К содержанию
РецензированоRU2026

ВИДОВОЙ СОСТАВ ИХТИОФАУНЫ ВНУТРЕННИХ ВОД ЗАВУРСКОГО РАЙОНА УЗБЕКИСТАНА

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Qayumova Yorqinoy Qobilovna

Универсал международный научный журнал · 7 · 409-412 · 2026

Аннотация

Studies aimed at investigating the ichthyofauna of the water bodies in Uzbekistan District have been almost nonexistent. This paper provides an analysis of the species composition of fish occurring in the zovurs of Fergana District. According to the results, a total of nine fish species were recorded in these water bodies, four of which are endemic. The dominant species were identified as Schizothorax eurystomus and Triplophysa strauchii. Moreover, the species Alburnus chalcoides was recorded for the first time in the water bodies of Uzbekistan District. Keywords: ditches, Fergana Valley, ichthyofauna, Alburnus, species composition. Tabiiy biologik xilma-xillikni asrab-avaylash bugungi kunda insoniyat hayoti uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan muammolardan biri bo‘lib, unda birinchi navbatda organizmlar xilma-xilligining dolzarb holatini aniqlash va baholash eng muhim bosqich hisoblanadi [1]. Baliqlar jamoasining taksonomik tarkibini o‘rganish kichik suv havzalarining ekosistem sifatini baholashda muhim mezonlardan biri sanaladi [2]. Shu bilan birga baliqlar ekosistemalarning muhim tarkibiy qismlari bo‘lib, oziq zanjirlarida asosiy rol o‘ynaydi va suv tizimlarining holati hamda ularga antropogen ta’sirlarning darajasini ko‘rsatadi [3]. Baliq turlari tarkibi va ularning ko‘pligi ekotizimdagi o‘zgarishlar hamda suv havzalariga zararli ta’sirlardan dalolat berishi mumkin. Ko‘plab baliq turlari antropogen faoliyatlar, iqlim o‘zgarishi va tabiiy muhitlarning buzilishi tufayli yo‘qolish xavfi ostida turibdi. Ixtiofauna tarkibi va tuzilishidagi o‘zgarishlarni kuzatish suv havzalarining ekotizimlarida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar va ularning potentsial oqibatlarini oldindan bashorat qilish imkonini beradi [4]. Suv havzalaridagi ichki va tashqi omillar — masalan, antropogen ta’sirlar yoki gidrologik rejimning o‘zgarishi — baliqlarning xilma-xilligiga bevosita ta’sir qiladi: aholi faoliyatidan kelib chiqadigan suv resurslari boshqaruvi turi mavjud taksonomik rang-baranglikni kamaytirishi mumkin[5], shu bilan birga suv rejimidagi o‘zgarishlar mahalliy populyatsiyalarning son-sanoqsizligiga hamda ularning ekologik xulq-atvoriga sezilarli o‘zgarishlar kiritadi [6,7]. Shunday ekan, zovurlarda joylashgan baliq turlarining taksonomik tuzilishini aniqash, populyatsiyalarga salbiy ta’sir etayotgan omillarni yig‘ma baholash va kam uchraydigan taksonlarni asrab-avaylash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish ixtiologik tadqiqotlar uchun ustuvor yo‘nalishlardan biridir. Farg‘ona viloyati hududida jami 9 840,5 km² maydonni egallovchi ichki adu.uz universaljurnal.uz 65 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari zovurlar tarmog‘i mavjud bo‘lib, ushbu tarmoqlar baliqchilik sanoatini rivojlantirish hamda ixtiologik tadqiqotlar uchun noyob ilmiy-amaliy manba hisoblanadi. Shu bilan birga, mazkur zovurlar viloyat bo‘ylab ichimlik va sug‘orish suvlari bilan ta’minlash tizimida ham muhim funksiyani bajaradi. Shuning uchun Farg‘ona vodiysidagi kichik zovurlardagi baliqlarning taksonomik tarkibi va bioekologik xususiyatlarini o‘rganish ilmiy hamda amaliy nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqot O‘zbekiston tumaninig Bekоbod, Ohta-tagop, Shaytonko‘l, Ohunqaynar, Qushqanoq, Elash, Yakka-tut qishloqlar hududlaridagi zovurlarda tarqalgan baliq turlarini taksonomik jihatdan tahlil qilishni maqsad qiladi. Kuzatishlar 2025-yilning yanvar–may oylarida Oʻzbekiston tumani ichki zovurlarida olib borildi. Tutilgan namuna baliqlar 10 % formalin eritmasida fiksatsiya qilindi. Namuna yigʻish ishlari Kottelat va Freyhof (2007) metodik ko‘rsatmalariga muvofiq tashkil etildi. Olib borilgan kuzatishlar natijasida O‘zbekiston tumani zovurlarida tarqalgan baliqlar 1 turkum 4 oila mansub 8 turdan iborat ekanligi maʼlum boʻldi: Turkum I. Cypriniformes Bleeker, 1859 – Karpsimonlar Oila 1. Nemacheilidae Regan, 1911 – Daryo yalangbaliqlari 1. Triplophysa strauchii (Kessler, 1874) – Dogʻli yalangbaliq. Ushbu baliq Oʻzbekiston suv havzalari uchun invaziv tur boʻlib, oʻtgan asrning ikkinchi yarmida Qozogʻistondan Oʻzbekiston suv havzalariga baliqlarni iqlimlashtirish vaqtida tasodifan kelib qolgan [9].Triplophysa strauchii O`zbekiston tumanidagi Naymansoy suv havzasining dominant turlari qatoriga kirib, soyning oʻrta va quyi oqimlarida koʻp sonda uchraydi. O`zbekiston tumaning biz tadqiq etgan Bekabod, Ohta- tagop, Shaytonko‘l qishlog’i, Oxunqaynar va Qushqanoq hududidagi zovur suvlarida populyatsiyalarining koʻp sonlarda uchrashi aniqlandi. Mazkur tur mahalliy ov ahamiyatiga ega. Oila 2. Cyprinidae Rafinesque, 1815 – Karplar 3. Carassius gibelio (Bloch, 1782) – Kumush tovonbaliq. Oʻzbekiston suv havzalari uchun iqlimlashtirilgan baliq turi. Fargʻona viloyati hududidagi daryolar – Margʻilonsoy, Isfayramsoy, Oltiariqsoy va Katta Fargʻona kanali, ularning irmoqlaridagi suv havzalarida uchrashi qayd etilgan[10,11]. Ov ahamiyatiga ega boʻlgan mazkur baliq tumanning zovur suvlar

Доказательный фрагмент

«Studies aimed at investigating the ichthyofauna of the water bodies in Uzbekistan District have been almost nonexistent.»

Образец извлечения

Демо-превью

Studies aimed at investigating the ichthyofauna of the water bodies in Uzbekistan District have been almost nonexistent. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ditches, Fergana Valley, ichthyofauna, Alburnus, species composition, видовой состав., ихтиофауна, tur tarkibi., канавы, Fargʻona vodiysi, Ферганская долина, ixtiofauna, species composition., zovurlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники