Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Формирование лидерских способностей студентов
Sevara OMONOVA
Общество и инновации · 6 · 436-440 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: Данная статья посвящена формированию лидерских Лидер, качеств у учащихся и содержит педагогические способность, рекомендации по развитию их способностей с раннего воспитание, детства посредством различных подходов, образовательных педагогическая деятельность, методик, воспитательных приемов и игр. социализация, творчество. 1 Master degree student, University of Information Technologies and Management. E-mail: sevaraomonova024@gmail.com Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 05 (2025) / ISSN 2181-1415 Barchamizga ma’lumki, ta’lim-tarbiya, shubhasiz, najotkor yo‘l bo‘lib, u jamiyat hayotini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ta’lim, ayniqsa, o‘quvchi shaxsini, uning qobiliyatini, iqtidorini yuzaga chiqaruvchi kuch hisoblanadi. Agarda ta’lim-tarbiya to‘g‘ri tashkil etilsa, to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, bolalardagi iqtidor va qobiliyat, o‘zlashtirish yuqori natijaga chiqadi. Bu borada o‘quvchilardagi liderlik qobiliyatlarini shakllantirish masalasi o‘ta muhim hisoblanadi. Chunki liderlik – bu faqat boshqalarni boshqarish emas, balki tashabbuskorlik, mas’uliyat, o‘z fikrini erkin ifoda etish, jamoani umumiy maqsad sari yo‘naltira olish kabi sifatlarni mujassamlashtiradi. Maktab yoshidagi bolalar liderlik asoslarini o‘rganish orqali kelgusidagi jamiyatda faol, mustaqil va ijtimoiy jihatdan mas’ul shaxs sifatida shakllanadi. Liderlik (inglizcha: leader – yetakchi, boshlovchi soʻzidan) – umumiy bir ishni bajarishda boshqalarning ijtimoiy taʼsir jarayoni. Liderlik bu insonlarning bir guruhini umumiy maqsad sari yo‘naltira olish, ularni ilhomlantira olish, tashkil eta olish va jarayonni boshqarish qobiliyatidir. Mazkur sifat har qanday jamoaviy faoliyatda samaradorlikka erishishda muhim omil hisoblanadi. O‘quvchilar orasida liderlik salohiyatini rivojlantirish nafaqat ularning ijtimoiy faolligini oshiradi, balki ularni mustaqil fikrlash, tashabbus ko‘rsatish va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga o‘rgatadi. O‘quvchilarda liderlik qobiliyatini rivojlantirish, uni yuqori darajaga ko‘tarish avvalambor pedagogik faoliyat bilan tizimli amalga oshirilishini unutmasligimiz lozim. V.A. Slasteninning fikriga ko‘ra, ijtimoiylashuv (sotsializatsiya) jarayonida inson shaxsi tiklanadi, u ijtimoiy funksiyalarni bajarish qobiliyatini egallaydi, ya’ni uning rivojlanishini, o‘z mavqeyini belgilab olishi va amalga oshirishini nazarda tutadi. Bu vazifalar izchillik bilan, aniq maqsadga qarab hal qilinadi. Aniq maqsadga qarab uyushgan ushbu ijtimoiy jarayonni boshqarish – ta’lim deb nomlanadi. Ta’lim tushunchasidan (“qiyofa” sotsializatsiya jarayoni ayrim benuqson qiyofalar, tarixiy bog‘liqlikda, jamoat ongida ortiqroq yoki kamroq ijtimoiy aniq o‘lchamlarda tushuniladi (masalan, o‘zaro mos rivojlangan shaxs va boshqalar). Buning uchun ta’lim oladigan o‘quvchilar bilan yakka va umumiy holatda shug‘ullaniladi. Ulardagi qobiliyatlarni takomillashtirish, o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yuqori daraja ko‘tarish uchun pedagog oʻzining mahoratini va ish uslubini takomillashtirishi, rivojlantirishi zarurdir. O‘quvchilardagi liderlik qobiliyatini shakllantirishda ta’lim faoliyatining samarali bo‘lishi pedagoglarning mahoratiga bog‘liqdir. Birinchi galda bolada o‘qishga nisbatan motivatsion jarayonni uyg‘otish, yaʼni qiziqishini yuqori darajaga ko‘tarish ta’lim jarayonining samarali tashkil etilishiga bog‘liq. Ikkinchidan, bola qiziqishlarini yuqori darajada ko‘tarishda boladagi ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini tizimli yo‘lga qo‘yish talab etiladi. Uchinchidan, boladagi qobiliyatni oshirishning birdan bir yo‘li pedagogik innovatsion yoʻllar orqali amalga oshirish Mutaxassis I. Mahmudov o‘zining “Boshqaruv psixologiyasi” nomli kitobida “lider” so‘zining izohiga oid quyidagi mulohazalarni keltirib o‘tadi: “...Umuman olganda, adabiyotda “lider” so‘zini “yetakchi” atamasi bilan almashtirish hollari ko‘p uchraydi. O‘ylashimizcha, “yetakchi” atamasi “lider”ga xos bo‘lgan psixologik tavsifni to‘la ifodalay olmaydi. “Yetakchi” so‘zi guruhga munosabat sifatida, uning a’zolariga ta’sir o‘tkazuvchi va maqsadga yetaklovchi shaxsga nisbatan ishlatiladi. Yetakchilik guruh tarkibini, undagi munosabatlar tizimini tahlil etish orqali aniqlanadigan shaxs holatidir. Lekin liderga xos bo‘lgan fazilatni ifodalovchi yana qator jihatlar borki, ularni munosabatlar tizimi doirasidagina tahlil etolmaymiz. Bunday talqinda liderga xos bo‘lgan asosiy jihatlardan 437 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 05 (2025) / ISSN 2181-1415 yana biri – shaxsning vaziyatga muvofiq ravishda harakat qilish qobiliyatini hisobga olish zarurati tug‘iladi. Biron-bir muammoli vaziyatda paydo bo‘lgan qiyinchilikni bartaraf etishdagi tashabbus, topqirlik va mohirlik liderga xos fazilatlardir. Muammoni yechish bilan bog‘liq qiyin vaziyatda lider boshqalarga nisbatan o‘zining ilg‘orligi, peshqadamligi bilan ajralib turadi. Fikrimizcha, o‘
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Данная статья посвящена формированию лидерских Лидер, качеств у учащихся и содержит педагогические способность, рекомендации по развитию их способностей с раннего воспитание, детства посредством различ…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Данная статья посвящена формированию лидерских Лидер, качеств у учащихся и содержит педагогические способность, рекомендации по развитию их способностей с раннего воспитание, детства посредством различ… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- leader, ijodkorlik, педагогическая деятельность, социализация, воспитание, upbringing and education, творчество, ijtimoiylashuv, pedagogik faoliyat, ability, способность, Лидер, pedagogical activity, socialization, lider, creativity, ta’lim-tarbiya, qobiliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025