarorlarini ijro etish sud protsessining so‘nggi bosqichi sifatida ahamiyatlidir. Chunki shaxsning buzilgan huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari shu bosqichda tiklanadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 264-moddasiga ko‘ra, Sudning hal qiluv qarori, agar uning ustidan shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) bo‘lsa, apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddati o‘tganidan keyin qonuniy kuchga kiradi. Hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda, hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan bo‘lsa, ishni apellyatsiya instansiyasi sudi ko‘rib chiqqanidan keyin qonuniy kuchga kiradi. Demak, sudning hal 442 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 05 (2025) / ISSN 2181-1415 qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan so‘ng ijro etiladi, Fuqarolik protsessual kodeksining 266-moddasida ko‘rsatilgan darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan hal qiluv qarorlari bundan mustasno. Qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunlarda belgilangan tartibda ijro etiladi. Fuqarolik protsessual kodeksiga ko‘ra, agar sud hujjati ustidan apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida shikoyat keltirilganda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra, oldingi instansiya sudida qabul qilingan hal qilish qarorining ijrosini ishni qayta ko‘rib chiqish muddati davomida ushbu qarorni ijrosini to‘xtatib turadi. O‘zbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” Qonuni 34-moddasida agar qonunchilikda nizolashishga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashganda ijro ishi yuritish sud tomonidan to‘xtatib turilishi shart deb belgilangan. Sud qarorlarini qayta tekshirish institutlari haqiqat va adolatni ta’minlashda muhim bosqich sanaladi. Chunki oldingi instansiya sudida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sabab taraflar manfaatiga zid qarorlar qabul qilinib qolishi mumkin. Ushbu sohani takomillashtirish maqsadida 2023-yil 25-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–888-sonli va O‘RQ–888-sonli Qonunlari qabul qilindi. Ushbu qonunlar bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik hamda Iqtisodiy protsessual kodeksiga tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya sudida ko‘rilgan ishlar viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida, viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar mazkur sudlarda taftish tartibida, viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida ko‘rilgan ishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishincha Fuqarolik va Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’a
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье анализируются практические и судебные акты, теоретические проблемы института приостановления исполнительные исполнения судебных актов в процессе их пересмотра.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье анализируются практические и судебные акты, теоретические проблемы института приостановления исполнительные исполнения судебных актов в процессе их пересмотра. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- court documents, and international experience. Furthermore, it highlights, cassation, review of court rulings, производство в порядке ревизии, suspension of enforcement, apellyatsiya, пересмотр судебных актов, interests of the parties, кассация, taraflar manfaatlari, kassatsiya, ijro harakatlari, appeal, sud hujjatlarini qayta ko‘rish, судебные акты, ijroni to‘xtatib turish, интересы сторон, taftish tartibida ish yuritish, исполнительные действия, приостановление исполнения, supervisory review proceedings, sud hujjatlari, апелляция, enforcement actions
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025