Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ТАКСОНОМИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ПШЕНИЧНОЙ НЕМАТОДАФАУНЫ В СУРХАНДАРЬИНСКОМ ОАЗИСЕ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · TAKSONOMIK TAHLILI · Xurramov Alisher Shukurovich · Choriyev Siroj Hamzayevich
Универсал международный научный журнал · 1-104 · 2026
Аннотация
The article provides information about the studies of species diversity and distribution of phytonematodes found in plant organs and root soil of wheat. As a result of research, 93 species of plant nematodes belonging to 3 subclasses, 8 genera, 9 subgenera, 23 families and 44 genera were registered in plant organs and root soil of wheat. Key words: wheat, species, phytonematodes, distribution, root parasitic nematodes, species diversity. Dunyoda madaniy о‘simliklarni turli zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish, ularga ziyon keltiradigan organizmlarni aniqlash va ularga qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada kelajakda yangi yerlarni о‘zlashtirish orqali ekin maydonlarini kengaytirilishi zararkunanda organizmlar xususan, parazit nematodalarni yangi muhit sharoitiga moslashish xususiyatlarini identifikatsiya qilish muhimdir. Bug‘doy o‘simligining hosildorligini oshirish uchun ularning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga salbiy ta’sir qiluvchi turli kasalliklar, xilma-xil zararkunandalarning ta’sirini o‘rganish bilan bir qatorda, ularda parazitlik qiluvchi fitonematodalarni aniqlash ilmiy va amaliy ahamiyat ham kasb etadi. Tadqiqot materiallari va metodlari. Tadqiqot maqsadida bug‘doy о‘simligi ildizi va ildiz atrofi tuproq fitonematodalari Surxondaryo viloyatining 8 ta tumani Sherobod, Angor, Termiz, Muzrabot, Qiziriq, Boysun, Jarqo‘rg‘on va Bandixon tumanlaridagi bug’doy ekinlaridan tanlandi. Ushbu tadqiqot 2023-2024 yillar oralig'ida o‘tkazildi. Bug‘doy о‘simligi ildiz atrofidagi tuproqdan namunalar yig‘ishda fitogelmintologiyada kо‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan qabul qilingan va keng tarqalgan marshrut metodidan foydalanildi [1,2]. Biz о‘z tadqiqotlarimizda о‘simlik organlari va ildiz atrofidagi tuproqdan fitonematodalarni ajratib olishda Bermanning voronkali metodidan foydalandik[1,2]. Doimiy preparat tayyorlash ishlari Saynxorst metodi asosida amalga oshirildi. Fitonematodalarni ravshanlashtirishda 2 xil eritmalardan, jumladan, birinchi tartibli (20% spirt, 1% glitserin, 79 % distillangan suv) hamda ikkinchi tartibli (95% spirt, 5% glitserin) eritmalardan tomizilib ravshanlantirildi. adu.uz universaljurnal.uz 37 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Fitonematodalarning turlarini, jinsini aniqlashda N-300M Trinokulyar (MD101,5,0M,11 ekranli) mikroskopidan, hamda A.N. Seversov nomidagi “Ekologiya va evolutsiya muammolari” ilmiy tadqiqot inustitutida tayyorlangan fitonematodalarning atlaslaridan foydalanildi[3,4]. Fitonematodalarni о‘lchamlarini olishda De Man (1880) formulasidan foydalanildi [5]. Olingan natijalar va ularning tahlili Tadqiqot natijasida bug‘doy о‘simligi va ildiz atrofidagi tuproqda uchrovchi fitonematodalar 3 ta kenja sinf, 8 ta turkum, 9 ta kenja turkum, 13 ta katta oila, 23 ta oila, 44 ta avlod, 93 ta turga mansub. Bizning materiallarimizda Enoplida turkumiga oid 2 ta tur, Mononchida turkumiga oid 3 ta tur, Dorylaimida turkumiga oid 10 ta tur, Monhysterida turkumiga oid 1 ta tur, Plectida turkumiga oid 2 ta tur, Rhabditida turkumiga oid 28 ta tur, Aphelenchida turkumiga oid 18 ta tur va Tylenchida turkumiga oid 29 ta turlar aniqlandi (jadval). Jadval Aniqlangan nematoda turlarining turkumlar bо‘yicha taqsimlanishi № Turkumlar Turlar % Individ- % soni lar soni 1. Enoplida 2 2,1 11 0,04 2. Mononchida 3 3,3 56 0,23 3. Dorylaimida 10 10,8 297 1,22 4. Monhysterida 1 1,07 37 0,15 5. Plectida 2 2,1 27 0,11 6. Rhabditida 28 30,2 14726 60,6 7. Aphelenchida 18 19,3 5489 22,6 8. Tylenchida 29 31,13 3627 15,5 Jami: 93 100 24270 100 Tadqiqotlar natijasida bug’doy o‘simligi ildiz sistemasi va ildiz atrofidagi tuproqda 3 ta kenja sinf, 8 ta turkum, 9 ta kenja turkum, 13 ta katta oila, 23 ta oila, 44 ta avlod, 93 ta tur fitonematodalar aniqlandi. Bizning materiallarimizda Adenophorea kenja sinfi 3ta turkumi Tripyloidina, Mononchina, Dorylaimida turkumlarini o‘z ichiga oladi. Enoplida turkumi o‘z navbatida 1 kenja turkum (Tripyloidina), 1 ta katta oila (Tripyloidea), 1 oila (Tripylidae), 1 ta kenja oila (Tripylinae) 2 ta avlod (Trischistoma, Tobrilus) va 1 turni (umumiy turlarning 2,1% ini) o‘z ichiga oladi. Mononchida turkumi o‘z navbatida 1 kenja turkum (Mononchina), 1 ta katta oila (Mononchoidea), 2 ta oila (Mononchidae), 2 ta kenja oila (Mononchinae, Mylonchulinae), 3 ta avlod (Clarcus, Mononchus Mylonchulus ) va 3 turni (umumiy turlarning 3,3% ini) o‘z ichiga oladi. Dorylaimida turkumi o‘z navbatida 1 kenja turkum (Dorylaimina), 1 ta katta oila (Dorylaimoidea), 4 oila (Dorylaimidae, Qudsianematidae, Aporcelaimidae, Xiphinemidae), 5 ta kenja oila (Qudsianematinae, Mesodorylaiminae Dorylaimoinae, Aporcelaiminae, Xiphinematinae), 5 ta avlod (Mesodorylaimus, Dorylaimus, Eudorylaimus, Aporcelaimus, Xiphinema) va 10 turni (umumiy turlarning 10,8 % ini) o‘z ichiga oladi. Chromadoria kenja sinfi 2 turkum ya’ni Monhysterida, Plectida turkumini o‘z ichiga old
Доказательный фрагмент
«The article provides information about the studies of species diversity and distribution of phytonematodes found in plant organs and root soil of wheat.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article provides information about the studies of species diversity and distribution of phytonematodes found in plant organs and root soil of wheat. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- wheat, species, phytonematodes, distribution, root parasitic nematodes, species, tarqalish, вид, фитонематоды, turlar xilmaxilligi., turlar, bug’doy, видовое разнообразие., пшеница, fitonematodalar, корневые паразитические нематоды, распространение, ildiz parazit nematodalari, species diversity.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025