Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИЗУЧЕНИЕ ХИЩНЫХ НАСЕКОМЫХ (INSECTA: HEMIPTERA: HETEROPTERA), РАСПРОСТРАНЕННЫХ В АГРОБИОЦЕНОЗАХ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Xusanov Alijon Karimovich. · Turdiyev Zafarbek Salohidin o‘g‘li. · Sardorbek Saytkamalovich
Универсал международный научный журнал · 2026
Аннотация
The Fergana Valley is a critical agricultural region in Uzbekistan. In agrobiocenoses, predatory bugs act as entomophagous insects, regulating pest populations and maintaining natural biological balance. This article explores the species, bioecology, agricultural significance, and methods to support predatory bug populations in the valley. The findings provide valuable guidance for sustainable agricultural practices. Keywords: Agrobiocenoses, entomophagous, predatory bugs, Insecta, Anthocoridae, Nabidae, Miridae, Lygaeidae, Reduviidae. Farg‘ona vodiysi O‘zbekistonning eng muhim qishloq xo‘jaligi rivojlangan hududlaridan biridir. Vodiyda qishloq xo‘jaligining jadal sur’atlarda rivojlanishi, yangi nav va ekin turlariga ixtisoslashish o‘z navbatida zararkunanda hasharotlar xilma-xilligining ortishiga olib kelmoqda. Yirtqich entomofag hasharotlar zararkunanda hasharotlar populyatsiyasini boshqarib, tabiiy biologik muvozanatni ta’minlaydi. Shuning uchun Farg‘ona vodiysida uchraydigan entomofaglar orasida yirtqich qandalalarni o‘rganish va ularni sistematik tahlil qilish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Ilmiy manbalarga ko‘ra, M. Gandjaeva tadqiqotlarida O‘zbekistonning quyi Amudaryo hududida 33 tur yirtqich qandalalar qayd etilgan. Ular orasida quyidagi turlar keltirilgan: Anthocoridae oilasiga mansub 4 tur: Anthocoris pilosus, Orius niger, Orius ribauti, Orius albidipennis. Nabidae oilasiga mansub 7 tur:Nabis ferus,Nabis palifer,Nabis viridis,Nabis rugosus, Nabis remanei, Nabis sareptanus, Prostemma sanguineum. Reduviidae oilasiga mansub 14 tur: Stenolemus bogdanovi, Coranus aegyptius, Coranus subapterus, Rhynocoris monticola, Rhinocoris adu.uz universaljurnal.uz 52 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari nigronitens, Vachiria deserta, Ectomocoris ululans,Reduvius testaceus, Reduvius disciger,Reduvius christophi, Reduvius fedtschenkianus, Reduvius semenovi, Reduvius elegans [1, 8]. I.Zokirovning Farg‘ona vodiysi agrobiotsenozlarida olib borgan tadqiqotlarida yirtqich qandalalarning 8 turi aniqlangan: Anthocoridae oilasidan: Orius albidipennis (Reuter, 1884), Orius niger (Wolff, 1811). Nabidae oilasidan: Nabis ferus (Linnaeus, 1758). Miridae oilasidan: Campylomma verbasci (Meyer-Dur, 1843), Campylomma diversicornis (Reuter, 1878), Deraeocoris punctulatus (Fallen, 1807). Lygaeidae oilasidan:Geocoris lapponicus (Zetterstedt, 1838). Reduviidae oilasidan: Coranus aegyptius (Fabricius, 1775) [7]. Janubiy O‘zbekistonning turli hududlarida aniqlangan Miridae oilasining Nesidiocoris (Kirkaldy, 1902) avlodiga mansub Nesidiocoris tenuis (Reuter, 1895) turi entomofag sifatida o‘rganilgan. Bu tur Farg‘ona vodiysida ham uchraydi va faqat hasharotlar, ularning tuxumlari va lichinkalari bilan oziqlanadi [9]. Yirtqich qandalalar agrobiotsenozlarda turli xil bioekologik xususiyatlarga ega. Masalan: Anthocoridae oilasi vakillari kichik o‘lchamlari tufayli tripslar va shiralar kabi mayda hasharotlarni ovlaydi. Orius niger qishloq xo‘jaligi ekinlarida keng tarqalgan va zararkunandalarning asosiy kushandasi hisoblanadi [8]. Nabidae oilasi vakillari deyarli barchasi yirtqich bo‘lib, turli hasharotlarni, shu jumladan agrobiotsenoz zararkunandalarini samarali kamaytiradi. Nabis ferus ko‘pincha agrobiotsenozlarda uchraydi [5]. Reduviidae oilasining vakillari biroz yirikroq yirtqichlar bo‘lib, ular nisbatan kattaroq hasharotlarni ovlaydi.Rhynocoris monticola kabi turlar qishloq xo‘jaligi hududlarida muhim ahamiyatga ega [7]. Miridae oilasining Nesidiocoris tenuis turi kichik uzunchoq hasharot bo‘lib, issiqxona va ochiq dalalarda pomidor, qalampir, baqlajon kabi ekinlarning zararkunandalari – oq chivinlar (Bemisia tabaci), shiralar (Aphididae), o‘rgimchak kanalar (Tetranychidae) va boshqa mayda hasharotlarning tuxumlari va lichinkalari bilan oziqlanadi [9]. Yirtqich qandalalarning oziqlanishi va hayot sikllari ozuqa manbalariga, ya’ni agrobiotsenozlardagi zararkunanda hasharotlarga, iqlimiy omillarga (harorat va namlik) va qishloq xo‘jaligi amaliyotlariga, xususan, pestitsidlar qo‘llanilishiga bog‘liq. Ularning populyatsiyasi zararkunandalar soniga va pestitsidlar ishlatilishiga qarab o‘zgaradi [4]. Yirtqich qandalalar agrobiotsenozlarda tabiiy biologik nazorat vositasi sifatida muhim ahamiyatga ega. Ular qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararkunandalardan himoya qiladi va kimyoviy pestitsidlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Masalan, Orius urug‘iga mansub turlar tripslar va shiralarni yo‘q qilish orqali hosilni saqlashga yordam beradi. Nabidae vaReduviidae oilalari kengroq doiradagi zararkunanda hasharotlar populyatsiyasini tartibga soladi. Yirtqich qandalalarning populyatsiyasini oshirish uchun tabiiy muhitni saqlash, ularga qulay yashash joylari yaratish va pestitsidlardan foydalanishni kamaytirish kabi usullar qo‘llanilishi mumkin. Bu choralar qishloq xo‘jaligida barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi [5]. Farg‘ona vodiysi agrobiotsenozlarida yirtqich qanda
Доказательный фрагмент
«The Fergana Valley is a critical agricultural region in Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe Fergana Valley is a critical agricultural region in Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Agrobiocenoses, entomophagous, predatory bugs, Insecta, Anthocoridae, Nabidae, энтомофагия, entomofag, Reduviidae, Агробиоценоз, Lygaeidae, Miridae, хищные насекомые, Agrobiotsenoz, yirtqich qandalalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025