Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РАЗМНОЖЕНИЕ КАКАДЕМИ (CICADINEA)
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · SARATONLARNI (CICADINEA) KO‘PAYISHI · Sulaymanov Xoliqjon Abduraxmanovich. · Badalhojaev Ikromiddin. · Xusanova Merxrinoz
Универсал международный научный журнал · 2026
Аннотация
В статье приводятся данные о строении и развитии яиц, выходе личинок из яйца, а также о постэмбриональном развитии цикадовых. Ключевое слово: форма яйца округлая, сарделкообразная, хорион, микропиле, апикальный, поливольтинный, моновольтинный, серозная жидкость, линька. Annotation: The article presents data on the structure and development of eggs, the hatching of larvae from the egg, as well as the postembryonic development of cicadids. Keywords: egg shape, rounded, sausage-like, chorion, micropyle, apical, polyvoltine, univoltine, serous fluid, molting. Hasharotlarning teng qanotli xartumlilar turkumiga mansub bo‘lgan saratonlarning ko‘payishi va rivojlanishini tadqiq etish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Saratonlarning oziqlanishiga oid tadqiqotlar bu hasharotlarning ekotizimlardagi o‘rni va ahamiyatini qiyosiy tahlil etish imkonini beradi [1]. Saratonlar tuxumlari o‘ziga xos tuzilishga ega. Ko‘pchilik Fulgoroidea vakillari asosan ochiq holda tuxum qo‘yadi. Tuxumlari ovalsimon (yumaloq-cho‘zinchoq), kamdan-kam hollarda uzunchoq-cho‘ziq bo‘lib, yopiq tuxum qo‘yadigan turlarida makkajo‘xorisimon yoki sardelkasimon shaklda bo‘ladi. Xorion odatda tekis bo‘ladi, mikropilelar soni va joylashuvi turli guruhlarda farq qiladi. Fulgoroidealarda birinchi mikropile hayvon qutbida joylashgan, faqat Delphacidaeda esa o‘rta chiziqda bo‘ladi [2]. Apikal mikropile faqat Cercopidae va Aphrophoridaeda saqlanib qoladi. Boshqa oilalarda u o‘z joyini o‘zgartiradi va ba’zida tuxumning orqa qismiga o‘tadi. Cicadidae uchun 3 ta mikropile xarakterlidir: biri tuxumning cho‘qqisida, ikkinchisi yon tomonida joylashadi. Tuxumning rivojlanish davri polivoltin shakllarining yozgi avlodi va monovoltin turlarining lichinka yoki imago bosqichlarida bir necha kun yoki 1–2 dekadani o‘z ichiga oladi. Tuxumning rivojlanish davri polivoltin formalarining yozgi avlodiga va monovoltin turlarining lichinka yoki imago davri bosqichida bir necha kun yoki 1-2 dekadani o‘z ichiga oladi. Har xil oilalarga mansub saratonlarning rivojlanishi quyidagicha bo‘ladi: Hyalesthes obsoletus 15-25, Asiraca clavicomis 8-12, Laodelphax srtiatella 9-10, Cicadetta mussiva 25-35, Cicadella virdis 15-20, Macrosteles laevis 20-35 [2, 3]. Embrional rivojlanishning muddatiga maxalliy iqlim sharoitlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Laodelphax striatella tuxumi Janubiy sharqiy Qozog’istonda 9-10 kunda rivojlansa, shimoliy Xitoyda 6 -19 kun ichida rivojlanadi. Olmaota atrofida Cicadella viridisni rivojlanishi 15-20 kunda, Bolgariyada 13-14 kunni tashkil etadi. Embrional davrga xarorat ham ta’sir ko‘rsatadi. Shimoliy Amerika saratoni Baldulus maidis 240 haroratda rivojlanish muddati 5 kunni, 27-320 haroratda esa 2-5 kunni tashkil etadi. adu.uz universaljurnal.uz 58 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Shremmerning ma’lumotlari bo‘yicha ba’zi bir Cicadidaelarda, masalan Cicada pledeja embryonal rivojlanish davri va lichinklarining tuxumdan chiqish vaqti mos kelmaydi. Bu saratonlarning tuxumlari bir haftadan ko‘proq rivojlanadi, lichinkalarni tuxumlardan chiqishi kechroq amalga oshadi. 2-2.5 oydan keyin (qattiq, kuchli shudringlardan so‘ng) aktivlashadi. Lichinkalarning tuxumini yorib chiqishi mexanizmi ancha murakkab. Tuxumlarini o‘simliklarning hujayrakariga qo‘yadigan turlarida u o‘ziga xos bo‘ladi. Bu jarayon Myuller tomonidan 15 ta Yevropa saratonlari ustida o‘rganilgan. Lichinkaning xoriondan chiqishiga seroz qoplamasi asosiy rol o‘ynaydi. Lichinkaning yorib chiqishining boshlanishiga kelib u (seroz) embrionning boshida ovalsimon shaklda pufak paydo bo‘ladi, u pufak seroz suyuqligining osmotik bosimi ta’sirida shishib ketadi. Shishgan pufak xorionni yoradi. O‘simlik hujayrasini kengaytiradi yoki teshadi va chiqishga yo‘l ochadi. Seroz suyuqligi seroz epiteliysining faolitati uchun ovqat hisoblanadi. Har xil turlarda seroz pufagi bir xil rivojlanmagan. Uning rivojlanish darajasi tuxum hujayrasida chuqurroq yotganligi, tuxum qo‘yish xususiyati substratning zichligi, tuxum qo‘yish joyi va chiqish teshigining masofasiga bog’liq. Lichinka tuxumdan chiqish davrida ancha faol bo‘ladi. Chiqish oldidan u suyuqlikni adsorbsiya qiladi, qorin segmentlarining xarakatlari va ayrim kutikulalarining passiv yordamida xarakat qiladi. Lichinkalarning chiqishi, odatda bittadan (yakka tartibda) ba’zida bir nechtadan (guruhlar tuxum qo‘yganda) sodir bo‘ladi. Xartumini va oldingi oyoqlarini chiqarib olgan lichinka sekin tebranib oldingi qismini harakatga keltiradi. Keyin orqaga kuchli engashib (qayrilib) oyoqlarini chiqaradi va substratning tashqarisiga chiqadi. Tashqaridan chiqish jarayoni Edwardsiana rosaelarda 20 - 30 minu, Rhytidodus tenebricanslarda 15- 40, Cicadella viridis da 12 -2- minut, ba’zida bir soatgacha boradi yoki umuman ro‘y bermaydi, ba’zi lichinkalar quyoshninh to‘g’ridan to‘g’ri tushgan nurlarida halok bo‘lishi mumkin. Yangi tug’ilgan lichinkalar tanasini rangi oppoq, muloyim (nafis) bo‘ladi va o‘zlari
Доказательный фрагмент
«В статье приводятся данные о строении и развитии яиц, выходе личинок из яйца, а также о постэмбриональном развитии цикадовых.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье приводятся данные о строении и развитии яиц, выходе личинок из яйца, а также о постэмбриональном развитии цикадовых. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- egg shape, rounded, sausage-like, chorion, micropyle, apical, polyvoltine, ovalsimon, shedding, овальный, xorion, sardelkasimon, oval, monovoltine, corn-shaped, серозная жидкость, моновольтинный, monovoltin, в форме анчоуса, po‘st tashlash, в форме кукурузы, mikropile, апикальный, makkajo‘xorisimon, поливольтинный, apikal, serous fluid, слущивание, хорион, anchovy-shaped, seroz suyuqligi, микропиле, polivoltin
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025