Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
БИОЭКОЛОГИЯ АЛЬФА-ЛИНЕОЛАТУСА (ADELPHOCORIS LINEOLATUS GOEZE.) И БОРЬБА С НИМ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Xusanov Alijon Karimovich. · Mamajonova Tabassumoy Xudoberdi qizi
Универсал международный научный журнал · 2026
Аннотация
В тезисе даны подробные сведения о биологии, географии распространения, повреждаемости растений и методах борьбы с люцерновым долгоносиком (Adelphocoris lineolatus Goeze.). Кроме того, особое внимание уделяется эффективным мерам борьбы с вредителями агротехническими, механическими и химическими методами. Ключевые слова: люцерновый долгоносик, Adelphocoris lineolatus, вредитель, люцерна посевная, препарат далат плюс, препарат Би-58, препарат энтометрин. Annotation: This thesis provides information on the biology, geography of distribution, damage to plants, and methods of controlling the alfalfa weevil (Adelphocoris lineolatus Goeze.). In addition, special attention is paid to effective pest control measures through agrotechnical, mechanical, and chemical methods. Keywords: alfalfa weevil, Adelphocoris lineolatus, pest, seed alfalfa, dalate plus preparation, Bi-58 preparation, entometrin preparation. Beda qandalasi dunyo boʻyicha qator olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Xitoylik olim Zhang Runjie tomonidan Miridae oilasiga mansub zararkunandalar bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarda Adelphocoris lineolatus va boshqa turlarning bioekologiyasiga oid ma’lumotlarni taqdim etgan. Xie We ning tadqiqotlarida esa ekologik nazorat va feromonlardan foydalanish orqali ayni shu tur ustidan biologik nazorat usullarini ishlab chiqqan. Wheeler Jr. Miridae oilasining morfologiyasi va tarqalishini aniqlagan va Adelphocoris avlodiga mansub turlarni sistematik jihatdan tasniflagan [1]. Deborah A. Ragsdale va Sheralyn P. Brumleylar zararkunandalarni tarqalishi, oziqlanishi, xulq-atvori va pestitsidlarga chidamliligini aniqlagan. Yirik entomolog olim V.V.Yaxontov o‘z kuzatuvlarida beda qandalasini tuzilishi, tarqalishi, koʻpayishi va ularga qarshi biologik hamda kimyoviy kurash choralari haqida ma’lumotlar keltirgan [7]. Beda qandalasi (Adelphocoris lineolatus Goeze.)ning erkagi 6,5-8,5 mm, urg‘ochilari esa 7,5- 9,5 mm kattalikda bo‘ladi. Umumiy ranggi qo‘ng‘ir-yashil. Qandala yelkasining old qismi biroz egilgan bo‘lib, 2 ta qora nuqtasining bo‘lishi unga hos bo‘lgan belgisi hisoblanadi. Qanotining ba’zi qismlari qoramtir, o‘rtasida yirik qilichsimon dog‘i bor. Tuxumlarining kattaligi 0,9-1,2 mm ga teng bo‘lib, dastlab sarg‘ish-oq, keyinchalik biroz qizaradi. Tuxumlari cho‘zinchoq kuvacha shaklida bo‘lib, o‘rta qismi bukilib, pastki qismi biroz torayib yumoloqlanib turadi, yuqori uchi maxsus qopqoqcha bilan berkitilgan [5]. adu.uz universaljurnal.uz 31 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Lichinkalarning uzunligi yoshiga qarab 1,2- 1,5 mm dan (yangi tuxumdan chiqqan lichinkalar) 3,5-5,0 mm gacha bo‘ladi. Lichinka tanasining rangi yashilsimon-qo‘ng‘ir yoki qizg‘ish, qorni och yashil; katta yoshdagi lichinkalarda qizg‘ish rang faqat qorin oxirida saqlanib qoladi.Yangi qoʻyilgan tuxumlar rangi yaltiroq, sargʻish oq boʻlib, keyinchalik birmuncha qizaradi. Tanasining rangi toʻq yashil yoki och yashil, qorni qizgʻish tusda. Katta yoshdagi lichinkalarning qorni oxirgi uchigina qizgʻishroq boʻladi. Toʻrtinchi yoshdagi lichinkalarning koʻkrak chekkalarida poʻstsimon qanot boshlangʻichlari paydo boʻladi. Oxirgi (beshinchi) yoshga yetgan lichinkalarning tanasi yaltiroq yashil tusga kiradi [7]. Beda qandalasi Rossiyaning Boltiq dengizidan Amur o‘lkasigacha bo‘lgan hamma joylarida, taxminan Vologda kengligidan va Sibirning o‘rta kengligidan shuningdek, Shimoliy Afrikada va yaqin Sharq mamlakatlari hamda Markaziy Osiyoda uchraydi [7]. Beda qandalasi bedaning yosh poyalari uchlari, barg bandlari, ayniqsa, gul va g‘unchalardagi shirani so‘rish yo‘li bilan zarar yetkazadi. Qandala tushgan g‘uncha va gullarning anchasi to‘kilib ketadi, poyalarda gulbandlargina qoladi. Beda qandalasi asosan urug‘lik bedaga zarar yetkazadi. Bu zararkunanda shikastlagan o‘simliklarning soni 65% va xatto 90% gacha yetishi mumkin. Beda qandalasi sebarga, g‘o‘za, lavlagi, mavrak va boshqa ko‘pgina ekinlarga ham zarar yetkazishi mumkin. Bu hasharot hammaxo‘r bo‘lib, dukkakdoshlar (Fabaceae), soyabonguldoshlar (Umbelliferae), murakkabguldoshlar (Compositae), sho‘radoshlar (Chenopodiaceae) va gulhayridoshlar (Malvaceae) oilalariga mansub madaniy hamda yovvoyi o‘simliklarda oziqlanadi. Biroq bu zararkunanda hamma o‘simliklarga qaraganda bedani yaxshi ko‘radi [7]. Markaziy Osiyoning ba’zi rayonlarida (xususan Xorazmda) beda qandalasi g‘o‘za ko‘saklarining 20% dan ziyodroq qismini shikastlaydi, bunday ko‘saklardagi paxta tolalari buziladi va bir-biriga yopishgan qo‘ng‘ir massaga aylanadi (ko‘sak bakterio‘zi) [5]. Beda qandalasi, beda, bo‘yimadoron, eshak-sho‘ra, dala pechagi, ituzum, shirinmiya, olabuta, shuvoqlar va boshqa dukkakli ekinlarga qo‘yilgan tuxum shaklida qishlaydi. Mavsumda 4-5 ta avlod berib rivojlanadi. Tuxumlari 20°C dan kam bo‘lmagan o‘rtacha sutkalik haroratda rivojlana boshlaydi. Tuxumlardan lichinkalar chiqishi uzoq davom etadi. Bahorda, aprel qisman may oyida tuxumdan yetuk zotgach
Доказательный фрагмент
«В тезисе даны подробные сведения о биологии, географии распространения, повреждаемости растений и методах борьбы с люцерновым долгоносиком (Adelphocoris lineolatus Goeze.).»
Образец извлечения
Демо-превьюВ тезисе даны подробные сведения о биологии, географии распространения, повреждаемости растений и методах борьбы с люцерновым долгоносиком (Adelphocoris lineolatus Goeze.). Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- alfalfa weevil, Adelphocoris lineolatus, pest, seed alfalfa, dalate plus preparation, препарат далат плюс, люцерна посевная, препарат энтометрин., люцерновый долгоносик, препарат Би-58, beda qandalasi, entometrin preparati., вредитель, urug‘lik beda, entometrin preparation., Bi-58 preparation, Bi-58 preparati, zararkunanda, dalate plyus preparati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025